Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

“Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-avgustdagi 355-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 129-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Mazkur Nizom Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi, Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda), “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 6-modda) O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-avgustdagi 355-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 129-modda) muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishini monitoring qilish va pul mablag‘larining xorijga asossiz o‘tkazilishi alomatlarini aniqlash tartibini belgilaydi.
a) mazkur Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxatdagi imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda ma’lumotlarni oshkor etish va berishni nazarda tutmaydigan davlat yoki hududlarda (offshor hududlarda) ro‘yxatdan o‘tgan, shuningdek norezidentlarning offshor hududlarda joylashgan banklardagi hisobvaraqlariga shartnoma (kontrakt) bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) importi yuzasidan to‘lov amalga oshirilishi (mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shakl bo‘yicha);
2. Mazkur Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan valyuta operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumot har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar ushbu Nizomning 2 — 4-ilovalariga muvofiq shakllarda (shu jumladan, aloqa kanallari orqali elektron ko‘rinishda) yil boshidan o‘sib borish tartibida jo‘natiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 30-oktabrdagi 2017-56, 01-02/19-38, 323-V-2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2467-2 07.11.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2467-2/0230-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”