09.12.2019 yildagi PQ-4546-son
2020-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari 2-ilovada nazarda tutilgan hujjatlarni fuqarolardan talab qilishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ularning berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5527-son Farmoniga muvofiq Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amaldagi idoralararo kollegial organlarning faoliyati tahlil qilinganligi va samaradorligi baholanganligi, natijasiga ko‘ra ularni yanada qisqartirish va maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hujjatlari bilan tuzilgan 3-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha alohida idoralararo kollegial organlarning ayrimlari vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga o‘tkazgan holda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab ularni tugatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-martga qadar mazkur qarorning 3-ilovasini amalga oshirishga qaratilgan tegishli tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin va bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari (vakolatlari)

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari (vakolatlari) beriladigan subyekt

1.

Aholining ichimlik, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan suv olish inshootlaridan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilish

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limlari

2.

Birgalikda foydalaniladigan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanish va suvni iste’mol qilish shartlarini belgilash

3.

Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash uchun ruxsatnoma berish

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari

4.

Davlat o‘rmon fondi yerlariga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish uchun ruxsatnoma berish

5.

Ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini (yo‘l qo‘yiladigan uzoqlikda ekanligini) belgilash

Aholi bandligiga ko‘maklashish tuman (shahar) markazlari

6.

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish

tuman (shahar) soliq inspeksiyalari

7.

Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi berish

8.

Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish

tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari

9.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosini amalga oshirishga litsenziya berish

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari

10.

Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

11.

Rieltorlik faoliyatini olib borish uchun litsenziya berish

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalari

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)

T/r

Idoralararo kollegial organning nomlanishi

Idoralararo kollegial organ tuzilishi uchun asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat

Tugatilayotgan organ funksiyalarini amalga oshiruvchi subyektlar (vakolatiga oid qismi bo‘yicha)

I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan faoliyati belgilangan idoralararo kollegial organlar

1.

To‘qimachilik sanoati korxonalari uchun investorlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni tanlab olish bo‘yicha Hukumat komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “To‘qimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-330-son qarori

O‘tkazilmaydi

2.

Xorijiy tillarni o‘rganishni yanada rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-son qarori

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

3.

Toshkent xalqaro aeroporti infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha Maxsus komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “Toshkent shahridagi xalqaro aeroportg� O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida”gi PQ-2950-son qarori

O‘tkazilmaydi

4.

O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-son qarori

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

5.

Toshkent viloyatidagi avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyuldagi “Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3142-son qarori

O‘tkazilmaydi

6.

Davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3231-son qarori

Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Hisob palatasi

7.

Dastur parametrlarini bajarishni ta’minlash yuzasidan mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ijroiya hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika ishchi guruhi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi “Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3301-son qarori

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

8.

Bojxona tartib-taomillari va eksport-import operatsiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-noyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3377-son qarori

O‘tkazilmaydi

9.

Respublikada yaratiladigan va ishlab chiqariladigan ustuvor dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatini aniqlash bo‘yicha ishchi komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3532-son qarori

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

10.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tasarrufidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish va asosiy vazifalari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3578-son qarori

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

11.

Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3586-son qarori

Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi

12.

“Buxoro-agro” EIZ hududida zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3843-son qarori

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

13.

Aholiga ixtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi ijrosining borishini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3846-son qarori

Sog‘liqni saqlash vazirligi

II. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan faoliyati belgilangan idoralararo kollegial organlar

14.

Til o‘rgatish Jumhuriyat Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 29-iyuldagi “Jumhuriyat o‘quvchi-yoshlariga va mutaxassislariga chet tillarni keng ko‘lamda o‘qitish tizimini takomillashtirish va uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga oid tadbirlar to‘g‘risida”gi 197-son qarori

O‘tkazilmaydi

15.

Tibbiyot texnikasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 6-noyabrdagi “Tibbiyot texnikasi ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 490-son qarori

Sog‘liqni saqlash vazirligi

16.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l xo‘jaligi kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 358-son qarori

Transport vazirligi

17.

Qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 358-son qarori

O‘tkazilmaydi

18.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 256-son qarori

Suv xo‘jaligi vazirligi

19.

Favqulodda vaziyatlarni prognozlash va oldini olish bo‘yicha davlat dasturining bajarilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-apreldagi “Favqulodda holatlarni prognoz qilish va oldini olish bo‘yicha davlat dasturini tasdiqlash haqida”gi 71-son qarori

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

20.

