Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Buyrugʻi
IJRO IShINI YURITISh VA SUD IJROChILARI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh VA DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh HAQIDAGI BUYRUQQA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 5-fevralda 1091-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 11-martdagi 4-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1091-2, 11.03.2023-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida” Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2001-yil 29-dekabrdagi 209-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Ijro ishini yuritish va sud ijrochilari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida”gi buyruqqa (2001-yil 29-dekabr, roʻyxat raqami 1091 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil, 23-24-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (S. Sattarov) mazkur buyruqni davlat roʻyxatidan oʻtkazsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash Departamenti direktori (Z. Xudoyqulov) ushbu buyruqni oʻn kunlik muddat ichida Sud departamentining hududiy boshqarmalariga, shuningdek barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishini taʼminlasin.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (U. Ayubov) mazkur normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash Departamenti direktori Z. Xudoyqulov zimmasiga yuklansin.
Adliya vaziri F. OTAXONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-fevral,
22-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4 — 6-son, 57-modda)