28.03.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1667
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori, 28.03.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1667
Kuchga kirish sanasi
07.04.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2008
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-iyundagi “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3620-son Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 25-26-son, 177-modda; 2006-y., 28-29-son, 262-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-532-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 507-modda) muvofiq qaror qilamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2003-yil 7-iyuldagi “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yalpi daromad solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 76, 2003-62-son qarori (2003-yil 21-iyul, ro‘yxat raqami 1260 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son, 52-modda; 41-42-son, 322-modda; 2006-y., 11-son, 96-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2005-yil 2-avgustdagi “Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 69, 2005-45-son qarori (2005-yil 2-avgust, ro‘yxat raqami 1501 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 239-modda; 2006-y., 18-son, 152-modda);
Ushbu Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-iyundagi “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3620-son Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 25-26-son, 177-modda; 2006-y., 28-29-son, 262-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-532-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 507-modda) muvofiq yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini belgilaydi.
3. Ushbu Nizomning 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bilan bir qatorda yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini ham to‘laydilar.
11. Mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda, hisobot choragi tugaganidan so‘ng 10 kun mobaynida davlat soliq xizmati organlariga ushbu Nizomning 1-son ilovasiga muvofiq shaklda taqdim qilinadigan xabarnoma asosida keyingi hisobot choragidan boshlab umumbelgilangan tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lashga o‘tadilar.
12. Hisobot yili tugashi bilan ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan ishchilar soni mezoniga mos kelmaydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar ushbu Nizomning 1-son ilovasiga muvofiq shaklda davlat soliq xizmati organlariga yillik moliyaviy hisobot taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay taqdim qilinadigan xabarnoma asosida keyingi hisobot yilidan boshlab umumbelgilangan tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lashga o‘tadilar.
13. Ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar yagona soliq to‘lovi to‘lash huquqidan mahrum bo‘lgan o‘tgan hisobot yili uchun umumbelgilangan tartibda hisoblab chiqilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar asosida yagona soliq to‘lovi bo‘yicha qayta hisob-kitob o‘tkazadi.
b) ushbu Nizomning 2-son ilovasiga muvofiq shaklda hisoblab chiqarilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani;
Bunda agar ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hisob-kitoblar va ma’lumotnoma:
Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan shartlarga javob bermagan hisobot yili tugagandan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga ushbu Nizomning 1-son ilovasiga muvofiq shaklda soliq solish tartibini tanlaganligi to‘g‘risida xabarnoma taqdim qilishlari shart. Soliq to‘lovchi tomonidan xabarnomani belgilangan muddatda taqdim etilmasligi u tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni umumbelgilangan tartibda to‘lashga roziligini anglatadi.
17. Yagona soliq to‘lovi to‘lashdan umumbelgilangan tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lashga o‘tgan ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan yuridik shaxslar umumbelgilangan tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lashga o‘tgan birinchi hisobot choragi uchun foyda solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha joriy to‘lovlarni to‘lamaydilar.
Bunda ushbu Nizom 28-bandining 2—4 kichik bandlarida ko‘rsatilgan daromadlar savdo korxonasi davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan joy uchun o‘rnatilgan stavka bo‘yicha yagona soliq to‘loviga tortiladi.
21. Yangi tashkil etilgan mikrofirmalar va kichik korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab bir yil muddatga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish, imtiyoz davri tugaganidan so‘ng muddati kechiktirilgan yagona soliq summasining 1/12 qismini har oyda to‘lash huquqiga ega, ushbu Nizom 5-bandining “b” kichik bandida ko‘rsatilganlar bundan mustasno. To‘lov muddatini kechiktirishni belgilash tartibi Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (2005-yil 2-avgust, ro‘yxat raqami 1502 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 30-31-son, 240-modda) belgilangan.
22. Agar yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan oborotlarni amalga oshirsalar, qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lashlari mumkin.
