Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

hududiy komissiya — ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantirilgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya;
tuman (shahar) komissiyasi — ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantirilgan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolarini oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya.
Tuman (shahar) komissiyasi tanlov yakunlariga ko‘ra, ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan har bir toifa bo‘yicha bittadan — jami 3 nafar g‘olib nomzod hujjatlarini tanlov yakunlangandan so‘ng ikki kun ichida hududiy komissiyaga yuboradi.
Hududiy komissiya tanlov yakuni bo‘yicha ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan har bir toifa bo‘yicha bittadan — jami 3 nafar g‘olib nomzod hujjatlarini tanlov yakunlangandan so‘ng ikki kun ichida respublika komissiyasiga yuboradi.
to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi-oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”