Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DELEGATSIYALARI,
MUTAXASSISLARI VA OʻQUVChILARINI ChET ELGA XIZMAT
SAFARIGA YuBORISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
MUTAXASSISLARI VA OʻQUVChILARINI ChET ELGA XIZMAT
SAFARIGA YuBORISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 17-martdagi 141-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlarining tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Chet el xizmat safarlarini rasmiylashtirishni tartibga solish va soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Chet el xizmat safariga borish tartibini ancha soddalashtirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalari, mutaxassislari va oʻquvchilarini chet elga xizmat safariga yuborish Tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin va imzo chekilgan kundan boshlab kuchga kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining Respublika valyuta komissiyasi (oʻrtoq B. S. Hamidov), Tashqi ishlar vazirligi (oʻrtoq Sh. N. Mahmudova) respublika vazirliklari, idoralari, korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining chet el xizmat safarlaridan samarali va maqsadga muvofiq foydalanish boʻyicha faoliyatlarini muntazam tahlil qilib borsinlar va uni takomillashtirish haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (oʻrtoq Gʻ. Aliyev) Tashqi ishlar vazirligi (oʻrtoq Sh.N. Mahmudova) va Ichki ishlar vazirligi (oʻrtoq 3.A. Almatov) bilan birgalikda bir oy muddat ichida xizmat yuzasidan chet elga borish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va ularni berish tartibini soddalashtirishni nazarda tutgan holda “Xizmat yuzasidan chet elga borish haqida qaror qabul qilish uchun hujjatlarni taqdim etish, chet el pasportlarini rasmiylashtirish va xorijiy davlatlarning vizalarini olish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomani qayta koʻrib chiqsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari oʻrtoq B. S. Hamidovga va Prezident apparatining tashqi-iqtisodiy aloqalar boʻlimiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 25-oktabr,
271-son
Delegatsiyalar, mutaxassislar va oʻquvchilarni chet elga
xizmat safariga yuborish
xizmat safariga yuborish
TARTIBI
I. Umumiy qoidalar
1. Chet el xizmat safarlaridan Oʻzbekistonning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan turli darajalardagi oʻzaro foydali hamkorligining barcha shakllarini kengaytirish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilgʻor chet el tajribasini oʻrganish uchun foydalaniladi.
Chet el xizmat safarlarini tashkil etish va ulardan samarali foydalanish uchun javobgarlik xizmat safari toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuboruvchi tashkilotlar va organlarning rahbarlariga yuklatiladi.
2. Chet elga xizmat safariga yuborish haqidagi qaror amaldagi qonunchilik, xalqaro shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar va safarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asosida qabul qilinadi.
3. Tashqi ishlar vazirligi chet el safarlarini rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan zarur hujjatlar roʻyxatini, chet el pasportlarini va vizalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Tashqi ishlar vazirligi zarur hollarda tegishli xorijiy davlatdagi ahvolning tahlilidan kelib chiqqan holda xizmat safarining maqsadga muvofiqligi muddatlari, shakli toʻgʻrisida ekspert xulosasini beradi va uni xizmat safari toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organga taqdim etadi
4. Oʻzbekiston Respublikasining davlat manfaatlarini va fuqarolarini himoya qilishni taʼminlash choralarini, maxfiy va tijorat xarakteridagi axborotlar oʻtib ketishining oldini olishni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati belgilaydi.
5. Chet el xizmat safarlarini tashkil etish bilan bogʻliq moliyaviy xarajatlarni xizmat safariga yuboruvchi tashkilot toʻlaydi.
Zarur hollarda ana shu xarajatlarga toʻlash uchun valyuta mablagʻlari ajratish haqidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Respublika valyuta komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasining delegatsiyalari, mutaxassislari va oʻquvchilarini chet elga xizmat safariga yuborish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi maxsus bitim bilan belgilanadi.
II. Xizmat ishlari boʻyicha chet elga borish toʻgʻrisida
qaror qabul qilish tartibi
qaror qabul qilish tartibi
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisini, uning oʻrinbosarlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qoʻmitalarining raislari va ularning oʻrinbosarlarini, Oʻzbekiston Respublikasi xalq Deputatlarini parlament delegatsiyalari tarkibida xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi qaror Respublika Oliy Kengashining Rayosati tomonidan qabul qilinadi.
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari raislarini, xalq deputatlari shahar, nohiya Kengashlari raislarini xizmat safariga yuborish xalq deputatlari viloyat Kengashi Rayosatining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidentini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosarlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati xodimlarini, vazirlarni, davlat qoʻmitalari raislarini va markaziy respublika muassasalarining rahbarlarini, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari ijroiya qoʻmitalarining raislarini xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi qaror Prezident — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Raisi tomonidan qabul qilinadi.
3. Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining, konsernlar va assotsiatsiyalar rahbarlarining, vazirlar oʻrinbosarlarining, davlat qoʻmitalari raislari oʻrinbosarlarining, markaziy respublika muassasalari rahbarlari oʻrinbosarlarining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari ijroiya qoʻmitalari raislari oʻrinbosarlarining chet elga xizmat safariga borishi toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidenti, u yoʻq boʻlgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi.
4. Respublika korxonalari, muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining, xodimlarining chet elga xizmat safariga borishi tegishli vazirliklar, idoralar, markaziy respublika muassasalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari bilan kelishilgan holda korxonalar va tashkilotlarning oʻzlari qabul qilgan qarorlarga koʻra amalga oshiriladi.
5. Oʻquvchilar, aspirantlar, yosh olimlar va mutaxassislar oʻqishga, stajirovkaga yuborilganda ularning oʻqishini tashkil etish xarajatlari qabul qiluvchi tomon yoki respublika manbalaridan boshqa manbalar yoxud respublikaning oʻqishga yuborayotgan muassasasining oʻzi tomonidan toʻlangan hollarda bu haqdagi qarorni respublikaning tegishli vazirliklari va idoralari bilan kelishga holda xizmat safariga yuboruvchi muassasa qabul qiladi.
Oʻquvchilar, aspirantlar, yosh olimlar va mutaxassislarni chet elga oʻqishga, stajirovkaga yuborish toʻgʻrisidagi qaror xizmat safari xarajatlari respublika mablagʻlari hisobidan toʻlanishi kerak boʻlgan hollarda oʻquv yurtlari, Fanlar akademiyasi institutlari va boshqa muassasalarning taqdimnomalariga koʻra Ulugʻbek nomidagi isteʼdodli yoshlarni koʻllab-quvvatlash Jamgʻarmasi Kengashi rayosati tomonidan qabul qilinadi. Bunda Ulugʻbek nomidagi Jamgʻarma Kengashi rayosati Jamgʻarma hisobidan mablagʻ ajratish yoki shu xususda respublika Hukumatidan iltimos qilish haqida qaror qabul qiladi.
6. Jamoat tashkilotlari yoʻli bilan chet elga xizmat safariga yuborish toʻgʻrisidagi qaror shu tashkilotlarning rahbar organi tomonidan qabul qilinadi.