Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PAXTA XOM AShYoSI VA PAXTA TOLASINING XARID HAMDA ULGURJI NARXLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va ularning baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Paxtachilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish, shuningdek, kolxozlar, sovxozlar, ijarachi jamoalar va fermer xoʻjaliklarining oshirilgan ulgurji narxlarda moddiy-texnika resurslarini sotib olishga sarflagan xarajatlarini qisman qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narxlar qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 1991-yil hosilidan olingan paxta xomashyosi xarid narxlarini va paxta tolasining ulgurji narxlarini 1 va 2-ilovalarga muvofiq tiplari va sortlariga qarab oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narxlar qoʻmitasi bir hafta muddat ichida mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq yangi xarid va ulgurji narxlar narxnomalarini nashr etsin va uni manfaatdor tashkilotlarga yetkazsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narxlar qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Paxtasanoat” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda lint, oʻlik paxta va paxta tozalash sanoatining boshqa qoʻshimcha mahsulotlari ulgurji narxlari darajasini qaytadan koʻrib chiqsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 26-sentabr,
246-son
Paxta xomashyosi uchun
DAVLAT XARID NARXLARI
DAVLAT XARID NARXLARI
| | | |
1 tonnasi uchun soʻm hisobida | |
|
Paxta tolasi tiplari |
Paxta xomashyosining sanoat sortlari: | |||
|
I |
II |
III |
IV | |
|
Ingichka tolali | ||||
| 1-tip | 4200 | 3700 | 1900 | 660 |
| 2-tip | 3750 | 3400 | 1900 | 660 |
| 3-tip | 3450 | 3060 | 1900 | 660 |
|
Oʻrta tolali | ||||
| 4-tip | 3330 | 2865 | 1800 | 660 |
| 5-tip | 3110 | 2685 | 1800 | 660 |
| 6-tip | 2450 | 2210 | 1710 | 660 |
| 7-tip | 2370 | 2130 | 1650 | 660 |
Paxta tolasi uchun
ULGURJI NARXLAR
ULGURJI NARXLAR
|
1 tonnasi uchun soʻm hisobida | |||||||
|
Tola tiplari |
Paxta tolasining sanoat sortlari | ||||||
|
Sara |
I |
II |
III |
IV |
V |
VI | |
|
Ingichka tolali | |||||||
| 1-tip | 15270 | 14780 | 14190 | 9130 | 6620 | 4170 | 2340 |
| 2-tip | 13910 | 13410 | 12930 | 9130 | 6620 | 4170 | 2340 |
| 3-tip | 12260 | 11950 | 11560 | 9130 | 6620 | 4170 | 2340 |
|
Oʻrta tolali | |||||||
| 4-tip | 10890 | 10690 | 10220 | 8660 | 6620 | 4170 | 2340 |
| 5-tip | 9920 | 9720 | 9520 | 8260 | 6620 | 4170 | 2340 |
| 6-tip | 8270 | 7870 | 7590 | 7200 | 6620 | 4170 | 2340 |
| 7-tip | 8160 | 7400 | 7160 | 7100 | 6620 | 4170 | 2340 |
Eslatma. Davlat buyurtmasidan tashqari yetkazib beradigan paxta tolasi hajmlari shartlashilgan narxlar boʻyicha sotiladi.