Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

1-ILOVA
2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi

1-bob. Turizm sohasining joriy holati tahlili

2-bob. Turizm sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari va bosqichlari

3-bob. Turizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari

4-bob. Yakuniy qoidalar

ILOVA
2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari

2-ILOVA
2019 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2019-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi

3-ILOVA
2019-yil 1-fevraldan boshlab fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilinadigan mamlakatlar RO‘YXATI

4-ILOVA
2019-yil 1-fevraldan boshlab fuqarolari elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mamlakatlar RO‘YXATI

5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish vizalari toifalarini joriy etish RO‘YXATI

6-ILOVA
Fuqarolari ko‘chmas mulk sotib olish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish huquqiga ega bo‘lgan mamlakatlar RO‘YXATI

7-ILOVA
O‘zbekistonning logistika jozibadorligini tubdan yaxshilash, shuningdek, mahalliy aeroportlarda parvozlarga xorijiy aviakompaniyalarni jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh TARKIBI

8-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qaroriga asosan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (A.N. Aripov) quyidagilarni ta’minlasin:
3. 2019-yil 1-fevraldan boshlab 3-ilovaga muvofiq mamlakatlarning fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilansin.
v) O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun 5-ilovaga muvofiq qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish vizalari toifalarini berishni joriy etish.
5. 6-ilovaga muvofiq xorijiy mamlakatlar fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish huquqi taqdim etilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 8-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Turizm sohasida normativ-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish

1.

Yuqori turizm salohiyatiga ega bo‘lgan hududlarda ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlaydigan maxsus tuzilmalarini tashkil etish, ularni zamonaviy texnik va transport vositalari bilan jihozlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xavfsiz turizmni ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

15-fevralgacha

IIV (P. Bobojonov),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Butunjahon turizm tashkilotining, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi metodologiyasi asosida turizm sohasida statistika yuritishni takomillashtirish:

Turizm sohasidagi statistik ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash, ularni Butunjahon turizm tashkiloti, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sahifalariga joylashtirish;

mamlakat hududlari kesimida asosiy statistik ko‘rsatkichlarni yuritib borish.

Ijrochilar qarori

1-martgacha

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Xorijiy davlatlarda turizmni rivojlanish jarayonlari va milliy xususiyatlardan kelib chiqqan holda mehmonxona va turizm xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha davlat standartlarini takomillashtirish

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

1-aprelgacha

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Xorijiy tajribani inobatga olgan holda mehmonxona xizmati ko‘rsatishning namunaviy tartibini ishlab chiqish.

Ijrochilar qarori

1-avgustgacha

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),
Adliya vazirligi (R.
Davletov)

5.

Har bir hudud kesimida barcha turistik manbalar va obyektlarni (arxitektura, tabiiy va boshqa) ularning holatini “Qoniqarli”, “Qayta ta’mirga muhtoj” (ta’mirlash, qayta ta’mirlash), “avariya (tashlandiq) holatida” tasniflari bo‘yicha aniqlagan holda xatlovdan o‘tkazish.

Yagona turistik manbalar va obyektlar reyestrini shakllantirish, pasportlar tayyorlash

1-sentabrgacha

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (B. Kuchkarov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Respublika hududlarida turizm va u bilan bog‘liq infratuzilmani rivojlantirish

6.

Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida respublikaning har bir hududidagi sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan joylar va sayyohlik marshrutlarida kamida 50 tadan sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.

Ijrochilar qarori

yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

7.

Sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan obyektlar, sayyohlik marshrutlarida va har bir hududning markaziy qismlarida turistik infokiosklarn� tashkil etish.

Tashkiliy choralar

1-dekabrgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

8.

Imkoniyati cheklangan shaxslarning turizm infratuzilmasi va madaniy meros obyektlarida erkin harakatlanishi uchun zarur sharoitni (“to‘siqsiz muhit” hosil qilish) yaratish choralarini ko‘rish.

Ijrochilarning qo‘shma harakatlar rejasi

1-fevralgacha tasdiqlash

1-iyulgacha amalga oshirish

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

9.

