Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
BIR QARZ OLUVChI YOKI BIR-BIRIGA DAXLDOR QARZ OLUVChILAR GURUHIGA TAVAKKALChILIKNING ENG KOʻP MIQDORI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 20-martda 557-6-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyundagi 19/8-sonli “Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 557-8, 05.08.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. “Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisida”gi nizomga (1998-yil 2-dekabr, roʻyxat raqami 557) ilovaga* muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 14-fevral,
6/8-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 12-son, 112-modda)