LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22, 7/4-sonli “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2467, 12.06.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Latviya Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2008-yil 6-oktabrda “O‘zaro ma’muriy hamkorlik va soliq sohasida ma’lumot almashinuvi to‘g‘risida”gi Bitimning imzolanishi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 12-sentabrdagi 2003-67, 01-02/19-36 va 240-V-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning (2003-yil 4-oktabr, ro‘yxat raqami 1281 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil 19-20 son) 1-sonli ilovasining 47-bandi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.