Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
TOPShIRILGAN QIShLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARI UChUN “DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARINING HISOB-KITOB JAMGʻARMASI” MABLAGʻLARI HISOBIDAN YAKUNIY HISOB-KITOB TOʻLOVLARINI AMALGA OShIRISh TARTIBIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 31-yanvarda 657-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-iyuldagi 114, 115-V-6-sonli “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga topshirilgan gʻalla uchun yakuniy hisob-kitoblar qilishda toʻlovlarni amalga oshirish tartibi, shuningdek unga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 657-6, 28.08.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 252-sonli “Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Topshirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari uchun “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan yakuniy hisob-kitob toʻlovlarini amalga oshirish tartibiga (roʻyxat raqami 657, 1999-yil 1-mart), ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran oʻn kun oʻtganidan soʻng kuchga kiradi.
Vazir M.NURMURODOV
Toshkent sh.,
2002-yil 22-yanvar,
23-son
Rais F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 22-yanvar,
115-V-2-son
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 1-2-son)