Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.03.2008 12.03.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1661
ONLINE TRANSLATE
“Oʻzkommunxizmat” agentligi Bosh direktorining boʻyrugʻi, 12.03.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1661
Kuchga kirish sanasi
22.03.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.03.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi Bosh direktorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOShKENT ShAHRIDA KOʻP XONADONLI UYLARNING UMUMIY MULKINI YaXShI HOLATDA SAQLAShDA VA KOMMUNAL XIZMATLAR TOʻLOVLARINI YIGʻISh UChUN YoRDAM BERIShDA FAOL IShTIROK ETUVChI ShAXSLARNI RAGʻBATLANTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 12-martda 1661-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-apreldagi 64-son “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini yanada rivojlantirish va turar joylarga xizmatlar koʻrsatishning aniq bozorini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan Toshkent shahrida koʻp xonadonli uylarning umumiy mulkini yaxshi holatda saqlashda va kommunal xizmatlar toʻlovlarini yigʻish uchun yordam berishda faol ishtirok etuvchi shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish Bosh direktorning oʻrinbosari O.Y. Axmedov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkommunxizmat” agentligi Bosh direktori U. XALMUXAMEDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2007-yil 19-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-son

“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining
2007-yil 19-fevraldagi 15-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida koʻp xonadonli uylarning umumiy mulkini yaxshi holatda saqlashda va kommunal xizmatlar toʻlovlarini yigʻish uchun yordam berishda faol ishtirok etuvchi shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINChALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 1. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan Toshkent shahrida koʻp xonadonli uylarning umumiy mulkini yaxshi holatda saqlashda va kommunal xizmatlar toʻlovlarini yigʻish uchun koʻmaklashishda faol ishtirok etuvchi shaxslarni ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Vaqtinchalik nizom kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni yigʻishga koʻmaklashgani uchun kommunal xizmatlarni koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlardan (“Toshgaz” boshqarmasi, “Toshissiqquvvati” IChB, “Suvsoz tresti” DUKT, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” OAJ) ajratmalar shaklida tushadigan pul mablagʻlarini shartnoma asosida jamlash istagini bildirgan Toshkent shahar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (keyingi oʻrinlarda — XUJMSh) va mahalla fuqarolari yigʻinlariga tatbiq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlardan tushgan ajratmalar “Mahalla” jamgʻarmasining Toshkent shahar boʻlinmasi (keyingi oʻrinlarda — “Mahalla” jamgʻarmasining shahar boʻlinmasi) ikkilamchi depozit hisob raqamida (keyingi oʻrinlarda — maxsus hisob raqam) jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Koʻp xonadonli uylarning umumiy mulkini yaxshi holatda saqlashda va kommunal xizmatlar toʻlovlarini yigʻish uchun koʻmaklashishda faol ishtirok etuvchi shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi “Mahalla” jamgʻarmasining shahar boʻlinmasi hisob raqamida jamlangan pul mablagʻlari hisobidan mukofot puli toʻlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mukofot puli mablagʻlari toʻlashning eng koʻp miqdori Toshkent shahar hokimi tomonidan “Mahalla” jamgʻarmasining shahar boʻlinmasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 2. Mukofot puli mablagʻlarini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni yigʻishga koʻmaklashishdan tushayotgan pul mablagʻlarini jamlash shartnomasi XUJMSh va mahalla fuqarolari yigʻini, kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar hamda “Mahalla” jamgʻarmasining shahar boʻlinmasi oʻrtasida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar boʻyicha prognozli tushumlarning 75% dan ortigʻi bajarilgan taqdirda kommunal xizmatlarni koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar amalda kelib tushgan pul mablagʻlarining 7% gacha boʻlgan miqdorini “Mahalla” jamgʻarmasining shahar boʻlinmasi hisob raqamiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kommunal xizmatlarini koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar ajratmalarni xatlov va avval hisobga olinmagan isteʼmolchilarni aniqlashdan kelib tushgan qoʻshimcha daromadlardan, shuningdek muddati oʻtgan debitor qarzdorlikni undirish hisobidan amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kommunal xizmatlarini koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarga ajratmalar uchun asos boʻlib oʻtgan oydagi prognozli tushumlarning bajarilishi yuzasidan hisobot hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot Toshkent shahar hokimligi tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur Vaqtinchalik nizomning 1-ilovasiga