Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
BUYRUGʻI
Auksion savdolar oʻtkazish uchun birjalarni tanlash boʻyicha konkurs oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 30-sentabrda 1625-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-yanvardagi 22-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1625-2, 10.01.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–458-sonli qaroriga asosan buyuraman:
1. Auksion savdolar oʻtkazish uchun birjalarni tanlash boʻyicha konkurs oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (S. Sattarov):
mazkur buyruqni davlat roʻyxatidan oʻtkazsin va vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar normativ hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin;
ushbu buyruqni amalda qoʻllanilishi va barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
4. Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti (Z. Xudoyqulov) 10 kun muddat ichida ushbu buyruqni ijro va amalda qoʻllash uchun Departamentning hududiy boshqarmalari eʼtiboriga yetkazilishini taʼminlasin;
5. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (U. Ayubov) mazkur normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etishni taʼminlasin.
6. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Adliya vaziri B. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 29-sentabr,
177/1-um-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 400-modda; 2014-y., 2-son, 32-modda)