Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi F-5006-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash bo‘yicha komissiya tomonidan nogironlikni barvaqt aniqlash va oldini olish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ularni kasbga o‘qitish va ishga joylashtirish sohasidagi ishlarning ahvoli kompleks va chuqur o‘rganildi.

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakllari

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning turmush darajasi va sifatini yaxshilash

1.

BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi talablari va xalqaro standartlarni, shuningdek, “nogiron” so‘zi o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs” atamasidan foydalanishni nazarda tutuvchi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2018-yil 1-avgustga kadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari,
BMT agentliklari

2.

BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilishga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rish va mavjud salohiyat, xorijiy davlatlar tajribasi, shuningdek, mazkur Konvensiyani ratifikatsiya qilish shartlari hamda oqibatlari tahlilini hisobga olgan holda tegishli takliflar kiritish.

Ratifikatsiya qilishga tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar

2018-yil 1-iyulga qadar

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz,
Bosh prokuratura,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, TIV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar,
BMT agentliklari

3.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda boshqa vakolatli idoralar faoliyatini quyidagilarga qaratilgan takliflar tayyorlagan holda qayta ko‘rib chiqish:

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy muhofaza qilishga, shu jumladan ularni to‘liq va kompleks kuzatgan holda ko‘rsatilayotgan xizmatlarni muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan idora tashkil etish;

ixtisoslashtirilgan idora negizida nogironlikni belgilashni to‘liq qamrab oluvchi yagona tizimni tashkil etish;

tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan shaxslarning nogironlikka muvofiqligini nazorat qilish va tekshirish tartibini joriy etish;

amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga javob bermaydigan samarasiz tuzilmalarni tugatib, tegishli shtat birliklarini yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan idoraga o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil 1-martga qadar

Vazirlar Mahkamasi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar hamda idoralar

4.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining tibbiy-maslahat komissiyalari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyatini birinchi navbatda, quyidagilarga yo‘naltirilgan tanqidiy qayta ko‘rib chiqish:

nogironlikni belgilash mexanizmlarini va uning muddatlarini, shu jumladan hujjatlarni ulardagi muhim holatlarning mazmunini majburiy ravishda asoslab va tushuntirib rasmiylashtirish tartibini nazarda tutgan holda takomillashtirish;

nogironlikni belgilash tizimiga belgilari yaqqol ko‘rinib turgan murojaat qiluvchini nogironlik belgilangunga qadar qo‘llab-quvvatlash mexanizmini joriy qilish, bunda ushbu holat mavjudligini isbotlash tashvishidan xalos qilish;

sog‘liqni saqlash organlari zimmasiga tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslarni aniqlash va zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda ular tomonidan yordam ko‘rsatish bo‘yicha majburiyat yuklashni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilish;

18 yoshgacha bo‘lgan bolalar nogironligi deb topish to‘g‘risida tibbiy xulosa berish tartibini takomillashtirish;

shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etgan holda zarur tartib-taomillardan o‘tish muddatlarini qisqartish va tartibini soddalashtirish;

komissiyalar tarkibiga ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya, ergoterapiya bo‘yicha mutaxassislarni kiritish;

tibbiy xulosalarga nogironligi bo‘lgan shaxslarni�g hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, shu jumladan, avtotransport vositalarini boshqarish imkoniyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishini ta’minlash;

sog‘lig‘i tiklab bo‘lmaydigan kasallikka chalingan, ruhiy va jismoiiy nuqsonlarga ega bo‘lgan, shu jumladan, muddatsiz nogironlikni tasdiqlashda protez-ortopediya buyumlari hamda texnik reabilitatsiya vositalarini bepul olish uchun bir martalik taqdim etiladigan tibbiy xulosa berish tartibini joriy etish orqali imkoniyati cheklangan shaxslarni hisobga olgan holda tibbiy xulosalarning amal qilish muddatlarini qayta ko‘rib chiqish;

ayrim toifadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus davolanishdan o‘tmasdan, shu jumladan tibbiy tekshiruv o‘tkazmasdan aniqlanishi mumkin bo‘lgan nogironlik toifalari uchun statsionar davolanishda majburiy bo‘lishni bekor qilishni nazarda tutgan holda, nogironlikni belgilashni aniqlashtirish hamda hujjatlarni topshirish imkoniyatini kengaytirish;

yordamga juda muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun sirtdan nogironlik toifasi belgilashni joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari,
BMTTD, YUNISEF

5.

