OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Maktab taʼlimini rivojlantirishga majburiy ajratmalarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 11-iyulda 1446-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 8-maydagi 39, 2014-20-sonli “Maktab taʼlimini rivojlantirishga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1446-6, 16.05.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-maydagi PF-3751-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 19-son, 161-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 8-iyundagi PQ-374-sonli “Ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarni soliqqa tortish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 206-modda) qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2005-yil 14-yanvardagi 3 va 2005-3-son qarori bilan tasdiqlangan Maktab taʼlimini rivojlantirishga majburiy ajratmalarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga (2005-yil 31-yanvar, roʻyxat raqami 1446 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 5-6-son, 37-modda; 39-son, 300-modda; 2006-yil, 6-7-son, 44-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-iyul,
64-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-iyul,
2006-31-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 278-modda)