Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 07/18/4059/2299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 07/18/4059/2299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 07/18/4059/2299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 07/18/4059/2299-son)
 LexUZ sharhi
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda 5-ilovada* qayd etilgan etalonlar va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini xarid qilish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
 LexUZ sharhi

Mahalliy mahsulotlarning sifati va xorijiy bozorlardagi raqobatdoshligini ta’minlashning muhim omillaridan biri standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi milliy normativ-huquqiy bazaning xalqaro talablarga mos darajasi, shuningdek, respublikamizning sinov va o‘lchash laboratoriyalari moddiy-texnika bazasining holati hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida keyingi yillarda ko‘rsatib o‘tilgan soha va tarmoqlarda aniq maqsadga yo‘naltirilgan kompleks tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Xususan, mazkur sohada qonuniy bazani takomillashtirish doirasida xalqaro qoida va amaliyotni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida” (2009-yil) va “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi (2013-yil) qonunlari qabul qilindi. Ushbu qonunlar ichki bozorning sifatsiz mahsulotlardan himoya qilinishi hamda respublikamiz laboratoriyalari tomonidan o‘tkazilgan sinovlar natijalarining xalqaro darajada tan olinishini ta’minlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” va “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun sertifikatlashtirish hamda standartlarni qabul qilish va joriy etish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida majburiy sertifikatlanishi lozim bo‘�gan mahsulotlar ro‘yxati keskin qisqartirildi. Eksportga yo‘naltirilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi belgilandi, o‘lchash vositalarini tayyorlash, sotish va ijaraga berish faoliyatini litsenziyalash jarayoni bekor qilindi.

Sertifikatlashtirish va standartlashtirish qoidalariga rioya etilmaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash me’yorlari bekor qilinib, mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi kuchaytirildi. Shuningdek, 23 ta texnik reglamentni qabul qilish hisobiga 700 dan ortiq standart ixtiyoriy turga o‘tkazildi.

Shu bilan birga, sohadagi ishlarning tahlili vakolatli davlat boshqaruvi idorasi sifatida “O‘zstandart” agentligining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator yechimi topilmagan masalalar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Birinchidan, agentlikning tashkiliy tuzilmasi xalqaro talablarga mos emas, yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlab bera olmas edi.

Ikkinchidan, ISO xalqaro tashkiloti standartlarini qabul qilish borasidagi faoliyat lozim darajada tashkil etilmagan, standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar milliy fondida ushbu tashkilot standartlari 13 foizni tashkil etar edi, xolos.

Uchinchidan, Agentlik tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha respublikamizdagi korxonalarga uslubiy yordam ko‘rsatish yetarli darajada tashkil etilmagan edi.

To‘rtinchidan, respublikamizning mavjud etalonlar bazasi ayrim sanoat tarmoqlarida foydalanilayotgan yuqori aniqlikdagi asboblarning metrologik tekshiruvini to‘la qamrab olish imkonini bermas edi.

Yuqorida keltirilgan masalalarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining ustuvor vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish;

mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarining xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatlashtirishni amalga oshirish;

eksportchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yo‘naltirilgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish;

texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, realizatsiya qilinadigan mahsulotlar xavfsizligining tizimli nazoratini ta’minlash samaradorligini oshirish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish;

texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.

Shuningdek, mazkur qaror bilan 2017 — 2020-yillarda “O‘zstandart” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. � quyidagi jihatlarni nazarda tutadi:

standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida qonuniy bazani takomillashtirish;

“O‘zstandart” agentligining sinov laboratoriyalari va hududiy markazlarini zamonaviy yuqori aniqlikdagi o‘lchash va sinov uskunalari bilan qayta jihozlash va modernizatsiya qilishni davom ettirish;

2 mingdan ortiq xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich qabul qilish orqali ularning standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar milliy fondidagi ulushini ikki barobar oshirish;

9 mingdan ortiq korxonada xalqaro standartlarga mos keladigan sifat menejmenti tizimlarini joriy etish, 2020-yilga qadar bunday korxonalar sonini 4,6 barobar oshirish;

“O‘zstandart” agentligi laboratoriyalarini xalqaro darajada tan olingan tashkilotlarda akkreditatsiya qilish yo‘li bilan ularda amalga oshirilgan sinov natijalarining jahon miqyosida tan olinishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, “O‘zstandart” agentligi xodimlar salohiyatini oshirish va uning faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini chuqurlashtirish.

Ushbu qaror bilan “O‘zstandart” agentligi qoshida “O‘zbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi” va “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonalarini tashkil etish hamda “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini qayta tashkil etishni nazarda tutgan holda “O‘zstandart” agentligining yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Shuningdek, tasdiqlanayotgan ro‘yxatga muvofiq, etalonlar va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini davlat budjetidan moliyalashtirish hisobiga xarid qilish orqali respublika etalo� bazasini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining samarali ijrosini ta’minlash maqsadida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil etildi.

Ushbu qarorning amalga oshirilishi:

birinchidan, milliy standartlarni xalqaro talablar bilan moslashtirish hamda zamonaviy sifat menejmenti tizimlarini keng joriy etish asosida mahalliy mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish va tashqi savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish;

ikkinchidan, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda milliy laboratoriyalar tomonidan amalga oshirilgan o‘lchash va sinov natijalarining chet ellarda tan olinishi uchun asos yaratish;

uchinchidan, sanoat tarmoqlarida qo‘llanilayotgan yuqori aniqlikdagi asboblarni to‘liq metrologik tekshiruvdan o‘tkazish, bir qator etalonlar va eng yuqori aniqlikda o‘lchash vositalarini xarid qilish orqali milliy korxonalarning xorijiy mamlakatlar metrologiya institutiga bog‘liqligini kamaytirish imkonini beradi.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”