Quyidagilar hisobiga faoliyatini nogironligi bo‘lgan shaxslarning ahvolini yaxshilash, tibbiy-ijtimoiy yordam va reabilitatsiya sifatini oshirish, protez-ortopediya buyumlari hamda texnik reabilitatsiya vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash, ular uchun ixtisoslashtirilgan ish o‘rinlari tashkil qilishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etish:

nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini buzganlik uchun tayinlanadigan va undiriladigan jarima mablag‘larining yo‘naltirilgan qismi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylantirish kvotasi to‘ldirilishini ta’minlanganlik mablag‘lar ajratmalari.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-fevralga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi

6.

Zamonaviy talab va standartlardan kelib chiqib, nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasida vakolatli organlar faoliyatini tartibga soluvchi idoraviy hujjatlarni inventarizatsiya qilish hamda qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ularni doimiy qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil 1-yanvarga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi,
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar,
BMTTD, YUNISEF

7.

Protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari ishlab chiqarish davlat standartlarini ishlab chiqish, yangilash hamda xalqaro hujjatlar, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari hamda kafolatlarini ta’minlash bilan bog‘liq boshqa standartlar uyg‘unlashuvi bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish.

Chora-tadbirlar majmui

2018-yil 1-fevralga qadar

“O‘zstandart” Agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari

8.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish:

nogironligi bo‘lgan shaxslar tibbiy-ijtimoiy himoyasi sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish;

nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga, birinchi navbatda ijtimoiy buyurtma samaradorligi va ahamiyatini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil 1-martiga qadar

Iqtisodiyot vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi,
Davlat bojxona qo‘mitasi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Savdo sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari

9.

Dolzarb muammolarni aniqlash, to‘liq tahlil qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslar turli guruhlari ahvolini baholash, infratuzilma obyektlarida ular uchun sharoitlar mavjudligining alohida hisobini yuritishga imkon beruvchi ma’lumotlarni kompleks to‘plash, umumlashtirish va hisobga olish tizimii joriy etish orqali ular hayot faoliyatining barcha sohasini qamrab olish imkoniyatini yo‘lga qo‘ygan holda nogironligi bo‘lgan shaxslarni statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Davlat statistika qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi,
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari,
BMTTD, YUNISEF, YUNFPA

10.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning injenerlik, transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlariga to‘sqinliksiz kirishini ta’minlash bo‘yicha talablarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik, shuningdek, ular huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Qonun loyihasi

2018-yil 1-fevralga qadar

Oliy sud, Bosh prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Adliya vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari

11.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzishga vakolatli aniq organlarni nazarda tutuvchi, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonun hujjatlarini ijro etish yuzasidan monitoring tartibi hamda jamoatchilik nazoratini takomillashtirish.

Qonun loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Bosh prokuratura,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, nogironligi �o‘lgan shaxslar jamiyatlari

12.

Shaxslar o‘rtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan imo-ishora tilini yanada rivojlantirish, uning huquqiy maqomi va qo‘llash sohasini belgilash, shuningdek, quyidagilar yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish:

nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan katta yoshdagilarning savodxonligini oshirish maqsadida viloyatlar, tumanlar markazlarida (talablardan kelib chiqqan holda) umumta’lim maktablari negizida imo-ishora tili va Brayl alifbosini o‘rgatish bo‘yicha ushbu sohadagi mutaxassislarni jalb qilgan holda maxsus kurslarni tashkil etish;

tegishli materiallar nashr qilishni rag‘batlantirish, muhim sohalarda audio kitoblar yaratish va ularni joriy etishni nazarda tutgan holda imo-ishora tili va Brayl alifbosini qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 15-martga qadar

Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
“Mahalla” fondi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari, YUNESKO

13.

Ko‘rish a’zolari zaif shaxslarga ovoz eshittirish imkonini yaratish maqsadida turli xildagi dasturiy ta’minotlarga davlat tilida maxsus dasturlar, shu jumladan kompyuter operatsion tizimlari yaratish, ularni ushbu shaxslar o‘qiyotgan va ishlayotgan ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarda keyinchalik erkin tarqatish, o‘rnatish masalasini ishlab chiqish, shuningdek, mazkur dasturlarni yaratish uchun salohiyatli homiylar topish.

