Parvoz xavfsizligi nazorati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat nozirligi boshligʻining
Buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “UChIShGA YaROQLILIK TOʻGʻRISIDA ShAHODATNOMALARNI BERISh” (OʻZR AQ 30) AVIATSION QOIDALARIGA OʻZGARIShLAR VA TOʻLDIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 29-martda 1225-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 9-martdagi 72-n-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2768, 11.03.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi (IKAO) talablarini joriy qilish maqsadida buyuraman:
* Ilova rus tilida berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan boshlab, oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
3. Ish boshqaruvchi tomonidan devonxona bilan hamkorlikda mazkur buyruqning koʻpaytirilib barcha aviakompaniyalar va manfaatdor tashkilotlarga tarqatilishi taʼminlansin.
4. Mazkur buyruq bajarilishi ustidan nazorat sertifikatlash, litsenziyalash va parvoz xavfsizligi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davavianazorat boshligʻi H.O. TROBOV
Toshkent sh.,
2005-yil 23-mart,
41-son