Shu xorijiy tashkilotlarning moliyaviy mablag‘lari va texnik ko‘magini jalb qilgan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi Turizm infratuzilmasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish:

turistik namoyish obyektlarini bog‘lovchi avtomobil yo‘llarining holatini yaxshilash, shuningdek, yo‘l va yo‘l bo‘yi infratuzilmasi obyektlarini yaratish, shu jumladan har 50 km masofaga hisoblaganda sanitariya-gigiyena shoxobchalari, kempinglar, motellar va boshqalarni tashkil qilish;

transport logistikasini takomillashtirish, shu jumladan diqqatga sazovor joylar va madaniy obyektlar bo‘ylab qulay transport marshrutlari tarmog‘ini yaratish;

madaniy meros obyektlari holatini yaxshilash, ushbu obyektlar atrofida sayyohlar uchun zarur infratuzilmani shakllantirish;

marketing va brendni ilgari surishning samarali mexanizmini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi

1-dekabrgacha

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mi�asi (A. Akkulov),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(S. Bekenov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Zamonaviy turizm kompleksini yaratish, respublikaga tashrif buyuruvchilar va aholining turizm xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun har bir hududda Turizm infratuzilma obyektlarini joylashtirishning bosh chizmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

1-iyungacha

Qurilish vazirligi (A. Tuxtayev),
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi

(A. Abdullayev),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Mamlakatning xalqaro aeroportlari va temir yo‘l vokzallarida ibodat qilish va tahorat olish uchun maxsus joylar tashkil qilish.

Tashkiliy choralar

1-iyungacha

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK

(B. Xakimov), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (F. Sagdullayev)

12.

Zamonaviy ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish, shuningdek, Toshkent shahridagi xalqaro aeroport yonida transport logistikasini takomillashtirish.

Tashkiliy-amaliy choralar

1-iyulgacha

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(S. Bekenov)

13.

Quyidagi yo‘nalishlarda tasdiqlangan grafik bo‘yicha muntazam ravishdagi shaharlararo avtobus qatnovini, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda yo‘lga qo‘yish:

“Toshkent Samarqand Buxoro Xiva Nukus”;

“Toshkent Guliston Jizzax Samarqand — Qarshi Termiz”;

“Qo‘qon Farg‘ona Andijon Namangan”.

Tashkiliy choralar

1-iyungacha

O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi (D. Dexkanov),

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

(A. Abduvaliyev),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

14.

Transportning turli yo‘nalish va turlarini qulay tarzda o‘zaro bog‘lovchi avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlari sonini oshirishni nazarda tutuvchi Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro transport kommunikatsiyasini rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat

1-martgacha

O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi (D. Dexkanov),
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK

(B. Xakimov),
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

(F. Sagdullayev),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),

TIV (A. Komilov)

15.

Mamlakatda sport turizmining bugungi kundagi holatini tahlil qilish, Sport turizmin� yanada rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tahliliy ma’lumot

Tadbirlar rejasini tasdiqlash

1-fevralgacha


15-fevralgacha

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(D. Nabiyev),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Ekologik turizmni amalga oshirish uchun yer maydonlarini aniqlagan holda davlat qo‘riqxonalarida muhofaza hududlarini tashkil qilish (Surxon va Kitob qo‘riqxonalari bundan mustasno), shuningdek, Zomin milliy tabiat bog‘ini quyidagi hududlarga ajratish:

qo‘riqxona hududi — qattiq qo‘riqlanadigan hudud, har qanday xo‘jalik, shu jumladan rekreatsiya faoliyatini yuritish taqiqlangan;

rekreatsiya hududi — davomiy va qisqa muddatli dam olish uchun ajratilgan hudud bo‘lib, sayyohlar tashrif buyurishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan holda ekskursiyalar va ma’rifiy turizm tashkil qilish nazarda tutiladi;

kurort hudud — sanatoriya-sog‘lomlashtirish uchun mo‘ljallangan hudud;

xo‘jalik yurituvidagi va boshqa hududlar.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

1-martgacha

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

(B. Kuchkarov), O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (N. Bakirov), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

(A. Akkulov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), manfa�tdor vazirlik va idoralar

17.

Turizmni rivojlantirish mumkin bo‘lgan hududlar va obyektlarni xatlovdan o‘tkazish yakunlari asosida Aydarko‘l (Jizzax va Navoiy viloyatlari), To‘dako‘l (Navoiy viloyati) va Uchqizil (Surxondaryo viloyati) ko‘llari atrofida rekreatsiya turizmini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.

Qo‘shma harakatlar rejasini tasdiqlash

1-fevralgacha

Jizzax, Navoiy va Surxondaryo viloyati hokimliklari,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),

Suv xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xamroyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Xalqaro gastronomik festivalni tashkil etish va o‘tkazish.

Ijrochilarning qo‘shma harakatlar rejasi

oktyabr-noyabr

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi

(M. Usmanov),
TIV (A. Komilov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Mahalliy va xorijiy avto va moto-sport federatsiyalari ishtirokida Ustyurt (Qora�alpog‘iston Respublikasi) yassiligidagi ekstremal marshruti bo‘ylab avtoralli tashkil qilish va o‘tkazish.

