Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
AYRIM XIZMATLARNI KOʻRSATAYOTGAN YuRIDIK ShAXSLAR UChUN DAROMAD (FOYDA) SOLIGʻI VA YAGONA SOLIQ TOʻLOVI BOʻYIChA SOLIQ IMTIYOZLARINI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 12-fevralda 1594-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 21-apreldagi 46, 2017-19-sonli “Ayrim xizmatlarni koʻrsatayotgan yuridik shaxslar uchun foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1594-7, 04.05.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-532-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 507-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2006-yil 20-iyundagi 54, 2006-28-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim xizmatlarni koʻrsatayotgan yuridik shaxslar uchun daromad (foyda) soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2006-yil 17-iyul, roʻyxat raqami 1594 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 281-modda) ilovaga* muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-yanvar,
15-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-yanvar,
2007-12-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 7-8-son, 72-modda)