01.05.2001 yildagi PF-2837-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QATAGʻON QURBONLARINI YoD ETISh KUNINI BELGILASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yoʻlida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy anʼanalarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon boʻlganlar xotirasi minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustabid tuzum davrida million-million begunoh insonlarning umri xazon boʻlganini, qancha-qancha oilalar xonavayron boʻlib, qancha-qancha goʻdaklar yetim qolganini tarix, bugungi va kelajak avlod hech qachon unutmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimizning ana shunday ming-minglab fidoyi va matonatli oʻgʻil-qizlarining xotirasini eslash, haqiqat va adolatni tiklash, zamondoshlarimiz, xususan, oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida oʻtganlar xotirasiga hurmat va ehtirom tuygʻusini tarbiyalash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasi faollari, ijodkor ziyolilar, keng jamoatchilik vakillarining mamlakatimizda Qatagʻon qurbonlarini yod etish kunini belgilash haqidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qatagʻon qurbonlarini yod etish marosimi har yili 31-avgust kuni Mustaqillik bayrami arafasida poytaxtimiz Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida oʻtkazilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik kengashi, “Shahidlar xotirasi”, “Nuroniy” jamgʻarmalari, Madaniyat ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi va ijodiy uyushmalarga bir oy muddatda Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni bilan bogʻliq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bu yil mamlakatimizda ilk bor oʻtkaziladigan Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuniga puxta tayyorgarlik koʻrish va marosimni yuksak darajada tashkil etish maqsadida tuzilgan komissiya tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyini tashkil etish, “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuini sayyohlik yoʻnalishlari roʻyxatiga kiritish, ziyoratgoh hududini yanada obodonlashtirish va bu erda maxsus radiolashtirish tizimini joriy qilish masalasini hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzteleradiokompaniya, OʻzA va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qatagʻon qurbonlarini yod etish kunining maʼno-mazmunini va tarbiyaviy ahamiyatini keng targʻib qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Prezidentning Davlat maslahatchisi X. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 1-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2837-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 101-modda)