30.03.2019 yildagi 272-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga muvofiq avtomototransport vositalarining texnik holatini aniqlash yuzasidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini yanada oshirish, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 772-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son)
avtomototransport vositasining egasi mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq bildirishnomadagi ma’lumotlar bilan tanishtiriladi, zarur holatlarda, profilaktik tushuntirish ishlari o‘tkaziladi;
Ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq dalolatnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
DYHXX hududiy organi boshlig‘i qaroriga ko‘ra majburiy hisobdan chiqarilgan avtomototransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom talablari asosida qayta hisobga qo‘yilishi mumkin. Bunda avtomototransport vositasini ehtiyot qismlar va agregatlardan tayyorlash va yig‘ish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan beriladigan ruxsat asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Avtomototransport vositasi majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmaganligi yuzasidan
BILDIRIShNOMA

Sizga tegishli bo‘lgan “_______” rusumli, _______ davlat raqami belgisi bo‘lgan transport vositasi _____ yil hisobidan majburiy texnik ko‘rikka belgilangan muddatda taqdim etilmadi.

“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (17-modda) muvofiq yo‘l harakatida foydalaniladigan transport vositalarining texnik holati va uskunalari yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi va O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishda bo‘lgan va belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan transport vositalari majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.

Transport vositalarining majburiy texnik ko‘rigi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartibda transport vositalarining texnik holati va uskunalarining yo‘l harakati xavfsizligi texnik reglamentlari yoki standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash, transport vositalari sonini, ularning holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va boshqa ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarini aniqlashtirish, yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish sohasida huquqni buzishlar va jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va barham berish maqsadida o‘tkaziladi.

Sizga tegishli bo‘lgan “_______” rusumli, _______ davlat raqami belgisi bo‘lgan transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun undiriladigan yig‘im miqdori _______ so‘m.

Ushbu transport vositasini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun uni quyidagi hujjatlar bilan birgalikda ko‘rikka taqdim etishingiz so‘raladi:

mazkur transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi;

transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);

gaz yonilg‘isida ishlashga qayta jihozlangan transport vositasiga o‘rnatilgan gaz ballonining sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusxasi.

Transport vositasini texnik ko‘rikka ______ kuni quyidagi manzilga taqdim etishingiz so‘raladi ___________________ ____________________________________

Agar transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish joyiga olib borish imkoni bo‘lmasa DYHXXning hududiy organiga yozma ariza bilan murojaat qilishingiz va quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz so‘raladi:

pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (harbiy xizmatchilar — shaxsiy guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnoma; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida yoki Adliya vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan xalqaro va xorijiy tashkilotlar xodimlari — tegishli ravishda Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazir�igi tomonidan akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan akkreditatsiya kartochkalari va milliy pasportlari; boshqa xorijiy fuqarolar — ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan milliy pasportlari yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasi; fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasi);

ushbu transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi;

transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);

agar transport vositasi gaz yonilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlangan bo‘lsa:

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan berilgan gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazish huquqini beruvchi ruxsatnoma mavjud bo‘lgan tashkilot tomonidan gaz yonilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarining gaz ballonlari sinovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma;

sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan gaz yonilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalariga o‘rnatilgan gaz ballonlarining muvofiqlik sertifikati nusxasi.

TXS va Subyektning transport vositasining texnik holati to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi — shunday ma’lumotnoma bo‘lganda.

____________ tumani (shahri) IIB
YHXB(G) boshlig‘i (katta inspektori)

___________________
(imzo)

__________________________
(F.I.O.)

Oxirgi uch yil davomida majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmagan
avtomototransport vositasini egasining turar joy manzili bo‘yicha
o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari
DALOLATNOMASI

Tuzilgan sanasi: 20___ yil “____” _______________
Biz, ___________________________________________________________________________________________________

(ichki ishlar organi tayanch punkti huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha (katta) inspektori,

_______________________________________________________________________________________________________

fuqarolar yig‘ini vakili, holislar yoki boshqa mansabdor shaxaslarning F.I.O.)

tomonidan inventarizatsiyadan o‘tkazildi.

1. Transport vositasining markasi, modeli
__________________________________________________

6. Shassi (rama) raqami________________________________
2. Turi ____________________________________________7. Dvigatel raqami __________________________________
3. Rangi ___________________________________________8. Kuzovning raqami _________________________________
4. Ishlab chiqarilgan yili ____________________________

9. Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport)ning seriyasi va raqami) ______________________________
__________________________________________________

5. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami belgisi _________________________________________________________________
10. Transport vositasining tegishliligi ____________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________

(yuridik shaxsning to‘liq nomi, yakka tartibda egalik qiluvchining F.I.O.)

11. Turgan joyi (yashash joyi) ______________________________________________________________________________

12. Quyidagi kamchiliklar aniqlandi ________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________________________

13. Inventarizatsiya natijalari bo‘yicha tavsiyalar ______________________________________________________________
_______________________________________________________________________________________________________
(Majburiy texnik ko‘rikka taqdim etish, hisobdan chiqarish, utilizatsiyaga topshirish yoki qismlarini realizatsiyaga qaratish)

Dalolatnoma tuzuvchilar:

____________________ IIB

_________________________

___________________

______________

________________________ (tuman, shahar

(IIO TP nomi)

(lavozimi)

(imzosi)

(F.I.O.)

_________________________________ fuqarolar yig‘ini

___________________

______________

_________________________ (F.Y. nomi)

(lavozimi)

(imzosi)

(F.I.O.)

Xolis:

___________________________________
(yashash manzili)

___________________
(imzosi)

______________
(F.I.O.)

Dalolatnoma nusxasini oldim: Avtomototrasport vositasi egasi

___________________
(imzosi)

______________
(F.I.O.)