25.05.2000 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaga bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FAKULTATIV BAYONNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bayonnomaning ishtirokchi-davlatlari,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaning maqsadlariga erishish va uning qoidalarini, ayniqsa, 1, 11, 21, 32, 33, 34, 35 va 36-moddalarini amalga oshirishga koʻmaklashish uchun ishtirokchi-davlatlar bolani bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasidan himoya qilish kafolatlarini taʼminlash uchun qabul qilishlari kerak boʻlgan choralarga kengroq urgʻu berishi maqsadga muvofiq boʻlishini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek, Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyada bolaning iqtisodiy ekspluatatsiyadan va uning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan yoki taʼlim olishiga toʻsqinlik qiladigan yoxud uning sogʻligʻiga va jismoniy, aqliy va maʼnaviy, axloqiy va ijtimoiy rivojlanishiga zarar yetkazadigan har qanday ishni bajarishdan himoya qilinish huquqi eʼtirof etilganini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasi maqsadida bolalar xalqaro kontrabandasining koʻlami sezilarli darajada oʻsib borayotganidan tashvishlanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasini bevosita ragʻbatlantiradigan, ayniqsa, bolalar uchun xavfli boʻlgan fohishabozlik turizmining keng tarqalgan va davom etayotgan amaliyotidan chuqur tashvishlanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir qator alohida zaif bolalar guruhlari, jumladan, yosh qizlarning jinsiy ekspluatatsiya qilishga duchor boʻlish ehtimoli kattaligini hamda jinsiy ekspluatatsiya qilingan bolalar orasida yosh qizlarning ulushi nomutanosib ravishda yuqori ekanligini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet va boshqa rivojlanayotgan texnologiyalar orqali bolalar pornografiyasining tobora oʻsib borayotganidan tashvishlanib, Internetdagi bolalar pornografiyasiga qarshi kurash boʻyicha xalqaro konferensiya (1999-yil Vena) va, xususan, uning bolalar pornografiyasini ishlab chiqarish, tarqatish, eksport qilish, uzatish, import qilish, qasddan saqlash va uni reklama qilish butun dunyoda jinoiy javobgarlikka tortilishiga chaqiradigan hamda hukumatlar va Internet sanoati oʻrtasidagi yanada yaqin hamkorlik va sheriklikning muhimligini koʻrsatadigan qaroriga havola qilinib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga barham berish uning yuzaga kelishiga yordam beradigan barcha omillar, jumladan, yetarli darajada rivojlanmagan, kambagʻallik, iqtisodiy nomutanosiblik, teng huquqli boʻlmagan ijtimoiy-iqtisodiy tuzilma, notinch oilalarning mavjudligi, taʼlim darajasining pastligi, shaharlar va qishloqlar oʻrtasidagi migratsiya, jinsiy kamsitish, katta yoshdagilarning masʼuliyatsiz shahvoniy xulqi, anʼanaviy amaliyotning zararli turlari, qurolli mojarolar va bolalar kontrabandasini eʼtiborga olgan holda, keng qamrovli yondashuvni qabul qilishga koʻmaklashishini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga boʻlgan isteʼmolchilarning talabini kamaytirish uchun jamiyatning xabardorlik darajasini oshirish boʻyicha harakat qilish zarurligini hisobga olib, shuningdek barcha ishtirokchilar oʻrtasidagi global hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash hamda milliy darajada huquqni qoʻllash choralarini kuchaytirishning muhimligiga ishonch hosil qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni himoya qilish sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlarning qoidalari, jumladan, Bolalarni himoya qilish va davlatlararo farzand asrab olish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Gaaga konvensiyasi, Bolalarni xalqaro oʻgʻirlab ketishning fuqarolik-huquqiy jihatlari toʻgʻrisidagi Gaaga konvensiyasi, Ota-onalarning masʼuliyati masalalari va bolalarni himoya qilish choralari boʻyicha yurisdiksiya, amaldagi huquq, tan olish, huquqni qoʻllash va hamkorlik toʻgʻrisidagi Gaaga konvensiyasi hamda Xalqaro mehnat tashkilotining Bolalar mehnatining eng yomon shakllarini taqiqlash va tugatish boʻyicha zudlik bilan choralar koʻrish toʻgʻrisidagi 182-konvensiyasini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlarini