OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
SAMARQAND VILOYaTI GʻAZNAChILIK IJROSIDA BUXGALTERIYA HISOBI HAQIDA VAQTINChALIK QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2006-yil 24-oktabrdagi 90-sonli (roʻyxat raqami 1601-1-son,11. 11.2006-y.) buyrugʻi tahririda. Qarorning rus tilidagi matniga qarang.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 24-iyulda 1601-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat budjeti gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi va “Buxgalteriya hisobi” qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3618-sonli Farmonining 1-ilova IV boʻlim 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 23-24-son, 166-modda) va 2005-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” PQ-244-sonli qarorining 18-bandiga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 52-son, 386-modda), hamda Samarqand viloyati gʻaznachilik ijrosi buxgalteriya hisobini yuritish tartibini joriy etish maqsadida buyuraman:
1. Samarqand viloyati gʻaznachilik ijrosida buxgalteriya hisobi haqida vaqtinchalik qoidalari ilovaga* asosan tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingandan soʻng oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-iyun,
60-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 298-modda; 46-47-son, 464-modda)