LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi O‘RQ-399-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada dori-darmonlar sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 14-iyuldagi Farmonini ijro etish yuzasidan hamda respublika aholisini dori-darmonlar, vaksinalar va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Respublika dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
cheklangan chakana narxlarda sotiladigan va barcha dorixona muassasalarida mavjudligi majburiy bo‘lgan eng zarur dori-darmonlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 15 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksiga Dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
bir hafta muddatda eng zarur dori-darmonlar va tibbiy buyumlarning cheklangan chakana narxlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha dorixona muassasalariga yetkazsin;
ikki hafta muddatda ushbu qarorning 2-ilovasiga kiritilgan eng zarur dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni berish va ularning cheklangan chakana narxlari o‘rtasidagi farqning o‘rnini qoplash uchun “Dori-darmon” davlat-aksionerlik uyushmasi huzuridagi narxlarni tartibga solish jamg‘armasini tuzish va undan foydalanish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
2-ilovada qayd etilgan dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmanomasi hajmida ishlab chiqarishni ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi va xalqaro “EKOSAN” jamg‘armasi bilan birgalikda respublikada o‘simliklardan olinadigan mahalliy dori-darmon xomashyosi asosida o‘zimizning farmatsevtika ishlab chiqarishimizni tashkil etish dasturini ishlab chiqsin va 1994-yilning 1-oktabrigacha Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda 1994-yilning 15-sentabrigacha bo‘lgan muddatda respublikaga dori-darmonlar va tibbiy asbob-uskunalarni import bo‘yicha keltirish uchun Yevropa Hamjamiyati Komissiyasi tomonidan beriladigan 68 million AQSh dollari miqdoridagi kreditning rasmiylashtirilishini va keyinchalik to‘ldirilishini tugallasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “Dori-darmon” davlat-aksionerlik uyushmasi 3-ilovaga* muvofiq dorixona muassasalarini 1994-yilning ikkinchi yarim yilligida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga oid tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Dori-darmon” davlat-aksionerlik uyushmasining dori-darmonlarning sifatini nazorat qilish inspeksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi dori-darmonlar sifati bo‘yicha nazorat komissiyasiga aylantirsin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 4-ilovaga* muvofiq dori-darmonlar, vaksinalar va tibbiy buyumlar sotib olish uchun “Dori-darmon” davlat-aksionerlik uyushmasiga va uning hududiy bo‘linmalariga markazlashtirilmagan manbalardan Rossiya rubli summasiga teng miqdorlarda pul mablag‘lari, shu jumladan, xorijiy valyuta, shuningdek, moddiy resurslar ajratsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M. Q. Qoraboyev zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasida dori-darmonlar va tibbiyot buyumlarini sotish bilan shug‘ullanishga farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan dorixona muassasalariga ruxsat etiladi.
Qayd etib o‘tilgan dorixona muassasalarida dori-darmonlarni sotishga faqat maxsus farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat beriladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-maydagi 131-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 21-son, 150-modda)
2. Dori-darmonlar va tibbiy buyumlarning jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan dorixona muassasalaridan tashqarida bozorlarda, ko‘chada, jamoat joylarida va uyda sotilishi qat’iyan taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan va yoxud muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni sotish;
dorixona muassasalari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan muvofiqlik sertifikatlari bo‘lmagan dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni qabul qilib olish;
qalbakilashtirilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini sotish taqiqlanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-fevraldagi 18-sonli qarori tahrirda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 50-modda)
4. Dori-darmonlarni aholiga vrachning retsepti va retseptisiz berish, shuningdek, davolash-profilaktika muassasalariga beriladigan dori-darmonlar ro‘yxati va ularni berish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Dori-darmonlarni litsenziyalarsiz sotish, shuningdek qalbakilashtirilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-fevraldagi 18-sonli qarori tahrirda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 50-modda)
6. Barcha dorixona muassasalari qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, majburiy assortimentdagi dori-darmonlar va tibbiy buyumlarga majburiy tartibda ega bo‘lishlari va ularning erkin sotilishini ta’minlashlari shart.