targʻib qilish va himoya qilishda keng qamrovli sodiqlikdan dalolat beradigan Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani har joyda qoʻllab-quvvatlanishidan ruhlanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasining oldini olish boʻyicha Harakatlar dasturi hamda qoidalarining, 1996-yil 27 — 31-avgustda boʻlib oʻtgan Butunjahon kongressida qabul qilingan Bolalarni tijorat maqsadida jinsiy ekspluatatsiya qilishga qarshi deklaratsiya va Harakatlar dasturi qoidalarini, shuningdek tegishli xalqaro tashkilotlarning ushbu masala boʻyicha boshqa qaror va tavsiyalarining amalga oshirilishining muhimligini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolani himoya qilish va barkamol rivojlantirish uchun har bir xalqning anʼanalari va madaniy qadriyatlarining ahamiyati muhimligini kerakli tarzda hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchi-davlatlar mazkur Bayonnomada nazarda tutilganidek, bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasini man qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bayonnomaning maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bolalar savdosi deganda bolani har qanday shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan boshqa shaxs yoki shaxslar guruhiga mukofot yoki har qanday boshqa tovon puli uchun berib yuborish qaratilgan har qanday harakat yoki bitim tushiniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bolalar fohishabozligi mukofot yoki har qanday boshqa tovon puli uchun boladan jinsiy faoliyatlarda foydalanishni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) bolalar pornografiyasi deganda har qanday vositalarda bolaning haqiqiy yoki taqlid qilingan ochiq-oydin jinsiy harakatlarni tasvirlashi yoxud asosan shahvoniy maqsadlar uchun bolaning jinsiy aʼzolarining har qanday tasviri tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi-davlat, hech boʻlmaganda, quyidagi harakatlar va faoliyat turlarini, ushbu jinoyat milliy yoki transmilliy darajada yoxud yakka yoki uyushgan tartibda sodir etilganligidan qatʼi nazar, kriminal yoki jazo huquqi bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-moddada belgilangan bolalar savdosi mazmunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) quyidagi maqsadlarda har qanday vositalar bilan bolani taklif qilish, topshirish yoki qabul qilib olish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a. bolani jinsiy ekspluatatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b. mukofot uchun bolaning organlarini topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s. bolani majburiy mehnatga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) farzandlikka olishga oid amaldagi xalqaro-huquqiy hujjatlarni buzgan holda vositachi sifatida bolani asrab olishga rozilikni olishga gʻayriqonuniy jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-moddada belgilangan bolalar fohishabozligi uchun bolani taklif qilish, qabul qilib olish, topshirish yoki berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) 2-moddada belgilangan bolalar pornografiyasining yuqorida taʼkidlangan maqsadlari uchun ishlab chiqarish, taqsimlash, tarqatish, import, eksport, taklif qilish, sotish yoki saqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishtirokchi-davlatning milliy qonunchiligi qoidalarini hisobga olib, shu kabi qoidalar mazkur qilmishlardan birortasini sodir etishga suiqasd qilish, shuningdek ushbu qilmishlarning birortasini sodir etishda sheriklik qilish yoki birga qatnashishga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir ishtirokchi-davlat ushbu jinoyatlar uchun ularning ogʻirlik darajasidan kelib chiqib tegishli jazo choralarini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir ishtirokchi-davlat oʻzining milliy qonunchiligining qoidalarini hisobga olib, tegishli hollarda mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun yuridik shaxslarning javobgarligini boʻyicha choralar koʻradi. Ishtirokchi-davlatning huquqiy tamoyillarini hisobga olgan holda, yuridik shaxslarning ushbu javobgarligi jinoiy, fuqarolik yoki maʼmuriy boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishtirokchi-davlatlar bolani asrab olish bilan aloqasi boʻlgan barcha shaxslarning