OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURORINING
BUYRUGʻI
VALYUTA NAZORATINI AMALGA OShIRUVChI ORGANLAR VA AGENTLAR, TEGIShLI VAZIRLIK VA IDORALAR TOMONIDAN VALYUTAGA OID QONUN BUZILIShLARI TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ VA VALYUTAGA OID JINOYATLARGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTIGA TAQDIM ETISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 11-iyulda 1231-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 4-yanvardagi 1-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1231-2, 04.01.2020-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 11-dekabrdagi “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 331-sonli qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar va agentlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi haqidagi nizomga (2003-yil 4-aprel, roʻyxat raqami 1231) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻiga yuklatilsin.
Bosh prokuror R. QODIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-iyun,
61-son
Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar va agentlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi haqidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Nizom nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan valyutaga oid qonun buzilishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga taqdim etish tartibi haqidagi nizom”
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda quyida koʻrsatilgan valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar hamda oʻz faoliyatida valyutaga oid qonunbuzarliklarga qarshi kurashuvchi vazirlik va idoralar zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga (keyingi oʻrinlarda — Departament) valyutaga oid qonun buzilishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish vazifasi yuklatiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki;
Moliya vazirligi;
Davlat soliq qoʻmitasi;
umumiy yurisdiksiya sudlari;
Prokuratura organlari;
Milliy xavfsizlik xizmati;
Ichki ishlar vazirligi;
Davlat bojxona qoʻmitasi;
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi.
3. 2-band boʻyicha:
birinchi xatboshida “Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar” soʻzlaridan keyingi “agentlar” soʻzi chiqarib tashlansin.
4. 3, 7 va 8-bandlarda “Valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlar” soʻzlaridan keyingi “agentlar” soʻzi chiqarib tashlansin.
5. 9-bandda “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin hamda “va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan.
Oliy sud raisi v/b N. TAShMATOV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-iyun
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-iyun
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-iyun
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-iyun
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-iyun
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-iyun
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-iyun
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri v.b. N. NAJIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 279-modda)