Ijrochilarning qo‘shma harakatlar rejasi

aprel-may

“Vatanparvar” MKT (R. Niyozov),
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

(D. Nabiyev),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Quyidagilarni o‘z ichiga olgan agroturizmni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish:

turizm aylanmasi (biznes)ga fermer va dehqon xo‘jaliklarini, qishloq joylardagi mahalliy aholini (asosan uzoq va tog‘li hududlardan) jalb qilish;

qishloq va etnografik turlar (an’anaviy turmush tarzi, hunarmandchilik, taom tayyorlash va boshqalar) doirasida sayyohlarni qabul qilish istagiga va imkoniyatiga ega bo‘lgan dehqon va fermerlar uchun namunaviy “turistik mahalla” tipdagi uy-joy komplekslari (an’anaviy uslubdagi) qurish;

fermer xo‘jaliklarining faoliyatini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan, sharob mahsulotlari, quritilgan mevalar, shirinliklar va boshqalarni joyida tatib ko‘rishni tashkil qilish yo‘li bilan ular hududida yagona tuzilmaga (qishloq turistik klasteri) biriktirilgan agro-etno-qishloq shaklidagi model uyushmalar barpo etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

1-aprelgacha

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(B. Yusupov),
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Quyidagi choralarni amalga oshirish orqali “shopping” (savdo) turizmini rivojlantirish:

tarixiy shaharlar va viloyatlarning ma’muriy markazlarida boj to‘lovi olinmaydigan do‘konlar (“Duty Free”)ni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

brend kiyim-kechak mahsulotlari, kosmetika va aksessuar tovarlar sotuvi yo‘lga qo‘yilgan savdo-ko‘ngilochar komplekslar tashkil etilishini rag‘batlantirish.



O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi



Tashkiliy-amaliy choralar



1-martgacha





1-noyabrgacha

Davlat bojxona qo‘mitasi

(M. Azimov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(S. Bekenov),
Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Respublikada, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “MICE” turizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish:

turizmdagi mavsumiylikka qarab o‘tkazish vaqtini aniqlagan holda mahalliy va xalqaro darajadagi tadbirlarni o‘tkazish dasturini tuzish;

“MICE” turizm tadbirlarini o‘tkazish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda binolar, mehmonxonalar ro‘yxatini shakllantirish.

Qo‘shma chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash

1-martgacha

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),

Madaniyat vazirligi

(B. Sayfullayev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
TIV (A. Komilov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Aholi va turistik faoliyat subyektlarining faolligini rag‘batlantirishni ta’minlovchi ichki turizmni rivojlantirish

23.

Hududlarda tadbirkorlik subyektlariga turizm sohasida berilgan imtiyoz va preferensiyalar haqida ma’lumot berish va targ‘ib qilish bo‘yicha soliq bojxona organlari va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mutaxassislaridan iborat qo‘shma ishchi guruh tashkil etish.

Tashkiliy choralar

yil davomida

Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev),
Davlat bojxona qo‘mitasi

(M. Azimov),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

24.

Mahalliy va xorijiy madaniyat va san’at arboblari ishtirokida hududlarning boy madaniy-tarixiy va turizm salohiyatini yorituvchi turkum teleko‘rsatuvlar yaratish.

Ijrochilar qarori

yil davomida

MTRK (A. Xodjayev),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
Madaniyat vazirligi

(B. Sayfullayev)

25.

Turistlar erkin yo‘nalish olishlari uchun respublika bo‘yicha asosiy turistik namoyish obyektlari va turizm obyektlariga olib boruvchi yo‘llarda yagona shakldagi turistik-axborot ko‘rsatkichlarini o‘rnatish.

Tashkiliy choralar

1-iyulgacha

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

(A. Abduvaliyev),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

26.

O‘zbekiston bo‘yicha ichki turizmni rivojlantirishga ko‘maklashayotgan eng yaxshi turoperator, ish beruvchi, OAV va bloger, shuningdek, mamlakat bo‘ylab sayohatchini aniqlash bo‘yicha tanlovlar tashkil etish va o‘tkazish.

Tashkiliy choralar

dekabr

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Ichki va tashqi bozorlarda milliy turizm mah�ulotini ilgari surish

27.

