Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 30.05.2011 yildagi PQ-1542-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 — 2015 YILLARDA YoLGʻIZ KEKSALAR, PENSIONER VA NOGIRONLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILIShNI YaNADA KUChAYTIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish, ularning turmush darajasi va hayot sifatini oshirish, ularni ijtimoiy taʼminlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2011 — 2015-yillarda yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar Dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishning meʼyoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish, ularga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq maqsadli davolash va sogʻlomlashtirishni takomillashtirish, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya choralarini va gerontologiya yordamini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar — mutasaddi ijrochilar 2011 — 2015-yillarda yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar Dasturida koʻzda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2012 — 2015-yillarga moʻljallangan Davlat budjetini shakllantirishda 2011 — 2015-yillarda yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar Dasturi tadbirlarini amalga oshirishni moliyalash uchun zarur mablagʻlarni, ushbu maqsadlarga ijrochilar hamda homiylar mablagʻlarini keng jalb qilishni hisobga olgan holda, nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlar uchun tibbiy-ijtimoiy muassasalarning qurilishi va rekonstruksiya qilinishiga zarur mablagʻlarni budjet mablagʻlari hisobidan har yili ajratiladigan kapital qoʻyilmalarning markazlashtirilgan limitlari doirasida moliyalashning prognoz hajmiga binoan 2-ilovaga* muvofiq nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi 2-ilovada nazarda tutilgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasini hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda 2011 — 2015-yillarda yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar Dasturi tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi sohalar boʻyicha va hududiy dasturlarni belgilangan parametrlarga muvofiq ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning mazkur qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha ishlarning muvofiqlashtirilishini taʼminlasin, uning bajarilishi va yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlarining aniq natijalarini muntazam koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga 2011 — 2015-yillarda yolgʻiz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar Dasturida belgilangan tadbirlar bajarilishining borishi va natijalari haqida tahliliy axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 30-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1542-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 229-modda)