OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
ShARTNOMALARNI MUSTAQIL EKSPERTIZA QILUVChI VA IMPORT QILINADIGAN TOVARLARNI JOʻNATIShDAN OLDIN NAZORATDAN OʻTKAZIB BORUVChI KONSALTING FIRMALARINI AKKREDITATSIYA QILISh TARTIBIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 19-iyunda 481-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2015-yil 3-noyabrdagi 590-sonli “Kontraktlarni mustaqil ekspertiza qiluvchi va import qilinadigan tovarlarni joʻnatishdan oldin nazoratdan oʻtkazib boruvchi konsalting firmalarni akkreditatsiya qilish tartibi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 481-5, 19.11.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 235-sonli qaroriga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi tomonidan 1998-yil 19-avgustda AN-150/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan (1998-yil 25-avgust, roʻyxat raqami 481) Shartnomalarni mustaqil ekspertiza qiluvchi va import qilinadigan tovarlarni joʻnatishdan oldin nazoratdan oʻtkazib boruvchi konsalting firmalarini akkreditatsiya qilish Tartibiga ilovaga* asosan oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan vaqtdan boshlab, oʻn kun oʻtganidan soʻng kuchga kiradi.
“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori v.b. A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-may,
246-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 25-26-son, 267-modda)