28.02.2011 yildagi 50-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-sonli qaroritahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son)
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
T/rTadbirlarBajarish muddatiMas’ul bajaruvchilar
1.“Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish uchun 215 ta maktabdan tashqari muassasani aniqlash, shu jumladan 137 tasi faoliyat ko‘rsatgan muassasalardan va 78 tasi umumta’lim maktablarining binolaridan foydalanilgan holda hamda ularning tuzilmalarini “Barkamol avlod” bolalar markazlarining namunaviy tuzilmalariga muvofiqlashtirish.2011-yil 10-martgachaQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi
2.Faoliyat ko‘rsatuvchi respublika maktabdan tashqari ta’lim muassasalari negizida texnik, badiiy ijodiyot, o‘lkashunoslik va ekologiya bo‘yicha 3 ta respublika “Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish. 2011-yil sentyabrToshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi
3.“Barkamol avlod” bolalar markazlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.2011-yil I chorakXalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, “Kamolot” YIH Markaziy kengashi
4.Maktabdan tashqari ta’lim uchun davlat talablarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 2011-yil I chorakXalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi
5.“Barkamol avlod” bolalar markazining namunaviy Ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.2011-yil I chorakAdliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi
6.Bolalar “Barkamol avlod” bolalar markazida o‘qiganligi uchun ota-ona to‘lovini undirish va undan foydalanish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.2011-yil martMoliya vazirligi
7.“Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal ta’mirlash va jihozlashning har yilgi aniq yo‘naltirilgan dasturlarini shakllantirish va tasdiqlash.Belgilangan muddatlarda har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi
8.“Barkamol avlod” bolalar markazlari obyektlarida mukammal ta’mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tanlov (tender) savdolari o‘tkazish.Yillik aniq yo‘naltirilgan dasturlar tasdiqlangandan keyin ikki oy muddatdaQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi
9.“Barkamol avlod” bolalar markazlarida to‘garak ishining har bir turi bo‘yicha yangi, zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.2011-yil sentyabrXalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Badiiy akademiya, Respublika “Hunarmand” birlashmasi, “Kamolot” YIH Markaziy kengashi
10.“Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklarda mashg‘ulotlar olib borish uchun umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarini o‘rindoshlik bo‘yicha kontrakt asosida jalb etish.2011-yildan boshlabXalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
11.“Barkamol avlod” respublika va viloyat markazlarida seminarlar va qisqa muddatli trening-kurslar tashkil etish yo‘li bilan ham “Barkamol avlod” bolalar markazlarining, ham umumta’lim maktablarining metodistlari va rahbarlari malakasini oshirish dasturini tasdiqlash.har yili 1-fevralgachaQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Badiiy akademiya, Respublika “Hunarmand” birlashmasi
12.Dastur doirasida bajariladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog‘ida muntazam yoritish, “Barkamol avlod” bolalar markazlari qatnashchilarining yutuqlari va muvaffaqiyatlari to‘g‘risidagi materiallarni e’lon qilish.DoimoO‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Xalq ta’limi vazirligi