muvofiq oʻtgan oydan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay har oyda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar boʻyicha tushumlarning prognozi Toshkent shahar hokimligi tomonidan mazkur Vaqtinchalik nizomning 2-ilovasiga muvofiq har oyning 5-kuniga qadar belgilanadi. Bunda, tabiiy gaz va elektr taʼminoti boʻyicha toʻlovlarning prognoz tushumlari “Oʻztransgaz” AK va “Oʻzbekenergo” DAK bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Mahalla” jamgʻarmasining shahar boʻlinmasi maxsus hisob raqamida jamlangan pul mablagʻlari mazkur Vaqtinchalik nizomning 3-ilovasida nazarda tutilgan hisobotlarga asosan “Mahalla” jamgʻarmasining tuman boʻlimlari maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 3. Mukofot pul mablagʻlarini berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Koʻp xonadonli uylarning umumiy mulkini yaxshi holatda saqlashda va kommunal xizmatlar toʻlovlarini yigʻish uchun koʻmaklashishda faol ishtirok etuvchi shaxslarga mukofot pul mablagʻlarini berish oʻtgan oyning yakunlari boʻyicha har oyda bir marotaba amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mahalla fuqarolar yigʻinlari bir oyda bajarilgan ish natijalari boʻyicha har oyda oʻtgan oydan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay tuman hokimiyati vakili va XUJMSh raislarining majburiy ishtirokida yigʻilish oʻtkazadi va koʻp xonadonli uylarning umumiy mulkini yaxshi holatda saqlashda va kommunal xizmatlar toʻlovlarini yigʻish uchun koʻmaklashishda faol ishtirok etgan shaxslarni mukofotlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mukofotlanuvchilar soni va mukofot pul mablagʻi toʻlovining summasi toʻgʻrisidagi maʼlumot fuqarolar yigʻini qarori bilan tasdiqlanadi va mazkur Vaqtinchalik nizomning 4-ilovasiga muvofiq buyurtma shaklida “Mahalla” jamgʻarmasining tuman boʻlinmasiga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Mahalla” jamgʻarmasining tuman boʻlinmalari taqdim qilingan buyurtmalarga muvofiq 3 ish kuni davomida buyurtmada koʻrsatilgan shaxslarni mukofotlash uchun fuqarolar yigʻinining hisob raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Toshkent shahrining tuman hokimliklari tomonidan bir oyda bajarilgan ish natijalari boʻyicha har oyda oʻtgan oydan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay fuqarolar yigʻini raislarining majburiy ishtirokida yigʻilish oʻtkazadi va fuqarolar yigʻini raislarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mukofotlanadigan shaxslarning roʻyxati oʻtgan oydan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay “Mahalla” jamgʻarmasining tuman boʻlinmalariga mazkur Vaqtinchalik nizomning 5-ilovasiga muvofiq taqdim etiladi. Fuqarolar yigʻini raislariga mukofot pul mablagʻlari mazkur roʻyxat asosida “Mahalla” jamgʻarmasining tuman boʻlinmalari tomonidan roʻyxat olingandan soʻng 3 ish kuni davomida toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 4. Mablagʻlardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mablagʻlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish Toshkent shahar hokimligi va “Mahalla” jamgʻarmasining shahar boʻlinmasi zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Oʻzkommunxizmat” agentligi Toshkent shahar hokimligi va Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ushbu mexanizmning samaradorligi yuzasidan monitoring oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 5. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Vaqtinchalik nizom kuchga kirgan kundan boshlab bir yil muddat davomida amalda boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi, “Oʻzbekenergo” DAK, “Oʻztransgaz” AK hamda Toshkent shahar hokimligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari B. AShRAFXONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 16-fevral

Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi raisi A. AXMEDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 16-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi B. TEShABAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 17-fevral

“Oʻztransgaz” Aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori I. VAGAPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 17-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimi A. TOʻXTAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 16-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida koʻp xonadonli uylarning umumiy mulkini yaxshi holatda saqlashda va kommunal xizmat toʻlovlarini yigʻish uchun yordam berishda faol ishtirok etuvchi shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA

‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari ____________

‎‎
2007-yilning __________ oyi uchun kommunal xizmatlar boʻyicha kelib tushadigan
‎ mablagʻlar prognozining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobot ‎

№‎ Kommunal xizmatlarni koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar‎ Tushirilishi lozim boʻlgan mablagʻlar prognozi‎ Xaqiqatda tushirilgan mablagʻlar‎ Bajarilishi % ‎ Oʻtkazmalar summasi‎