O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisi obyektlarining joylashtirilishini ko‘rib chiqish va kelishish Komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi “O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 277-son qarori

Transport vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

21.

Toshkent shahrida transport infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-yanvardagi “Toshkent shahrida transport infratuzilmasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 20-son qarori

O‘tkazilmaydi

22.

Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ko‘rgazmalari va yarmarkalarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi “Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari yarmarka savdosini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 377-son qarori

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

23.

“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 12-iyundagi “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 168-son qarori

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

24.

Tomchilatib sug‘orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 21-iyundagi “Tomchilatib sug‘orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 176-son qarori

Suv xo‘jaligi vazirligi

25.

Kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishining so‘zsiz ta’minlanishini tahlil qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi idoralararo komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi “Respublikaning issiqlik va suv ta’minoti tashkilotlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 300-son qarori

Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

26.

Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmati sohasidagi dasturlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Maxsus respublika komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-fevraldagi “Aholi punktl�rida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga ichimlik suv ta’minotini va oqova suv xizmatini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 19-son qarori

Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

27.

Jizzax viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab ko‘rish hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha Ishchi guruh

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi “Jizzax viloyatida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishni tubdan jadallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishning yangi yondashuvlari va metodlarini sinab ko‘rishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 332-son qarori

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank, Jizzax viloyati hokimligi

28.

O‘quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi kengash

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 868-son qarori

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

29.

Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha komissiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 939-son qarori

Ichki ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Amalga oshirish mexanizmi

Mas’ul ijrochilar

I. Davlat boshqaruvi mexanizmlarini byurokratiyadan xoli qilish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish

1.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ayrim funksiya va vakolatlarini tegishli davlat boshqaruv organlarining hududiy bo‘linmalariga o‘tkazish hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiya va vakolatlarini chiqarib tashlash nuqtai nazaridan amaldagi qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish.

2020-yil
1-yanvar

Qarorning 1-bandida nazarda tutilgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiya va vakolatlarini belgilash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Davlat organlari va tashkilotlarida hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2020-yil
1-mart

Barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyati bo‘yicha zarur hisobotlarni real vaqt rejimida yaratish imkonini beruvchi hamda 2021-yil 1-yanvarga kelib qog‘oz ko‘rinishidagi blanklar, shakllar va jadvallarni to‘ldirishdan to‘liq voz kechishni nazarda tutuvchi hisobot va hujjat aylanishini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini jo�iy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

Adliya vazirligi (Davletov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sodiqov), manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Davlat organlari va tashkilotlarida hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni tuzish, taqdim etish va eshitish tartibini takomillashtirish.

2020-yil
1-mart

Davlat organlari va tashkilotlarida hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni tuzish, taqdim etish va eshitish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda keyinchalik ularni maqbullashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi (Davletov)

4.

Davlat organlari va tashkilotlarining barcha xodimlari va rahbarlarini elektron raqamli imzolar bilan ta’minlash.

2020-yil
1-mart

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Davlat soliq qo‘mitasi (Musayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga o‘tkazish.

2020-yil
1-mart

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan tashkil qilingan va tugatilayotgan alohida idoralararo kollegial organlarning vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga o‘tkazishga qaratilgan tadbirlar ijrosi bo‘yicha �ormativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. Bunda:

tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish va o‘rganish;

o‘tkazilgan xatlov va o‘rganish natijalariga ko‘ra tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning aniqlangan dolzarb vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga o‘tkazishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash nazarda tutiladi.

Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida byurokratiyani, qog‘ozbozlikni yanada qisqartirish bo‘yicha aniq va asoslantirilgan takliflarni kiritgan holda mazkur qaror ijrosi bo‘yicha ta’sirchan monitoring va tahlil olib borish.

doimiy

Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish va keyinchalik amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Adliya vazirligi (Davletov)

7.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida davriy hisobot berish amaliyotini joriy qilish.

doimiy

Har bir davlat organi va tashkilotining birinchi rahbari tomonidan o‘z faoliyati yuzasidan yarim yillik va yil yakuni bo‘yicha jamoatchilik oldida hisobot berilishi va ularni rasmiy veb-saytlarda joylashtirish amaliyotini joriy qilishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari

8.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni asossiz cheklov�ar, ortiqcha ma’muriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlarini bartaraf etish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish.