Quyidagilarni:

tanlovlar o‘tkazish orqali O‘zbekistonning yagona milliy turizm brendini, shuningdek, uning asosida hududlarning turizm brendlarini;

tashqi bozorlarda “O‘zbekiston” turizm brendini ilgari surish strategiyasini ishlab chiqish va hududlarning turizm brendini ilgari surish bo‘yicha har bir mamlakat uchun alohida marketing ishlari dasturlarini tasdiqlash;

xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va turizm salohiyatini ilgari surish bo‘yicha xorijiy kompaniyalar va agentliklar, shu jumladan “M&CSAATCNI” agentligi bilan hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Tashkiliy-amaliy choralar


1-iyulgacha


1-avgustgacha

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK

(B. Xakimov),
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

(F. Sagdullayev),
Madaniyat vazirligi

(B. Sayfullayev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),
TIV (A. Komilov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

28.

O‘zbekistonning milliy turizm brendini faol ilgari surish, shu jumladan mashhur xorijiy telekanallar, jurnallar va boshqa OAVda mamlakatimizning turistik jozibadorligini targ‘ib qiluvchi dasturlar namoyishini tashkil etish.

Tashkiliy choralar

yil davomida

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
Madaniyat vazirligi

(B. Sayfullayev),
TIV (A. Komilov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

29.

O‘zbekistonning va hududlarning turizm xaritalarini ishlab chiqish va chop etish, shuningdek, turizm xaritasining elektron shaklini turizm portallarida joylashtirish hamda turli platformalar uchun, shu jumladan Internet tarmog‘iga ulanmasdan ishlaydigan mobil ilova ishlab chiqish.

Ijrochilar qarori

yil davomida

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi

(A. Abdullayev),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov)

30.

Har bir soni mamlakatimiz alohida hududining o‘ziga xos xususiyatlari va uning aholisi madaniyati haqida hikoya qiluvchi turli turistik mavzularda O‘zbekiston to‘g‘risidagi almanax chop etishni tashkil qilish.

Jurnal chop etish

1-martgacha

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

Mashhur Internet resurslarida joylashtirish uchun Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi diqqatga sazovor joylarning 3D modelini yaratish.

Tashkiliy choralar

yil davomida

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov)

32.

OAV, xorijiy ijodiy guruhlar tomonidan mamlakatimiz tarixi va turizm salohiyati haqida foto va video materiallar tayyorlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish va respublika hududida foydalanishga ruxsat olishni soddalashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

30-yanvargacha

DXX (I. Abdullayev),
IIV(P. Bobojonov),
Mudofaa vazirligi (A. Azizov),
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(T. Uljayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
Madaniyat vazirligi

(B. Sayfullayev),
“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

“Buyuk ipak yo‘li” mamlakatlari bo‘ylab sayohat qiluvchi turistlar uchun “Silk visa” yagona turistik vizasi tizimini joriy qilish masalasini o‘rganib chiqish.

Tashkiliy choralar

1-iyulgacha

TIV (A.Komilov),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
IIV (P. Bobojonov),
DXX (I. Abdullayev),

Davlat pers�nallashtirish markazi (N.Nazarov)

34.

Xorijiy fuqarolarga uzoq muddatli viza olish imkonini beruvchi “Uzbekistan — my second home” (“O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim”) dasturini joriy qilish masalasini o‘rganib chiqish.

Tashkiliy choralar

1-iyulgacha

TIV (A. Komilov),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
IIV (P. Bobojonov),
DXX (I. Abdullayev),

Davlat personallashtirish markazi

(N. Nazarov),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

(S. Bekenov)

V. Turizm sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish

35.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

gid, yo‘riqchi-kuzatuvchining huquqiy maqomini, ularning faoliyatini kasb sifatida tan olish va mehnat stajiga hisoblash tartibini belgilash.

xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorining gidlar ma’lumotiga qo‘yilgan talablar qismini ularga ushbu faoliyat b�lan o‘rta maxsus ma’lumot bilan shug‘ullanish huquqini taqdim etgan holda qayta ko‘rib chiqish;

“O‘quv-konsalting markazi” DUK tomonidan gidlar, ekskursovod-kuzatuvchilar va turizm sohasi subyektlari ishchilariga malaka sertifikatlarini berish uchun onlayn test o‘tkazishni tashkil qilish;

turizm xizmatlari sohasida kadrlar tayyorlash uchun mutaxassisliklar ro‘yxatini kengaytirish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi o‘quv rejalarini takomillashtirish;

gidlarga malaka toifasini joriy etish va gidlar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

1-fevralgacha

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

36.

Ta’lim muassasalarida Butunjahon turizm tashkilotining TedQual (Tourism Education Quality) tizimi bo‘yicha turizm ta’limi sifatini sertifikatlashtirish xalqaro tizimini tatbiq qilish.

Ijrochilarning qo‘shma harakat rejasi

1-martgacha

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
TIV (A. Komilov)

1.

Avstraliya Ittifoqi

2.

Avstriya Respublikasi

3.