Kompleks chora-tadbirlar

2018yil 1-fevralga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi

14.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari korxonalarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, ular mahsulotlari hamda xizmatlariga davlat xaridlari bo‘yicha majburiy buyurtma kvotalari belgilashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlari ko‘rish.

Normativ-huquqiy huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi,
Davlat bojxona qo‘mitasi,
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari

15.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar dam olishi va reabilitatsiyasi, shuningdek, ular bandligini oshirish uchun maxsus texnik vositalari bilan jihozlangan vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga ixtisoslashgan maskanlar tashkil etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga arzon tovar hamda xizmatlar ishlab chiqish sektorini kengaytirish va rivojlantirishda nodavlat sektorni, shu jumladan, davlat-xususiy va ijtimoiy sheriklik asosida rag‘batlantirish hamda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish.

Normativ-huquqiy huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Savdo-sanoat palatasi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim �azirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi,
Davlat bojxona qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari

16.

Qonun hujjatlariga 2018-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat ko‘rsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir oyda eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hisobidan ishga yollangan har bir ishchi uchun — bir oyda eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida qat’iy belgilangan soliq stavkasi o‘rnatilishini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil 1-yanvarga qadar

Davlat soliq qo‘mitasi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Adliya vazirligi

17.

BMT agentliklari bilan hamkorli�da “O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar va kattalar huquqlarini ta’minlash samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirishni tashkil etish.

Loyiha hujjati

2018-yil 1-fevralga qadar

Bosh prokuratura,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari,
BMT agentliklari

18.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada rivojlantirish, shu jumladan, Yevropa Ittifoqining “Demokratiya va inson huquqlari sohasida Yevropa usuli” texnik ko‘maklashish mavzuli dasturi bilan o‘zaro hamkorlik qilish orqali mablag‘larni jalb etish bo‘yicha ishlarni xalqaro, xorijiy moliya institutlari va boshqa donorlar bilan muntazam asosda olib borish.

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy ravishda

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
TIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

II. Nogironlikning oldini olish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va reabilitatsiya samaradorligini oshirish

19.

Tug‘ma nogironlikning oldini olish uchun tug‘ma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish:

a) homilador ayollar va bolalarni skrining tekshiruvlari orqali yanada ko‘proq qamrab olish hamda ushbu faoliyat ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish, shu jumladan:

irsiy kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish;

xavf guruhiga kiruvchi homilador ayollarni homiladorlikning 16-haftaligidan boshlab, perinatal ultratovush tekshiruvidan o‘tkazish;

homilador ayollarning biokimyoviy markerlarga tekshirish orqali nevral naycha va xromosoma sindromi nuqsonlarini aniqlash;

irsiy kasalliklarni aniqlash maqsadida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni kompleks, shu jumladan, perinatal skrining tekshiruvi parametrlarini kengaytirish va zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash yo‘li bilan tekshirish;

nogironligi bo‘lgan ayollarga reproduktiv salomatlik xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta�minlash;

b) nogironlikning muayyan turlarini to‘liq yengib o‘tish imkonini beruvchi zamonaviy tibbiyot, ta’lim va ijtimoiy texnologiyalardan, shu jumladan rivojlanishdan ortda qolish, eshitish va ko‘rish qobiliyatining buzilishi, ijtimoiy-psixologik buzilishlarni erta aniqlash tizimidan foydalanishni kengaytirish;

v) erta yoshdagi bolalarni kelgusida ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bilan majburiy skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish, shuningdek har xil turdagi kasaliklarni surunkalashishi va nogironlashishining oldini olish tartibini joriy etish, shu jumladan:

Orol bo‘yi mintaqasida yashovchi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning vitamin-mineral komplekslardan foydalangan holda oziqlanishini yaxshilash;

maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida bolalarni har yili bepul chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish (umumiy qon tahlili, flyuorografiya tekshiruvi, pediatr, stomatolog, nyevropatolog, endokrinolog, oftalmolog ko‘riklari va boshq.);

kasalliklari aniqlangan bolalarni sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya qilish;

g) chaqaloqlarda tug‘ma nuqsonlar, shuningdek, ruhiy kasalliklarning ko‘payish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlashga qaratilgan ixtisoslashtirilgan o‘rganishlarni tumanlar kesimida tizimli o‘tkazish amaliyotini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, BMTGD, YUNISEF, YUNFPA

20.

