Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
TOPShIRILGAN GʻALLA VA ShOLI UChUN “DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARINING HISOB-KITOB JAMGʻARMASI” MABLAGʻLARI HISOBIDAN YAKUNIY HISOB- KITOB TOʻLOVLARINI AMALGA OShIRISh TARTIBIGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-sentabrda 657-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-iyuldagi 114, 115-V-6-sonli “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga topshirilgan gʻalla uchun yakuniy hisob-kitoblar qilishda toʻlovlarni amalga oshirish tartibi, shuningdek unga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 657-6, 28.08.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-maydagi PF–3610-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2005-y., 21-son, 152-modda) Farmoniga ilovaning 1-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan 1999-yil 8-fevralda tasdiqlangan 10-04-sonli va 115-V-sonli “Topshirilgan gʻalla va sholi uchun “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan yakuniy hisob-kitob toʻlovlarini amalga oshirish Tartibi”ga (roʻyxat raqami 657, 1999-yil 1-mart) ilovaga* muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri S.B. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-avgust,
78-son
Markaziy bank raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-avgust,
115-V-4-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34—36-son, 272-modda)