Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021 26.12.2018 yildagi 403/46-5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri boʻyicha 2019-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018-yil 13-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi”gi SQ-348-III-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahri boʻyicha 2019-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi, tuman hokimliklariga 2019-yil mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalarini soliq toʻlovchilar eʼtiboriga yetkazilishi va ijro etilishini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akromov), Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi (F. Aminov), Matbuot xizmati (X. Ergashev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilinishi va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining “Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi xamda Toshkent shahar hokimligi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi oʻrinbosari T. MATIBAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
403/46-5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2018-yil 26-dekabrdagi 403/46-5-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri boʻyicha 2019-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Soliqlar va yigʻimlar turlari

Soliqlar va yigʻimlar stavkasi

1.

Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim:

alkogolli mahsulotlar, shuningdek umumovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish

1 216 400 soʻm

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar

810 900 soʻm

2.

Isteʼmol uchun soliq:

benzin

1litr uchun 285 soʻm/

1 tonna uchun 378 480 soʻm

dizel yoqilgʻisi

1litr uchun 285 soʻm/

1 tonna uchun 346 275 soʻm

suyultirilgan gaz

1 litr uchun 285 soʻm/

1 tonna uchun 540 645 soʻm

siqilgan gaz

1 kub.metr uchun 360 soʻm

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Alkogol mahsulotlarining chakana savdosi huquqi yigʻimlari, jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish yigʻimlari yagona hisobraqamga kelib tushadi va ushbu mablagʻlar qonunchilikda oʻrnatilgan tartibga koʻra budjet, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi oʻrtasida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim yagona hisobraqamga kelib tushadi va ushbu mablagʻlar qonunchilikda oʻrnatilgan tartibga koʻra budjet va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Koʻrsatilgan stavkalar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona hisoblanadi. Benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun soliq stavkalarining qayta ishlashga berilgan benzin va dizel yoqilgʻisi boʻyicha miqdorlari transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun soliqni hisobga olgan holda benzin va dizel yoqilgʻisiga chakana narxlar doirasida shakllantiriladi Vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan xomashyodan qayta ishlashga berish asosida ishlab chiqariladigan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun soliqni toʻlovchilar, hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz sotishda benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq 1 litr hisobidan, qolgan xollarda 1 tonna hisobidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.