Quyidagilarni hisobga olgan holda nogironlikni belgilash davlat tizimi hamda nogironlik bo‘yicha pensiya va nafaqalar to‘lash tartibini qayta ko‘rib chiqish:

nogironlikni belgilash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy integratsiyasiga ko‘maklashishni ta’minlash hamda ularga pensiya va nafaqalar to‘lashning xalqaro standartlariga o‘tish;

ayrim toifadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan, og‘ir ruhiy kasallikka chalinganlarni parvarish qiluvchi shaxslarning pensiyaga chiqish va nafaqa olish, shuningdek, alohida toifadagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni imtiyozli pensiyaga chiqish imkonini kengaytirish.

Normativ-huquqiy huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil 1-martga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari,
YUNISEF, BMTTD

21.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning individual dasturini amalga oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish:

tegishli organlarning aniq vakolatlari, chora-tadbirlar ijrochilari, moliyalashtirish mexanizmlari, reabilitatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlarini aniq ko‘rsatgan holda reabilitatsiya qilishning individual dasturi ishlab chiqish tartibini tasdiqlash;

boshqa soha mutaxassislarini majburiy taklif etishning aniq asoslarini nazarda tutgan holda ko‘rikdan o‘tish ishtirokchilari doirasini kengaytirish;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishning zamonaviy usullarini joriy etgan holda tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish mezonlarini ishlab chiqish;

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil 1-aprelga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari,
YUNISEF, BMTTD

22.

Tibbiy-mehnat ekspertiza, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya, ijtimoiy xizmatlar, protezlash va protez ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha chuqur ilmiy-amaliy va amaliy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish.

O‘tkazilgan o‘rganish natijalariga asoslangan holda, shu jumladan sog‘lom turmush tarzini tartib qilish hamda qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarning oldini olishga yo‘naltirilgan keng tushuntirish ishlarini o‘tkazish.

Chora-tadbirlar rejasi Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-martga qadar Doimiy asosda

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Innovatsiya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, YUNFPA

23.

Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari va tibbiy-ijtimoiy xizmat mutaxassislarini tayyorlash uchun yangi o‘quv dasturlarini, shu jumladan ijtimoiy ishlar, ergoterapiya, jismoniy terapiya dasturlarini va nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil 1-fevralga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi

24.

Sifatli protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, shu jumladan:

zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda yangi ishlab chiqarishni yaratish uchun ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va chet el investorlarini jalb qilish;

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari korxonalar negizida ixtisoslashtirilgan korxonalarni tashkil etish;

ishlab chiqarishni takomillashtirish va amaldagi ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash;

yangi korxonalarni joylashtirish uchun bo‘sh turgan binolarni ajratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-aprelga qadar

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, TIV, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat raqobat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul beriladigan protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari ro‘yxatini kengaytirish, ularni ushbu vositalar bilan ta’minlash jarayonini maxsus vositalar ajratish uchun tibbiy xulosa tuzishda nogironlarning individual xususiyatlarini aniqlashni nazarda tutishni soddalashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-fevralga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

26.

Xorijiy mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga beg‘araz (xayriya) asosda tibbiy yo�dam ko‘rsatishni tashkil qilish tartibi, shu jumladan, fuqarolarni davolash va jarrohlik amaliyoti o‘tkazish, shuningdek, o‘tkaziladigan tadbirlar haqida xabar berilishini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, TIV, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi,
nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari

27.

Maktabgacha va xalq ta’limi tizimidagi tibbiy-psixologik-pedagogik hamda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar faoliyatini ular ishining sifati, xolisligi, qulayligi va samaradorligini oshirish maqsadida, shu jumladan nogironligi bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalashni, shuningdek, korreksiya-pedagogik hamda davolash-sog‘lomlashtirish faoliyatini yaxshilash orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-aprelga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari,
BMTTD, YUNISEF

