28.02.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2433
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 28.02.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2433
Кучга кириш санаси
04.03.2013
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-noyabrdagi PQ-1652-son “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, 11-son, 341-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 91-son “Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 14-son, 152-modda) muvofiq aksiyadorlik jamiyatiga (bundan buyon matnda Jamiyat deb yuritiladi) aylantirilayotgan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari xodimlarini, aksiyalarning 49% bo‘yicha to‘lanadigan dividendlar hisobidan, ularning pirovard moliyaviy natijalardagi mehnat ulushiga qarab, har yili moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan xodimlarning faoliyatini baholash namunaviy mezonlariga muvofiq xodimlarning davolash jarayoniga qo‘shgan shaxsiy ulushlarini aniqlaydi;
mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan xodimlarning faoliyatini baholash namunaviy mezonlariga muvofiq davolash jarayonida ishtirok etmaydigan xodimlarning yillik moliyaviy natijalarga qo‘shgan shaxsiy ulushlarini aniqlaydi;

Xodimlarning har bir guruhi faoliyatini baholash mezonlari

Ballar miqdori

I guruh:
Rahbarlar tarkibi

Davolangan bemorlarning rejaviy miqdorini ta’minlash 10
Jamiyat faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish10
Murakkab va o‘ta murakkab operatsiyalarni amalga oshirishni ta’minlash 15
Davolanib chiqayotgan bemorlarning 80% dan ortig‘ining sog‘lig‘ini yaxshilanishiga erishish20
Yillik biznes-reja va daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi15
Chet tillarni bilish10
Bilim va malaka darajasini muntazam oshirib borish, shu jumladan, chet eldagi yetakchi klinikalarda malakasini oshirish10
Moliyaviy, ijro va mehnat intizomiga rioya qilish10
Jami:100

II guruh:
Shifokor xodimlar

O‘z vaqtida klinik diagnostik ko‘rikdan o‘tkazish, diagnostika va davolash standartlariga amal qilgan holda to‘g‘ri diagnoz qo‘yish va davolash10
Amalga oshirilgan ishlarning murakkabligi va hajmi (intensivligi)10
Amalga oshirilgan ishlarning tibbiy samaradorligi, shu jumladan tibbiy xizmatning sifati 10
O‘z tibbiy faoliyat yo‘nalishidagi zamonaviy diagnostika va davolash metodlarini, jahon tibbiyot fani va texnologiyalarining oxirgi yutuqlarini tatbiq etish10
Davolash sifati va axloq prinsiplariga amal qilinishi bo‘yicha bemorlarning asosli shikoyatlarining mavjud emasligi10
Kasallik tarixi varaqasi va boshqa tibbiy hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli yuritish10
Bilim va malakasini muntazam oshirib borish, shuningdek malakasini chet eldagi yetakchi klinikalarda oshirish, aholining tibbiy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish10
Chet tillarni bilish10
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish10
Mehnat intizomiga rioya qilish, shuningdek amaldagi buyruqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish 10
Jami:100

III guruh:
O‘rta tibbiyot xodimlari

Shifokor ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish 15
Mehnat ta’tili va kasallik tufayli ishga chiqmaganlar o‘rniga ishlab berish10
Jamoat ishlarida ishtirok etish10
Dori vositalari va tibbiy texnika buyumlarini hisobini yuritish, ulardan foydalanish va saqlash intizomiga rioya etilishi10
Muolajalar sifati va axloq prinsiplariga amal qilinishi bo‘yicha bemorlarning asosli shikoyatlarining mavjud emasligi 15
Texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga rioya etilishi10
Tibbiy hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli yuritish 10
Shaxsiy gigiyena talablariga rioya etilishi (ozodalik, tashqi ko‘rinish)10
Mehnat intizomiga rioya qilish, shuningdek amaldagi buyruqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish10
Jami:100

IV guruh:
Kichik tibbiyot xodimlari

Bemorlar va xodimlarning asosli shikoyatlarining yo‘qligi 20
SanPiN talablariga muvofiq joriy va asosiy yig‘ishtirish-tozalash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish 20
Bemorlarni vijdonan parvarishlash (hojatxona, choyshablarni almashtirish va hokazo)20
Texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga rioya etilishi 20
Shaxsiy gigiyena talablariga rioya etilishi (ozodalik, tashqi ko‘rinish)10
Mehnat intizomiga rioya qilish, shuningdek amaldagi buyruqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish10
Jami:100

V guruh:
Xo‘jalik xodimlari (muhandis, tibbiyot uskunalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha texnik-xodimlar va boshqa xodimlar)

Murakkab tibbiyot (shuningdek, boshqa) asbob-uskunalarini uzluksiz ishlashini ta’minlash20
Murakkab tibbiyot (shuningdek, boshqa) asbob-uskunalarini profilaktika va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish20
Texnika, yong‘in, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga rioya etilishi20
Xodimlarning asosli shikoyatlarining yo‘qligi20
Jamoat ishlarida ishtirok etish10
Mehnat intizomiga rioya qilish, shuningdek amaldagi buyruqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish10
Jami:100