Dorixona muassasalarida mavjud bo‘lishi shart bo‘lgan dori-darmon vositalari bo‘lmaganda belgilangan tartibda ularni shunga o‘xshashlari bilan almashtirishga ruxsat etiladi.
7. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan vrachning retseptisiz berishga ruxsat etilgan dori-darmonlardan tashqari barcha dori-darmonlar dorixonalardan faqat belgilangan shakllardagi retseptlarga ko‘ra beriladi.
8. Vrach retseptisiz beriladigan dori-darmonlar va tibbiy buyumlar tayyor dori-darmon beriladigan vitrinaga narxi ko‘rsatilgan holda qo‘yiladi.
81. Dorixona muassasalari idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar belgilangan narxlari bilan Ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining tasdiqlangan ro‘yxatini davlat va rus tillarida 12-shrift o‘lchamidan kam bo‘lmagan o‘lchamda ko‘rinadigan joyga osib qo‘yishlari shart.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2773-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 87-modda)
82. Dori-darmon vositalari yoki tibbiyot buyumlari bilan birga sotib oluvchiga identifikatsion ma’lumotlar (nomi, dozasi, qadoqlash, miqdori) bilan birga dori-darmon vositalari yoki tibbiyot buyumlarining nomi, ularni beruvchi shaxsga oid ma’lumotlar, berish sanasi va narxi ko‘rsatilgan tovar cheki beriladi.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshirish uchun xarid qilish yoki nazorat ostida olish natijalari bo‘yicha olingan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash bo‘yicha tartibni buzish faktini tasdiqlovchi tovar va kassa cheklari dorixona muassasasining litsenziyasini to‘xtatib turish yoki tugatish uchun asoslardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
(82-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2773-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 87-modda)
9. Davolash-profilaktika muassasalari vrachlariga kasalxonada dori-darmonlar bo‘lmaganda statsionar davolanishda bo‘lgan bemorlarga retsept yozib berishga ruxsat etiladi. Bunda dori naqd pulga sotib olinganligi haqidagi ma’lumot kasallik tarixiga yozib qo‘yilishi shartdir.
10. Ayrim toifadagi shaxslarga dorixona muassasalaridan dori vositalarini imtiyozli berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)
11. Agar retseptda zaharli, narkotik va boshqa ingrediyentlar qo‘shilmasidagi kuchli ta’sir qiluvchi vositalar yozib berilgan bo‘lsa, ularni tayyorlangan dori tarkibiga kiritmay alohida berish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Vrach tomonidan zaharli, yoki kuchli ta’sir etuvchi moddani bir marta qabul qilishdan ortiqcha dozada, bu retseptda tegishli ravishda rasmiylashtirilmay yozilgan bo‘lsa, dorixona xodimi dorini bir martalik qabul qilish uchun belgilangan dozaning yarmi miqdorida berishga majbur.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 18-iyuldagi 276-sonli qarori tahririda)
13. Pushti rangdagi maxsus retsept blanklarida yozib berilgan narkotik dori-darmon vositalari hududiy davolash-profilaktika muassasalariga faqat shu maqsadlar uchun biriktirib qo‘yilgan dorixonalardan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-maydagi 131-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2005-y., 21-son, 150-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat nazoratidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan narkotik vositalar, psixotrop moddalar shahar (shahar yoki qishloq tumani) doirasida faoliyatning tegishli turiga ruxsatnomasi bo‘lgan dorixonalar tomonidan ularning hududidagi davolash-profilaktika muassasalari retseptlari bo‘yicha beriladi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 18-iyuldagi 276-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan dorilar uchun berilgan retseptlar — yozib berilgan kundan boshlab 7 kun mobaynida, zaharli moddalar bo‘lgan dorilar bo‘yicha — 10 kun, barcha qolganlari bo‘yicha esa — bir oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 18-iyuldagi 276-sonli qarori tahririda)
15. Vrach retseptlari bo‘yicha dorixonalardan dori-darmonlarni berish normasi davolashning bir kursi uchun belgilanadi.
Favqulodda hollarda (bemorning shahardan jo‘nab ketishi, dorixonaga muntazam qatnashining iloji yo‘qligi va boshqalar) dorixona xodimlariga vrach tomonidan tayinlangan dori-darmonni uzoq muddat amalda bo‘ladigan retseptlar bo‘yicha ikki oy davomida davolanish uchun zarur bo‘lgan miqdorda bir yo‘la berishga ruxsat etiladi.
ambulatoriyaga qatnab davolanadigan uzoq davom etadigan kasalga chalingan bemorlarga vrachning “Maxsus ko‘rsatma bo‘yicha” deb yozib qo‘yilgan, imzolangan va davolash-profilaktika muassasasining muhri qo‘yilgan retseptlari bo‘yicha, sof holda — 100 grammgacha hamda “Kompress qilish uchun” deb yozib qo‘yilgan (aralashtirishi miqdori ko‘rsatilgan holda) yoki “Terini ishqalash uchun” deb yozib qo‘yilgan retseptlar bo‘yicha, ingridiyentlar aralashmasida — 100 grammgacha;
tibbiyot maqsadlari uchun tibbiyot muassasalari va tashkilotlariga — Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan normativlar bo‘yicha beriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 18-iyuldagi 276-sonli qarori tahririda)
17. Tarkibida zaharli, narkotik moddalar va etil spirti bo‘lgan ekstemporal usulida tayyorlangan dorilarni berishda bemorlarga retsept o‘rniga yuqori qismida sariq yo‘li va unda qora shriftda “Signatura” degan yozuv bo‘lgan signatura beriladi. Tayyor dori-darmonlarni berishda zarur bo‘lgan hollarda dori-darmonni qo‘llash usuli ko‘rsatilgan yorliq ilova qilinadi.
18. Uzoq vaqt amalda bo‘ladigan retsept bo‘yicha dori-darmonlarni berishda retsept bemorga qaytarib beriladi, bunda uning orqa tomoniga berilgan preparatning soni va berilgan sana yozib qo‘yiladi. Bemor dorixonaga navbatdagi kelganda oldingi olingan dori-darmonlar haqidagi belgilar hisobga olinadi. Retseptning amalda bo‘lish muddati tugagach “Retsept haqiqiy emas” degan tamg‘a bosiladi va dorixonada qoldiriladi.
19. Tarkibida narkotik vositalar, zaharli, psixotrop moddalar, etil spirti, uxlatadigan vositalar, steroid gormonlar, anabolik aktivlikka ega moddalar, tarkibida 8-oksixinol hosilasi bo‘lgan dorilar, shuningdek shaxslarning ayrim toifalariga dori vositalarini imtiyozli berish uchun retseptlar dorixonada qoldiriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)
Shaxslarning ayrim toifalariga dori vositalarini imtiyozli berish uchun retseptlar dorixonalarda uch yil davomida, maxsus pushti rangdagi blanklar bo‘yicha berilgan dorilar retseptlari — 5 yil, tarkibida zaharli moddalar, etil spirti bo‘lgan dorilarga berilgan retseptlar, miyani aynitib qo‘yish quvvatiga ega bo‘lgan preparatlar va anabolik vositalarga berilgan retseptlar bir yil davomida, boshqa dorilarga berilgan retseptlar — bir oy davomida saqlanadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)
(19-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-maydagi 131-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 21-son, 150-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)
20. Dorixona muassasalari va ularning xodimlari ushbu Qoidalar talablarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan 20-band deb hisoblansin — O‘R QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)
21. Respublika hududida, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha dorixona muassasalarida ushbu Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuklanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan 21-band deb hisoblansin — O‘R QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)