28.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga oid ma’lumotlar, tayinlangan pul to‘lovlarining turi va miqdori, ajratilgan texnik reabilitatsiya vositalari, protez-ortopediya buyumlari va dori vositalari, ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar va berilgan imtiyozlar, shuningdek, ularda mavjud muammolarni tezkorlik bilan aniqlash bu sohadagi ishlarning holati to‘g‘risida ma’lumotlar olish, davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirish va budjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishi va suiiste’molchilik holatlarini oldini olish imkonini beruvchi kompleks ma’lumotlarni o‘zida jamlaydigan nogironligi bo‘lgan shaxslar yagona elektron reyestrini yaratish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi, Elektron avtomatlashtirilgan reyestr

2018-yil 1-martga qadar
2018-yil 1-iyunga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi,
Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari

29.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha, shu jumladan quyidagilar ustidan doimiy monitoring o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish:

dori vositalari, protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari berilishining asosliligi, shuningdek, boshqa ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi;

tibbiy va tibbiy-ijtimoiy muassasalarda dori vositalari, protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarning mavjudligi va o‘z vaqtida ta’minlanishi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari

30.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi, nogironligi bo‘lgan shaxslarni kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash hamda ularni oila, jamiyat va davlat bilan o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirish bo‘yicha, shu jumladan xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olib, maxsus ijtimoiy lavhalardan foydalangan holda olib boriladigan tushuntirish ishlari sifatini va jamoat ongiga ta’siri samaradorligini oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil 1-yanvarga qadar

MTRK, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zA,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari

III. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olish, ularning maxsus kasbiy tayyorgarligi va qayta tayyorgarligi tizimini takomillashtirish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga joylashtirilishini ta’minlash

31.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat das�urini ishlab chiqish:

inklyuziv ta’limni samaradorligini kengaytirish va tushuntirish;

nogironligi bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish huquqini ro‘yobga chiqarish mexanizmlari;

nogironligi bo‘lgan va psixofizik buzilishlarga ega bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga 2 yoshdan boshlab qabul qilish;

ixtisoslashtirilgan dasturni ishlab chiqishni inobatga olgan holda ta’lim muassasalariga borish imkoniyati yo‘q nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun masofadan o‘qitishni ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari

32.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratish, shu jumladan paraolimpiya sport turlarini rivojlantirish va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida futbolni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi qaratilgan dasturni ishlab chiqish, Jismoniy tarbiya va sport institutida paraolimpiya sport turlari bo‘yicha trener va boshqa mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlaydigan “Paraolimpiya sport turlari” kafedrasini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-fevralga qadar

Davlat sport qo‘mitasi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi,
Milliy paraolimpiya uyushmasi

33.

Muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun joylarga borib, shu jumladan, imtiyozli asosda, birinchi navbatda, ularning huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish uchun (biometrik pasport berish, notarial xizmatlar ko‘rsatish va h.k.) davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil 1-martga qadar

IIV, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari

34.

Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda ikki foizli kvota ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-aprelga qadar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Davlat test markazi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

35.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqish, shu jumladan unda quyidagilarni:

mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestrini shakllantirish;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni ularni kelgusida ishga joylashtirish uchun malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini joriy etish;

kasanachilikni kengaytirish va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari infratuzilmasi tarkibida yangi ish joylarini tashkil etish orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish mexanizmlarini joriy etish;

nogironligi bo‘lgan shaxslar, birinchi navbatda nogironligi bo‘lgan ayollarni talab yuqori bo‘lgan kasblarga, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli kurslarini joriy etish;

nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari vakillarini ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatga keng jalb qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Savdo sanoat palatasi,
“Mahalla” jamg‘armasi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari,
BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)

36.

Nogironligi bo‘lgan bolalarning manfaatlari va imkoniyatlarini hamda tegishli kasblarning dolzarbligini hisobga olgan �olda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini takomillashtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil 1-yanvarga qadar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari

37.

Ish beruvchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning fikrini hisobga olish, ushbu faoliyat ustidan ta’sirchan nazorat mexanizmini o‘rnatishni nazarda tutuvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mehnat sharoitlarini baholash va ish joyini attestatsiyadan o‘tkazish tizimini qayta ko‘rib chiqish

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-fevralga qadar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi k�ngashi

38.

