O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 587-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida o‘qitganlik uchun umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga yo‘l haqi kompensatsiyasi tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligining 2013-yil 28-yanvardagi 5-SP, 3, 10-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 52-son, 587-modda) muvofiq uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlariga, shuningdek nogiron bolalarni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra uyda yakka tartibda o‘qitiladigan bolalarni (bundan buyon matnda – bolalar deb yuritiladi) uyida o‘qitganlik uchun umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga yo‘l haqi kompensatsiyasi tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
1. Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda bolalarni uyida o‘qitganlik uchun umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga oylik yo‘l kompensatsiyasi miqdori eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida belgilanadi.
o‘zgalar yordamiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga uyida xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining ijtimoiy xodimlariga (bundan buyon matnda – ijtimoiy xodimlar deb yuritiladi);
bolalarni uyida o‘qitadigan barcha turdagi umumta’lim maktablari, shu jumladan maktab-internatlarining o‘qituvchilariga (bundan buyon matnda – maktab o‘qituvchilari deb yuritiladi) tayinlanadi.
maktab o‘qituvchilariga – maktabdan o‘qitilayotgan o‘quvchining yashash joyigacha kamida 1,5 kilometr masofa bo‘lganda uyda o‘qitilayotgan bir nafar o‘quvchi uchun eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
Bir nafar uyda o‘qitilayotganga biriktirilgan bir nechta o‘qituvchilarga kompensatsiya ularning har oyda amalda o‘tkazadigan o‘quv soatlari ulushidan kelib chiqqan holda uyda o‘qitilayotganlarning o‘quv rejasidagi o‘quv soatlarining umumiy miqdoriga mutanosib ravishda belgilanadi.
Bunda, har bir ijtimoiy xodim yoki maktab o‘qituvchisi uchun kompensatsiyaning umumiy miqdori eng kam oylik ish haqining 100 foizidan oshmasligi lozim.
4. Uyda o‘qitiladigan bolalar ro‘yxati, shuningdek ularning maktabga biriktirilishi xalq ta’limi muassasalarini metodik ta’minlash va faoliyatini tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda, uyda o‘qitiladigan bolalar faqat ularning yashash joyi mikrouchastkasidagi maktablarga biriktiriladi.
ijtimoiy xodimlar uchun – tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktorining ijtimoiy xodimga yolg‘iz fuqarolarni biriktirish to‘g‘risidagi buyrug‘i;
6. Kompensatsiyani to‘lash o‘tgan oy uchun oyning ikkinchi yarmi oylik ish haqini to‘lash bilan bir vaqtda, alohida to‘lov qaydnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
7. Ijtimoiy xodimlar va maktab o‘qituvchilari ta’tilda, shuningdek vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo‘lgan davr uchun kompensatsiya to‘lanmaydi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 171-moddasi ikkinchi qismi 8-bandiga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 52 (I)-son) ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan kompensatsiya miqdori chegarasida ijtimoiy xodimlar va maktab o‘qituvchilarining daromadi sifatida qaralmaydi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolar sug‘urta badallari solinmaydi.
9. Kompensatsiyani to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
10. Kompensatsiyaning to‘g‘ri tayinlanishi va to‘lanishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning joylardagi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.