Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 4-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3431-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi PQ-381-son “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 18-apreldagi 8/3-son qarori (roʻyxat raqami 3431, 2023-yil 5-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y, 10/23/3431/0265-son) bilan tasdiqlangan Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 19-iyun,
21/3-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2024-yil 4-iyun
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2024-yil 23-may
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 19-iyundagi 21/3-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 6-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “muassislari (ishtirokchilari yoki aksiyadorlari)ning” degan soʻzlar “muassislari (aksiyadorlari)ning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “muassislari (ishtirokchilari yoki aksiyadorlari)” degan soʻzlar “muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishi;”.
2. 3-bobning nomidagi, 7 va 10-bandlardagi hamda 5-bobning nomidagi “muassislari (ishtirokchilari yoki aksiyadorlari)” degan soʻzlar “muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Xalqaro moliya institutlari, chet el toʻlov tizimi operatorlari, toʻlov tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlari hisoblanmaydigan norezident yuridik shaxslar hamda norezident jismoniy shaxslarning toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkiloti ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) jami ulushi ellik foizdan oshmasligi kerak.
Ushbu Nizom maqsadlarida boshqa kredit tashkilotlari deganda quyidagilar tushuniladi:
mazkur Nizomning 81-bandida koʻrsatilgan moliyaviy faoliyat turlarini amalga oshiruvchi kompaniyalarni boshqarish maqsadida tashkil etilgan xolding kompaniyasi (boshqaruv kompaniyasi);
vakolatli davlat organining litsenziyasi (ruxsatnomasi) asosida mazkur Nizomning 81-bandida koʻrsatilgan moliyaviy faoliyat turlaridan birini amalga oshiruvchi va joylashgan (roʻyxatga olingan) davlatida konsolidatsiyalashgan nazorat mavjud boʻlgan yuridik shaxslar.”.
4. Quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi faoliyat turlari moliyaviy faoliyat turlari hisoblanadi:
bank faoliyati;
mikromoliyalash faoliyati;
sugʻurta faoliyati;
lizing faoliyati;
ipotekani qayta moliyalash faoliyatini amalga oshirish.”.
5. 9-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Xalqaro moliya institutlari, chet el toʻlov tizimi operatorlari, toʻlov tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlari hisoblanuvchi norezident yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida toʻlov tizimi operatori yoki toʻlov tashkiloti ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizdan ortiq ulushiga ega boʻlishi uchun ushbu tashkilotlarning ustav fondi (ustav kapitali) 20 million yevro ekvivalentidan kam boʻlmasligi kerak.”.
6. 11-bandning birinchi xatboshisidagi “muassislari (ishtirokchilari yoxud aksiyadorlari)” degan soʻzlar “muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 13-bandda:
birinchi xatboshidagi “muassislari (ishtirokchilari yoki aksiyadorlari)” degan soʻzlar “muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi — beshinchi xatboshilardagi “muassislar (ishtirokchilar yoki aksiyadorlar)” degan soʻzlar “muassislar (aksiyadorlar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “muassislar (ishtirokchilar yoxud aksiyadorlar)” degan soʻzlar “muassislar (aksiyadorlar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 14 va 15-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Toʻlov tizimi operatori ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori 50 milliard soʻmni tashkil etishi lozim.”.
15. Toʻlov tashkiloti ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori:
2024-yil 1-iyuldan eʼtiboran 10 milliard soʻmni;
2025-yil 1-iyuldan eʼtiboran 20 milliard soʻmni tashkil etishi lozim.”.
9. 16-bandda:
birinchi xatboshidagi “muassislari (ishtirokchilari, aksiyadorlari)” degan soʻzlar “muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Toʻlov tizimi operatori va (yoki) toʻlov tashkiloti” degan soʻzlar “Litsenziya daʼvogari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 22-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“toʻlov tizimining qoidalari, shu jumladan antifrod tizimining tavsifi.”.
11. 23-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “muassislari (ishtirokchilari yoki aksiyadorlari)” degan soʻzlar “muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
12. 25-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“toʻlov tizimining qoidalari, shu jumladan antifrod tizimining tavsifi;”.
13. 1-ilova beshinchi bandining 3-kichik bandidagi “muassislar (ishtirokchilar yoki aksiyadorlar)” degan soʻzlar “muassislar (aksiyadorlar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 2-ilovaning nomidagi “muassislari (ishtirokchilari yoki aksiyadorlari)” degan soʻzlar “muassislari (aksiyadorlari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3431-1/0472-son)