2020-yil
1-aprel

Davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilovchi normalari mavjud idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni yuqoriroq yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlagan holda tasdiqlangan grafikka muvofiq quyidagilar nuqtai nazaridan xatlovdan o‘tkazish:

asossiz cheklovlar, ortiqcha ma’muriy tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlarini bartaraf etish;

normalarni qonun hujjatlari sonini qisqartirish, normalarning ko‘payib ketishini bartaraf etish va ularni yagona normativ-huquqiy hujjatga birlashtirishni nazarda tutgan holda konsolidatsiyalash;

davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiqlashtirish.

Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar

9.

Qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan hujjatlarni fuqarolardan talab qilishga yo‘l qo‘ymaslik nuqtai nazaridan davlat organlari, tashkilotlar va o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini monitoring qilish.

doimiy

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Adliya vazirligi (Davletov)

10.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida yig‘ilishlar sonini kamaytirish.

2020-yil
1-fevral

Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash:

faqatgina taklif etila�tgan mansabdor shaxslarning funksional majburiyatlariga oid masalalar bo‘yicha ishtiroki zarur bo‘lgan hollarda yoki davlat siri va boshqa qonun bilan muhofaza qilinadigan sirlarga oid masalalarni muhokama qilishda davlat tashkilotlari tomonidan yig‘ilishlarni tashkil etish;

muhokamalarni o‘tkazishning masofaviy mexanizmlarini joriy etgan holda davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparatlariga hududlardan xodimlarni va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlaridagi yig‘ilishlarga tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarini taklif etishga yo‘l qo‘ymaslik;

davlat tashkilotlari tomonidan dam olish va bayram kunlari yig‘ilishlarni o‘tkazish amaliyotini bekor qilish, alohida zarurat yuzaga kelgan holatlarda o‘tkaziladigan yig‘ilishlar bundan mustasno;

aholiga bevosita xizmat yoki davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi xodimlarni yig‘ilishlarga taklif qilish va ularga xos bo‘lmagan vazifalarni yuklash yoki tashqi ishlarga jalb etishni (xizmat ko‘rsatish maqsadlaridan tashqari) taqiqlash (ular ishtirokidagi yig‘ilishlar bevosita yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan faqatgina xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’sir etmaydigan soatlarda ular faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin).

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat tashkilotlari

11.

Kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bir-birini takrorlovchi topshiriqlarini (rezolyutsiya, fishkalar) yuborish amaliyotini bekor qilish yo‘li bilan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibini takomillashtirish.

2020-yil
1-yanvar

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Davlat organlari va tashkilotlarining tashabbuskorligini oshirish.

2020-yil
1-fevral

Har bir davlat organi va tashkiloti tomonidan yil davomida o‘z faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kamida uchta yangi tashabbusni ro‘yobga chiqarishi amaliyotini joriy qilish.

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish beruvchi va nomzod o‘rtasida video-suhbatni masofaviy intervyu yo‘li bilan maxsus telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda videokonferensiya vositalari yordamida o‘tkazish mexanizmlarini joriy qilish.

2020-yil
1-may

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. Davlat xizmatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi tashkiliy chora-tadbirlar

14.

Vaqtni tashkil etish va undan foydalanish samaradorligini oshirish (time management) texnologiyalari bo‘yicha o‘qitish, byurokratiya va yig‘ilish o‘tkazish amaliyotini bekor qilish chora-tadbirlarini tashkil etish.

ikki oy muddatda

Vaqtni tashkil etish va undan foydalanish samaradorligini oshirish (time management) texnologiyalari, byurokratiya, qog‘ozbozlik va yig‘ilish o‘tkazish amaliyotini bekor qilish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda uning filiallarida davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va rahbarlari uchun kurslarni kelishilgan muddatlarda tashkil etish.

DBA (Azizov)

15.

“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun normalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha davlat xizmatchilarining malakasini oshirish.

2020-yil
1-aprel

“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun normalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha davlat xizmatchilarining malakasini oshirish yuzasidan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

DBA (Azizov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Ma’muriy tartib-taomillar sohasida huquqni qo‘llash amaliyotini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rish.

2020-yil
1-iyun

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish bo‘yicha o‘quv-metodik materiallar va amaliy qo‘llanmalarni ishlab chiqish.

DBA (Azizov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar