Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2025 12.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1963-2
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1963-2]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 12-martdagi 86-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1963-4, 25.03.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2009-yil 22-maydagi 160-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963, 2009-yil 5-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 23-son, 267-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir I. MADJIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 7-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-2018-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Yakuniy davlat attestatsiyasi taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) oʻquv rejalariga muvofiq quyidagi turlardagi attestatsiya sinovlaridan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy til boʻyicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy taʼlim muassasasi Kengashi qaroriga asosan oʻtkazilishi mumkin);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim yoʻnalishi boʻyicha fanlararo (umumkasbiy va ixtisoslik) yakuniy davlat attestatsiya sinovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplom loyihasi himoyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 6 ― 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Xorijiy til boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi mazkur fanning davlat taʼlim standartida belgilangan zaruriy mazmunidan kelib chiqqan holda oʻquv dasturida nazarda tutilgan materiallarni talaba tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi fanlar mazmuniga qoʻyiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining mazkur taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) boʻyicha malaka talablarida bitiruvchiga nisbatan nazarda tutilgan umumiy talablarga ham javob bera olish darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yakuniy davlat attestatsiyasini ixtisoslik fanlaridan (fanlararo) yakuniy davlat attestatsiya sinovi yoki diplom loyihasi himoyasi yoxud bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi shaklida oʻtkazilishi bitiruvchilarning iqtidori, xohishi va taʼlim xususiyatidan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasasi Kengashi qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiyasiga oliy taʼlim muassasasi Kengashi qaroriga asosan xorijiy til boʻyicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi qoʻshimcha sifatida kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasasi Kengashining qarori bilan bitiruvchi uchun belgilangan yakuniy davlat attestatsiyasining shakli bir oʻquv yili davomida oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari oʻquv jarayoni jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda fakultet dekani yoki oʻquv-uslubiy boʻlim (boshqarma) tomonidan tayyorlangan, oliy taʼlim muassasasi oʻquv ishlari boʻyicha prorektori tomonidan tasdiqlangan Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jadvali asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy taʼlim muassasalari tomonidan yetakchi professor-oʻqituvchilarni jalb etgan holda yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining dasturlari hamda baholash mezonlari ishlab chiqiladi hamda tayanch oliy taʼlim muassasasi bilan kelishgan holda oliy taʼlim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadi va talabalar eʼtiboriga yetkaziladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. Oliy taʼlim muassasasida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan raislar rahbarligida oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) buyrugʻi bilan xorijiy til boʻyicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy taʼlim muassasasi Kengashi qaroriga asosan) va (yoki) taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) boʻyicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi va diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoki ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovini oʻtkazish boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi shakllantiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 15 ― 17-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tarkibi oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan bitiruv semestri boshlanishidan bir oy oldin tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruriyat boʻlganda attestatsiya sinovlarining biri boʻyicha bitta rais rahbarligida bir nechta yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining davlat attestatsiyasidan oʻtmagan yoʻnalish va mutaxassislik bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi ushbu oliy taʼlim muassasasining yuqori turuvchi vazirlik (idora) tomonidan tashkil etiladigan davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boshlanishidan oldin yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari bilan oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) shaxsan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tayyorgarlik darajasi, komissiya raislari va aʼzolarining vazifalari, bitiruvchilarga qoʻyilayotgan talablar, tartib-intizom toʻgʻrisida yigʻilish oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari yozma, test yoki ogʻzaki usulda tashkil etiladi va ushbu tartib oliy taʼlim muassasasi Kengashi qarori asosida taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan olti oy oldin talabalar eʼtiboriga yetkaziladi. Talabalar sinov oʻtkaziladigan fanlar dasturlari bilan taʼminlanadilar, ularga tayyorgarlik koʻrish va maslahatlar berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“19. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari va diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoxud ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovi yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining ochiq majlislarida, aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan holda, rais ishtirok etmagan taqdirda rais oʻrinbosari raisligida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoxud ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovi ishlab chiqarish bazasida tashkil etilgan kafedra filiallarida sohaning yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlari boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimiga muvofiq aniqlanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining majlis bayoni rasmiylashtirilgandan soʻng shu kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlarida mualliflikni oʻzlashtirishga (plagiatga) yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holat aniqlanganda davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan bitiruvchiga tegishli attestatsiya sinovidan qoniqarsiz baho qoʻyiladi yoki qoʻyilgan ijobiy baho bekor qilinadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 21 ― 24-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Oliy taʼlim muassasasi bitiruvchisi yakuniy davlat attestatsiyasi tarkibiga kiritilgan yakuniy davlat attestatsiya sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng unga muvofiq darajadagi oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom va uning ilovasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Fanlar dasturlarini oʻzlashtirishda katta yutuqlarga erishgan va oʻquv rejasidagi barcha fanlarning kamida 3/4 qismi boʻyicha 86 ball va undan yuqori (5 baholik tizimda 5 baho (aʼlo) oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 71 balldan (5 baholik tizimda oʻzlashtirish koʻrsatkichi 4 bahodan (yaxshi) kam boʻlmagan), shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boʻyicha kamida 86 ball (5 baholik tizimda 5 baho (aʼlo) oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan bakalavriat bitiruvchisiga “imtiyozli” diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan oʻta olmagan shaxs oʻqish muddati tugagandan soʻng, arizasiga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasi sinovini keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega. Bunda oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) shaxsni yakuniy davlat attestatsiyasi sinovini qayta topshirishga qoʻyish boʻyicha buyruq chiqarishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan qayta oʻta olmagan talabaga akademik maʼlumotnoma beriladi va u oʻrnatilgan tartibda, toʻlov-kontrakt asosida tegishli kursga oʻqish uchun qayta tiklanishi mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 25-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)