‎‎TShHKFB bosh direktori‎

‎‎__________________________ ‎

(F.I.Sh., imzo)

‎Kommunal xizmatlarni koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarning rahbarlari‎

‎‎__________________________ ‎

(F.I.Sh., imzo) ‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida koʻp xonadonli uylarning umumiy mulkini yaxshi holatda saqlashda va kommunal xizmat toʻlovlarini yigʻish uchun yordam berishda faol ishtirok etuvchi shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA

‎‎2007-yilning _________ oyiga kommunal xizmatlar boʻyicha
‎tushadigan mablagʻlar prognozi

№‎ Kommunal xizmatlarni koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar‎ Tushirilishi lozim boʻlgan mablagʻlar prognozi*‎

‎Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari‎

‎‎____________________ ‎

(F.I.Sh., imzo) ‎

TShHKFB bosh direktori‎

____________________ ‎

(F.I.Sh., imzo) ‎

Kommunal xizmatlarni koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlarning rahbarlari‎

‎____________________ ‎

‎(F.I.Sh., imzo)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Tabiiy gaz va elektr taʼminoti boʻyicha tushumlar prognozi “Oʻztransgaz” AK va “Oʻzbekenergo” DAK bilan kelishilgan xolda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida koʻp xonadonli uylarning umumiy mulkini yaxshi holatda saqlashda va kommunal xizmat toʻlovlarini yigʻish uchun yordam berishda faol ishtirok etuvchi shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA

____________________________ tumani boʻyicha 2007-yilning ____________ oyi uchun
‎mukofotlanadigan shaxslar soni va mukofot miqdori toʻgʻrisidagi hisobot

№‎‏‎ Tumanlar
‎nomi
‎‎Mukofotlanayotganlar soni va mukofot miqdori‎‎ Jami
koʻp xonadonli uylarning umumiy mulkini yaxshi holatda saqlashda va kommunal xizmat toʻlovlarini yigʻish uchun yordam berishda faol ishtirok etuvchi shaxslar ‎‎ ‎‎mahalla fuqarolar yigʻini raislari‎‎‎
soni‎ miqdori‎ soni‎ miqdori‎‎ soni‎ miqdori‎‎

‎Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari��‎

‎‎
‎‎
__________________________

(F.I.Sh., imzo) ‎‎

‎‎“Mahalla” jamgʻarmasining tuman boʻlimi raisi

‎‎__________________________

‎‎(F.I.Sh., imzo)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida koʻp xonadonli uylarning umumiy mulkini yaxshi holatda saqlashda va kommunal xizmat toʻlovlarini yigʻish uchun yordam berishda faol ishtirok etuvchi shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomga
4-ILOVA

_____________________ tumani boʻyicha 2007-yilning __________ oyi uchun
‎mukofotlanayotgan shaxslar soni va mukofot miqdori toʻgʻrisida yigʻma maʼlumot

№‎‏‎ ‎‏Mahallaning nomi*‎ ‎‎Mukofotlanayotgan shaxslar
soni‎ summasi‎

‎Mahalla fuqarolar yigʻini raisi‎‎

_________________

‎‎(F.I.Sh., imzo)

‎Mahalla fuqarolar yigʻini maslahatchilari‎

‎‎
‎_________________

‎‎(F.I.Sh., imzo)

Mahalla fuqarolar yigʻini kotibi‎

‎‎_________________

‎‎(F.I.Sh., imzo) ‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: ushbu jadval toʻldirilayotganda mahalla fuqarolar yigʻinining bank rekvizitlari koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida koʻp xonadonli uylarning umumiy mulkini yaxshi holatda saqlashda va kommunal xizmat toʻlovlarini yigʻish uchun yordam berishda faol ishtirok etuvchi shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎_________________________ tumani boʻyicha 2007-yilning __________ oyi uchun mukofotlanayotgan Toshkent shahar mahalla fuqarolari yigʻini raislarining roʻyxati

№‎ Mahalla nomi‎ Mahalla fuqarolar yigʻini raislarining F.I.Sh.‎ Mukofot summasi‎ Asos‎
Tuman hokimi‎‎

‎‎____________________

‎‎(F.I.Sh., imzo) ‎

Mahallalarga biriktirilgan tuman hokimiyati vakillari (okrug rahbarlari)

‎‎‎___________________

(F.I.Sh., imzo)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 11-son, 100-modda)