Ushbu Qonunning 40 va 41-moddalariga muvofiq qaytarib sotib olish to‘g‘risida talab qo‘yilgan hamma aksiyalar qaytarib sotib olinmaguniga qadar jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni olishga haqli emas.
ushbu Qonun 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki boshqa shaxsga berish bilan bog‘liq yirik bitim (bundan buyon matnda yirik bitim deb yuritiladi) tuzish to‘g‘risida;
Ushbu Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda jamiyat tomonidan qaytarib sotib olingan aksiyalar jamiyat tasarrufiga o‘tadi. Mazkur aksiyalar ovoz berish huquqini bermaydi, ovozlarni sanash chog‘ida hisobga olinmaydi, ular bo‘yicha dividendlar yozilmaydi. Bunday aksiyalar qaytarib sotib olingan paytdan e’tiboran bir yildan kechiktirmay realizatsiya qilinishi lozim, aks holda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi mazkur aksiyalarni bekor qilish yo‘li bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak.
Jamiyatning kuzatuv kengashi tushgan takliflarni ko‘rib chiqishi hamda ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddat tugaganidan so‘ng o‘n kundan kechiktirmay ularni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida yoki mazkur kun tartibiga kiritishni rad etish haqida qaror qabul qilishi shart. Aksiyadorlar (aksiyador) tomonidan kiritilgan masala aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga, xuddi shuningdek ko‘rsatilgan nomzodlar jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov bo‘yicha ovoz berish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilishi kerak, quyidagi hollar bundan mustasno:
Jamiyat ushbu Qonun 103-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan aksiyadorlarning foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi, bundan buxgalteriya hisobiga doir hujjatlar, boshqaruv majlislarining bayonnomalari, shuningdek jamiyat direktorining (boshqaruv raisining) buyruqlari va jamiyat aksiyadorlarining reyestri mustasno.
Jamiyatning affillangan shaxsi ushbu Qonunning 85-moddasiga muvofiq affillanganlik asoslari vujudga kelgan paytdan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay jamiyatni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan ma’lumotlarni batafsil ko‘rsatgan holda o‘zining affillanganligi to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qilishi shart.