25. Agar ushbu bandning ikkinchi xatboshida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan bo‘lmasa, yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bo‘yicha ijaraga olingan yer uchastkalari uchun ijara haqini budjetga to‘lashdan ozod qilinadilar.
29. Quyidagilarni chegirib tashlagan holda ushbu Nizomning 28-bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan yalpi tushum soliq solish bazasi hisoblanadi:
30. Ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan chegirmalardan tashqari soliq solish bazasi quyidagilarga kamaytiriladi:
301. Ushbu Nizomning 29 va 30-bandlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solish bazasi quyidagilarga kamaytiriladi:
Ushbu bandning “a” va “b” kichik bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar hisobiga soliq solish bazasini kamaytiradigan summa asosiy faoliyat turi bo‘yicha soliq solish bazasini kamaytiruvchi butun korxona bo‘yicha (barcha faoliyat turlari bo‘yicha) soliq solish bazasidan kelib chiqib aniqlanadi.
(VIII bob Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 3-iyuldagi 70, 2007-41-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1667-1, 18.07.2007-y.)asosida 301-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 311-modda)
40. Mazkur Nizomning to‘g‘ri qo‘llanishi ustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar.
(4-ilova 04-varag‘i 180-satri Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 3-iyuldagi 70, 2007-41-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1667-1, 18.07.2007-y.) tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 311-modda)
Ko‘rsatkichSatr kodiSumma
Yalpi tushumdan chiqarib tashlanadigan summalar ― jami010
Davlat subsidiyasi020
Davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar030
To‘lov manbaida soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar040
Dividendlar ko‘rinishida olingan hamda dividend to‘lagan yuridik shaxsning ustav fondiga (kapitaliga) yo‘naltirilgan daromadlar050
O‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirishda aksiyadorlar qo‘shimcha aksiyalarning qiymati yoki aksiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish tarzida olgan daromadlari060
Hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda070
Olingan grantlar080
Ko‘p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo‘lsa090
Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan solig‘i100
Mahalliy budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun belgilangan yuqori ustamasidan oshadigan chakana va xarid narxlari o‘rtasidagi farq110
Belgilangan yutuqlar (sovrinlar) fondining eng kam miqdori120
Bitim summasidan birjaga o‘tkaziladigan vositachilik yig‘imi summasi130
Realizatsiya qilingan tovar hissasida tovarlarni chetdan olib kirishda to‘langan bojxona to‘lovlari summasi140
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chegirmalar ― jami150
shu jumladan:
1501
1502
1503
1504
1505
Yalpi tushumdan chiqarib tashlanadigan summalar
(5-ilova 04-varag‘i 180-satri Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 3-iyuldagi 70, 2007-41-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1667-1, 18.07.2007-y.) tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 311-modda)
Ko‘rsatkichSatr kodiSumma
Yalpi tushumdan chiqarib tashlanadigan summalar ― jami0107 630
Davlat subsidiyasi0200
Davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar0300
To‘lov manbaida soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar040500
Dividendlar ko‘rinishida olingan hamda dividend to‘lagan yuridik shaxsning ustav fondiga (kapitaliga) yo‘naltirilgan daromadlar0501 000
O‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirishda aksiyadorlar qo‘shimcha aksiyalarning qiymati yoki aksiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish tarzida olgan daromadlari060500
Hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi foyda070900
Olingan grantlar0800
Ko‘p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo‘lsa0900
Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan solig‘i1001 600
Mahalliy budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun belgilangan yuqori ustamasidan oshadigan chakana va xarid narxlari o‘rtasidagi farq1101 500
Belgilangan yutuqlar (sovrinlar) fondining eng kam miqdori1201 600
Bitim summasidan birjaga o‘tkaziladigan vositachilik yig‘imi summasi13030
Realizatsiya qilingan tovar hissasida tovarlarni chetdan olib kirishda to‘langan bojxona to‘lovlari summasi1400
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chegirmalar ― jami1500
shu jumladan:
1501
1502
1503
1504
1505
Yalpi tushumdan chiqarib tashlanadigan summalar