amaldagi xalqaro huquqiy hujjatlar qoidalariga muvofiq harakat qilishlarini taʼminlash maqsadida barcha tegishli huquqiy va maʼmuriy choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi-davlat 3-moddaning 1-bandida koʻrsatilgan jinoyatlarga nisbatan, agar bunday jinoyatlar oʻz hududida yoki ushbu davlatda roʻyxatdan oʻtgan dengiz yoki havo bortida sodir etilgan boʻlsa, oʻz yurisdiksiyasini oʻrnatish uchun zarur boʻlishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir ishtirokchi-davlat 3-moddaning 1-bandida koʻrsatilgan jinoyatlarga nisbatan quyidagi hollarda oʻz yurisdiksiyasini oʻrnatish uchun zarur boʻlishi mumkin boʻlgan choralarni koʻrishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) gumon qilinayotgan jinoyatchi mazkur davlatning fuqarosi yoki uning hududida doimiy yashash joyiga ega shaxs boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jabrlanuvchi mazkur davlatning fuqarosi boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir ishtirokchi-davlat, shuningdek gumon qilinayotgan jinoyatchi uning hududida boʻlganda va bu davlat mazkur jinoyat oʻzining fuqarolaridan biri tomonidan sodir qilinganligi asosida jinoyatchini boshqa ishtirokchi-davlatga topshirmaganda, yuqorida keltirilgan jinoyatlarga nisbatan oʻz yurisdiksiyasini oʻrnatish uchun zarur boʻlishi mumkin boʻlgan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Bayonnoma davlatning ichki qonuniga muvofiq amalga oshiriladigan har qanday jinoiy yuridiksiyani istisno qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 3-moddaning 1-bandida keltirilgan jinoyatlar ishtirokchi-davlatlar oʻrtasida mavjud boʻlgan har qanday ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi shartnomaga ekstraditsiya qilishga olib keladigan jinoyatlar sifatida kiritilishi kerak deb hisoblanadi, shuningdek bunday shartnomalarda belgilangan shartlarga muvofiq davlatlar oʻrtasida kelgusida tuziladigan ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi har bir shartnomaga ekstraditsiya qilishga olib keladigan jinoyatlar sifatida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar ekstraditsiyani shartnomaning mavjudligi bilan belgilaydigan ishtirokchi-davlat u bilan ekstraditsiya qilish toʻgʻrisida shartnomasi boʻlmagan boshqa ishtirokchi-davlatdan ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomani olsa, u bunday jinoyatlarga nisbatan mazkur Bayonnomani ekstraditsiya qilish uchun huquqiy asos sifatida koʻrib chiqishi mumkin. Ekstraditsiya ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yuborilgan davlatning qonunchiligida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shartnomaning mavjudligi bilan ekstraditsiya qilishni shart qilmagan ishtirokchi-davlatlar oʻzaro munosabatlarda bunday jinoyatlarni ekstraditsiya toʻgʻrisida iltimos qilingan davlat qonunchiligida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq ekstraditsiya qilishga olib keladigan jinoyatlar sifatida koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bunday jinoyatlar ishtirokchi-davlatlar oʻrtasida ekstraditsiya qilish maqsadida 4-moddaga muvofiq, ular nafaqat sodir etilgan joyda, balki oʻz yurisdiksiyasini oʻrnatish shart boʻlgan davlatlar hududida ham sodir etilgan deb koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar ekstraditsiya qilish toʻgʻrisida soʻrov 3-moddaning 1-bandida koʻrsatilgan jinoyatlardan biri boʻyicha kelib tushgan boʻlsa, va agar bunday soʻrov yuborilgan ishtirokchi-davlat jinoyatchini fuqaroligi asosida uni ekstraditsiya qilmayotgan boʻlsa yoki ekstraditsiya qilmasa, ushbu davlat ishni jinoiy ish qoʻzgʻatish maqsadida oʻzining vakolatli organlariga topshirish uchun tegishli choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchi-davlatlar bir-birlariga 3-moddaning 1-bandida belgilangan jinoyatlar boʻyicha boshlangan tergov yoki jinoiy taʼqiblar yoxud ekstraditsiya qilish tartib-taomillari, jumladan, aytib oʻtilgan protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mavjud dalillarni olishga koʻmaklashish bilan bogʻliq maksimal darajadagi yordamni koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishtirokchi-davlatlar mazkur moddaning 1-bandi boʻyicha ular oʻrtasida mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday shartnomalar yoxud boshqa oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida boshqa kelishuvlarga asosan oʻz majburiyatlarini bajaradilar. Bu kabi shartnomalar yoki kelishuvlar boʻlmaganda, ishtirokchi-davlatlar bir-birlariga oʻzlarining ichki davlat qonunlariga muvofiq yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchi-davlatlar oʻzlarining milliy qonunchiligi qoidalariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tegishli hollarda, olib qoʻyish va musodara qilishni taʼminlovchi choralarni koʻradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) mazkur Bayonnomaga muvofiq nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etish yoki sodir etishga yordam berish uchun foydalaniladigan materiallar, mablagʻlar va boshqa asbob-uskunalar kabi mol-mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) bunday jinoyatlarni sodir etish natijasida olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa ishtirokchi-davlatning (a) (I) kichik bandda belgilangan mol-mulk yoki daromadlarni olib qoʻyish yoxud musodara qilish toʻgʻrisidagi iltimoslarini bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) bunday jinoyatlarni sodir etish uchun foydalanilgan binolarni vaqtincha yoki doimiy asosda yopib qoʻyishga yoʻnaltirilgan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchi-davlatlar jinoiy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida mazkur Bayonnoma bilan man qilingan amaliyot qurbonlari boʻlgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli choralarni koʻradi, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jabrdiyda bolalarning zaifligini tan olish va ularning ayrim ehtiyojlarini, shu jumladan, guvoh sifatida ayrim ehtiyojlarini tan olish uchun tartib-taomillarni moslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jabrdiyda bolalarni ularning huquqlari, roli va sud jarayonining mazmuni, muddati va borishi hamda ularning ishlari boʻyicha hal qiluv qarori toʻgʻrisida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) jabrdiyda bolalarning shaxsiy manfaatlariga daxldor boʻlgan hollarda, ularning fikri, ehtiyojlari va muammolari milliy qonunchilikning protsessual normalariga muvofiq sud ishlarini yuritish davomida taqdim etilishi va koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) jabrdiyda bolalarga sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida tegishli yordam koʻrsatish boʻyicha xizmatlar taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) jabrdiyda bolalarning shaxsiy hayoti va shaxsini tegishli holatlarda himoya qilish hamda jabrlangan bolalarning shaxsini aniqlashga olib kelishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarning nooʻrin tarqalib ketishini oldini olish maqsadida milliy qonunchilikka muvofiq choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) jabrdiyda bollar, shuningdek ularning oilalari va ularning nomidan chiqadigan guvohlarga nisbatan qoʻrqitish va qasos choralarining qoʻllanilishidan tegishli hollarda himoya qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jabrdiyda bolalarga ishlar boʻyicha qarorlar qabul qilish hamda tovon pulini toʻlash toʻgʻrisidagi farmoyish va qarorlarning ijrosini haddan tashqari kechiktirilishiga yoʻl qoʻymaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishtirokchi-davlatlar jabrdiydalarning haqiqiy yoshiga nisbatan shubhalarning mavjudligi jinoiy tergov, jumladan, jabrdiydaning yoshini aniqlash maqsadlari uchun tergovning boshlanishiga toʻsqinlik qilmasligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishtirokchi-davlatlar mazkur Bayonnomada nazarda tutilgan qurboni boʻlgan bolalar bilan muomala qilishda jinoiy sud ishini yuritish tizimida bolaning oliy manafaatlariga rioya qilinishiga ustuvor ahamiyat berilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishtirokchi-davlatlar mazkur Bayonnomaga muvofiq taqiqlangan jinoiy harakatlar jabrdiyda bolalar bilan ishlaydigan shaxslarga tegishli, xususan, huquqiy va psixologik tayyorgarlikni taʼminlash uchun choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishtirokchi-davlatlar tegishli hollarda preventiv faoliyat va/yoki bu kabi jinoyatlar qurbonlarini himoya qilish va reabilitatsiya qilish bilan shugʻullanadigan