Ozarbayjon Respublikasi

4.

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi

5.

Antigua va Barbuda

6.

Misr Arab Respublikasi

7.

Argentina Respublikasi

8.

Barbados

9.

Beliz

10.

Venesuela Bolivar Respublikasi

11.

Vatikan

12.

Lyuksemburg Buyuk Gersogligi

13.

Vengriya

14.

Urugvay Sharqiy Respublikasi

15.

Bruney-Dorussalom davlati

16.

Isroil Davlati

17.

Grenada

18.

Gretsiya Respublikasi

19.

Gruziya

20.

Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi

21.

Dominikana Respublikasi

22.

Irlandiya

23.

Islandiya

24.

Italiya Respublikasi

25.

Kanada

26.

Qir�iziston Respublikasi

27.

Xitoy Xalq Respublikasi

28.

Andorra Knyazligi

29.

Lixtenshteyn Knyazligi

30.

Monako Knyazligi

31.

Gayana Kooperativ Respublikasi

32.

Belgiya Qirolligi

33.

Butan Qirolligi

34.

Daniya Qirolligi

35.

Ispaniya Qirolligi

36.

Marokash Qirolligi

37.

Niderlandiya Qirolligi

38.

Norvegiya Qirolligi

39.

Tailand Qiro�ligi

40.

Shvetsiya Qirolligi

41.

Latviya Respublikasi

42.

Livan Respublikasi

43.

Litva Respublikasi

44.

Malayziya

45.

Maldiv Respublikasi

46.

Meksika Qo‘shma Shtatlari

47.

Mo‘g‘uliston

48.

Yangi Zelandiya

49.

Birlashgan Arab Amirliklari

50.

Portugaliya Respublikasi

51.

Albaniya Respublikasi

52.

Bolgariya Respublikasi

53.

Bosniya va Gersegovina Respublikasi

54.

Belarus Respublikasi

55.

Gvatemala Respublikasi

56.

Gonduras Respublikasi

57.

Hindiston Respublikasi

58.

Indoneziya Respublikasi

59.

Qozog‘iston Respublikasi

60.

Kipr Respublikasi

61.

Kolumbiya Respublikasi

62.

Koreya Respublikasi

63.

Kosta-Rika Respublikasi

64.

Mavrikiy Respublikasi

65.

Makedoniya Respublikasi

66.

Malta Respublikasi

67.

Moldova Respublikasi

68.

Nauru Respublikasi

69.

Palau Respublikasi

70.

Panama Respublikasi

71.

Peru Respublikasi

72.

Polsha Respublikasi

73.

San-Marino Respublikasi

74.

Seyshel Orollari Respublikasi

75.

Serbiya Respublikasi

76.

Singapur Respublikasi

77.

Sloveniya Respublikasi

78.

S�rinam Respublikasi

79.

Trinidad va Tobago Respublikasi

80.

Tojikiston Respublikasi

81.

Fiji Respublikasi

82.

Filippin Respublikasi

83.

Xorvatiya Respublikasi

84.

Chili Respublikasi

85.

Ekvador Respublikasi

86.

Rossiya Federatsiyasi

87.

Ruminiya

88.

Sent-Vinsent va Grenadin

89.

Sent-Lyusiya

90.

Slovakiya Respublikasi

91.

Bagama Or�llari Hamdo‘stligi

92.

Dominikana Hamdo‘stligi

93.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi

94.

Amerika Qo‘shma Shtatlari

95.

Vyetnam Sotsialistik Respublikasi

96.

Tunis Respublikasi

97.

Turkiya Respublikasi

98.

Ukraina

99.

Braziliya Federativ Respublikasi

100.

Germaniya Federativ Respublikasi

101.

Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi

102.

Finlyandiya Respublikasi

103.

Fransiya Respublikasi

104.

Chernogoriya

105.

Chexiya Respublikasi

106.

Shveysariya Konfederatsiyasi

107.

Estoniya Respublikasi

108.

Yamayka

109.

Yaponiya

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
19-banddagi “do momenta oplati” so‘zlari “do nachala oformleniya elektronnoy vizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23-bandning uchinchi xatboshidagi “dopuщennix oshibkax” so‘zlari “boleye trex texnicheskix opechatok” so‘zlari bilan almashtirilsin;
26-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
b) 2-ilovaning 1-2, 6, 11 — 16, 18 — 20, 29-30, 34 — 38, 40, 45, 47 — 49, 53, 56-57, 59 — 61, 67 — 70, 76 — 78, 88, 90 — 95 va 99-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Izoh: mazkur ilovaning 6-bandi “b” kichik bandi 2019-yil 1-fevraldan kuchga kiradi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”