OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
“TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN FERMER XOʻJALIKLARINI, OʻZ FAOLIYATINI YuRIDIK ShAXS TAShKIL ETGAN HOLDA AMALGA OShIRAYOTGAN KIChIK BIZNESNING BOShQA SUBYEKTLARINI MILLIY VA XORIJIY VALYUTADA MIKROKREDITLASh TARTIBI”GA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 6-mayda 903-7-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2006-yil 20-oktabrdagi 174-mh-sonli buyrugʻiga asosan Davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklariga, oʻz faoliyatini yuridik shaxs tashkil etib amalga oshirayotgan kichik biznesning boshqa subyektlariga milliy va xorijiy valyutada mikrokreditlar berish tartibi”ga (2000-yil 29-fevral, roʻyxat raqami 903 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil 4-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-aprel,
10/4-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 19-son, 170-modda)