shaxslar va/yoki tashkilotlarning xavfsizligi va daxlsizligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur moddada hech narsa ayblanuvchining adolatli va xolis sud muhokamasiga boʻlgan huquqlariga zarar yetkazuvchi yoki zid deb talqin qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchi-davlatlar mazkur Bayonnomada belgilangan jinoyatlarning oldini olish maqsadida qonunlar, maʼmuriy choralar, ijtimoiy strategiyalar va dasturlarni qabul qiladilar yoki kuchaytiradilar, qoʻllaydilar va targʻib qiladilar. Alohida eʼtibor bolalarni, ayniqsa, bunday amaliyotga nisbatan zaif boʻlgan bolalarni himoya qilishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishtirokchi-davlatlar bilim berish va oʻqitishning barcha tegishli vositalaridan foydalangan holda mazkur Bayonnomada belgilangan preventiv choralar va jinoyatlarning zararli oqibatlari toʻgʻrisida maʼlumot olishni taʼminlash orqali jamoatchilikning keng doirasi, jumladan, bolalarda xabardorlikni oshirishga koʻmaklashadilar. Ishtirokchi-davlatlar mazkur moddaga koʻra oʻz majburiyatlarini bajarishlarida jamoatning, xususan, bolalar va jabrdiyda bolalarning axborot-maʼrifiy va oʻquv dasturlarida, shu jumladan, xalqaro miqyosda ishtirok etishini ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishtirokchi-davlatlar bunday jinoyatlarning jabrdiydalariga har qanday tegishli yordamni, jumladan, ularning toʻliq ijtimoiy reyintegratsiyasini hamda toʻliq jismoniy va psixologik tiklanishi uchun yordam koʻrsatishni taʼminlash maqsadida barcha mumkin boʻlgan choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishtirokchi-davlatlar mazkur Bayonnomada belgilangan jinoyatlar qurboni boʻlgan barcha bolalarning yuridik javobgar shaxslardan hech bir kamsitishlarsiz yetkazilgan zarar uchun tovon puli olishning tegishli tartib-taomillaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishtirokchi-davlatlar mazkur Bayonnomada belgilangan jinoyatlarni targʻib qiladigan materiallarni ishlab chiqarish va tarqatishni samarali taqiqlashni taʼminlashga qaratilgan tegishli choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishtirokchi-davlatlar bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi, bolalar pornografiyasi va bolalar jinsiy turizmi bilan bogʻliq xatti-harakatlarni sodir etishda aybdor boʻlgan shaxslarni ogohlantirish, aniqlash, tergov qilish, jinoiy javobgarlikka tortish va jazolash maqsadida koʻp tomonlama, mintaqaviy va ikki tomonlama kelishuvlar tuzish orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha barcha zarur choralarni koʻradilar. Ishtirokchi-davlatlar, shuningdek oʻz organlari, milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar oʻrtasida xalqaro hamkorlikka va muvofiqlashtirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishtirokchi-davlatlar jabrdiyda bolalarni jismoniy va ruhiy tiklanishlari, ijtimoiy hayotga qaytishlari va repatriatsiya ishlarida yordam berishga yoʻnaltirilgan xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishtirokchi-davlatlar bolalarning bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi, bolalar pornografiyasi va bolalar jinsiy turizmi obyekti boʻlib qolishi sifatida zaifligini kuchaytiradigan qashshoqlik va yetarli darajada rivojlanmaganlik kabi asosiy sabablarni bartaraf etish maqsadida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Buning uchun tegishli imkoniyatlarga ega boʻlgan ishtirokchi-davlatlar mavjud koʻp tomonlama, mintaqaviy, ikki tomonlama yoxud boshqa dasturlar doirasida moliyaviy, texnik va boshqa yordam koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bayonnomada hech narsa bolaning huquqlarini amalga oshirishga koʻproq koʻmaklashadigan hech bir qoidalariga va quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan qoidalarga taʼsir qilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishtirokchi-davlatning qonun hujjatlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur davlat uchun amalda boʻlgan xalqaro huquq normalarida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir ishtirokchi-davlat Bola huquqlari boʻyicha qoʻmitaga mazkur Bayonnoma ushbu ishtirokchi-davlat uchun kuchga kirgandan keyin ikki yil davomida Bayonnoma