20.03.2020 yildagi 175-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq ariza;
7. Vakolatli organlardan ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab etish taqiqlanadi.
9. Vakolatli organlar tomonidan kompensatsiya olish uchun ariza Agentlikka to‘g‘ridan to‘g‘ri taqdim etilgan taqdirda, ushbu Nizomning 6-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hollarda ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
10. Vakolatli organlar tomonidan kompensatsiya olish uchun ariza Agentlikka pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, Tashqi iqtisodiy ma’lumotlar portali orqali taqdim etilganda, ammo ariza bilan birga ushbu Nizomning 6-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, Agentlik bir ish kuni davomida hujjatlarni Agentlikning mansabdor shaxslari imzolagan va rad etish sabablari ko‘rsatilgan asosli xulosa bilan birga vakolatli organlarga qaytaradi.
11. Ushbu Nizomning 6-bandida qayd etilgan hujjatlar bilan birga to‘liq taqdim etilgan arizalar Agentlik tomonidan uch ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi va xarajatlarni qoplab berish yuzasidan xulosa qabul qilinadi.
12. Agentlik vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan talablar va shartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan o‘rganib chiqadi.
13. Agentlik vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ushbu Nizomning 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan talablar va shartlarga muvofiqligini axborot tizimlari, shu jumladan, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi va “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali hamda so‘rovnomalar yuborib, javoblar olish orqali o‘rganib chiqishi mumkin.
17. Vakolatli organlarning xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-dekabrdagi PQ-4069-son qarori doirasida Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi (agar vakolatli organlar qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lsa, qilingan xarajatlar qo‘shimcha qiymat solig‘i stavkasi bilan ko‘rsatiladi va qoplanadi).
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)