Ixtisoslashtirilgan o‘quv muassasalarida nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun professional psixologik yordam xonalarini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-iyulga qadar

Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi

IV. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va maqbul muhitni ta’minlash, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash

39.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay jismoniy muhitni yaratish to‘g‘risida qonunchilik talablarini amalga oshirish, jamoat transporti, ijtimoiy, yo‘l-transport va boshqa infratuzilmani nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishini ta’minlovchi texnik vositalar bilan bosqichma-bosqich jihozlash bo‘yicha choralar ko‘rishga qaratilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhitni ta’minlash bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi,
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi,
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari

40.

Joylarda qulaylikni bosqichma-bosqich ta’minlashga yo‘naltirilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish va ularni moslashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shu jumladan:

ularni ijtimoiy infratuzilma obyektlariga kelishlari;

jamoat transportining barcha turlaridan foydalanish;

nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulayliklar yaratish maqsadida, jamoat transportini maxsus vositalar bilan, shu jumladan, panduslar, a�ohida joylar, bekatlar va yo‘nalishlarni ovoz yordamida e’lon qilish, elektron axborot tablolari bilan jihozlash.

Tashkiliy kompleks chora-tadbirlar

Doimiy asosda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar, shahar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV,
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

41.

Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi hamda mintaqaviy markazlarini zamonaviy diagnostika, davolash va sport uskunalari bilan jihozlash.

Kompleks chora-tadbirlar majmui

2018-yil 1-martga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

42.

Quyidagilar:

avtomototransport vositalari haydovchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;

nogironligi bo‘lgan shaxslarning foydalanishi uchun moslashtirilgan milliy ishlab chiqarilgan yengil avtomashinalarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlashni ta’minlash bo‘yicha takliflarni tayyorlash va kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil 1-fevralga qadar

IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “O‘zavtosanoat” AJ,
Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

43.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar avtotransport vositalarining to‘xtab turishi uchun mo‘ljallangan avtotransport to‘xtab turish joylarida eng oz miqdori qat’iy belgilangan joylar sonini ajratish va u yerlarda boshqa avtotransport vositalari to‘xtab turishini taqiqlash.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun borish qiyin bo‘lgan infratuzilmaga yaqin joyda to‘xtash imkonini beruvchi yangi yo‘l belgisini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-fevralga qadar

IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari

44.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning axborot olish imkoniyatini oshirish va ularning bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini ta’minlashga ko‘maklashadigan efirga uzatilayotgan yangiliklar, teleko‘rsatuv va videofilmlarni subtitr va surdo tarjima bilan birga olib borilishini tashkil etish choralarini ko‘rish, shuningdek, maxsus shriftli nashrlarni kengaytirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil 1-fevralga qadar

MTRK, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi,
O‘zA, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

45.

Davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini qo‘llagan holda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sanatoriylar faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

46.

Tibbiy-ijtimoiy muassasalarni qurish va jihozlash, ularning nogironligi bo‘lgan shaxslarni va aholining boshqa ehtiyojmand toifalarni qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-yanvarga qa�ar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi,
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

47.

“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida o‘quv-mehnat ustaxonalari tizimini quyidagilar orqali rivojlantirish:

ularni zarur uskunalar bilan jihozlash;

mehnat ko‘nikmalarini o‘qitish va egallash bo‘yicha dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish

homiylikka olinganlarni to‘liq ijtimoiy moslashuvini ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil 1-fevralga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

48.

Obyektlarni, shu jumladan, yo‘l-transport infratuzilmasini loyihalash va qurishda arxitektura-qurilish nazoratini kuchaytirish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulayliklar ta’minlash borasidagi talablarga rioya qilmaslik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-fevralga qadar

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi,
Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi,
Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi,
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

49.

Davlat organlari va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarini nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishi uchun, ularga joylashtirilgan ma’lumotlar bilan tanishish va xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq qo‘shimcha imkoniyatlar bilan ta’minlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2018-yil 1-yanvarga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

50.

Eshitish va nutq buzilishlari bo‘lgan shaxslarning tezkor xizmatlarga zamonaviy aloqa vositalaridan foydalangan holda murojaat qilish imkoniyatini joriy etish masalasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil 1-martga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, FVV, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari

51.

1941 — 1945-yillar urushi nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar hamda Chernobil AES dagi halokat oqibatlarini bartaraf etish sababli nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqalarga guvohnomalar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil 1-yanvarga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi,
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi,
Mudofaa vazirligi,
IIV, FVV, MXX,
Davlat bojxona qo‘mitasi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”