qoidalarini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi keng qamrovli axborotlarni oʻz ichiga olgan maʼruzani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir ishtirokchi-davlat keng qamrovli maʼruza taqdim etilganidan keyin Bola huquqlari boʻyicha qoʻmitaga Konvensiyaning 44-moddasiga muvofiq taqdim etiladigan maʼruzalarga Bayonnomaning amalga oshirilishiga doir har qanday qoʻshimcha axborotni kiritadi. Bayonnomaning boshqa ishtirokchi-davlatlari har besh yilda maʼruza taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bola huquqlari boʻyicha qoʻmita ishtirokchi-davlatlardan mazkur Bayonnomaning amalga oshirilishiga doir qoʻshimcha axborotni soʻrashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bayonnoma Konvensiyaning ishtirokchisi boʻlgan har qanday davlat tomonidan imzolanishi uchun yoki uni imzolagan davlat uchun ochiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bayonnoma ratifikatsiya qilinishi kerak va Konvensiyaning ishtirokchisi boʻlgan yoki uni imzolagan har qanday davlatning qoʻshilishi uchun ochiq. Ratifikatsiya yorliqlari yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bayonnoma oʻninchi ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilgandan keyin uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bayonnomani ratifikatsiya qilgan yoki u kuchga kirgandan keyin unga qoʻshilgan har bir davlat uchun ushbu Bayonnoma uning ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat saqlash uchun topshirilgandan keyin bir oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har qanday ishtirokchi-davlat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yozma ravishda xabardor qilish orqali ushbu Bayonnomani denonsatsiya qilishi mumkin, soʻngra u bu haqda Konvensiyaning boshqa ishtirokchi-davlatlarini va Konvensiyani imzolagan barcha davlatlarni xabardor qiladi. Denonsatsiya Bosh kotib tomonidan bu kabi bildirishnoma olingan sanadan keyin bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday denonsatsiya ishtirokchi-davlatni mazkur Bayonnoma boʻyicha uning denonsatsiya kuchga kiradigan sanagacha sodir etilgan har qanday jinoyatga nisbatan majburiyatlaridan ozod qilmaydi. Xuddi shu kabi, bunday denonsatsiya, hech bir tarzda, denonsatsiya kuchga kiradigan sanagacha Qoʻmita tomonidan koʻrib chiqilayotgan har qanday masalaning keyinchalik koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har qanday ishtirokchi-davlat tuzatish taklifini kiritishi va uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga taqdim etishi mumkin. Soʻngra, Bosh kotib taklif kiritilgan tuzatishlarni, ushbu takliflarni koʻrib chiqish va ular yuzasidan ovoz berish maqsadida ishtirokchi-davlatlar konferensiyasini chaqirish tarafdori ekanliklarini bildirishlarini soʻrab mazkur ishtirokchi-davlatlarga qayta yuboradi. Agar bunday xabar yetkazilgan sanadan boshlab toʻrt oy mobaynida ishtirokchi-davlatlarning hech boʻlmaganda uchdan bir qismi shunday konferensiyani chaqirishni bildirsa, Bosh kotib bu konferensiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida chaqiradi. Ushbu konferensiyada hozir boʻlgan va ovoz berishda ishtirok etgan ishtirokchi-davlatlarning koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan har qanday tuzatish Bosh Assambleyaga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq qabul qilingan tuzatish, uni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tasdiqlagandan keyin hamda ishtirokchi-davlatlarning uchdan ikki qismining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinganidan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuzatish kuchga kirgandan keyin uni qabul qilgan ishtirokchi-davlatlar uchun majburiy boʻladi, boshqa ishtirokchi-davlatlar uchun esa ushbu Bayonnoma qoidalari va ular tomonidan qabul qilingan har qanday tuzatishlar majburiy boʻlib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bayonnomaning ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillaridagi matnlari aynan bir xil boʻlib, ular Birlashgan Millatlar Tashkilotining arxivida saqlanishi uchun topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi mazkur Bayonnomaning tasdiqlangan nusxalarini Konvensiyaning barcha ishtirokchi-davlatlariga va Konvensiyani imzolagan barcha davlatlarga yuboradi.