Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSULLIK MUASSASALARINING KONSULLARI TOMONIDAN NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA

I-bob. Umumiy qoidalar

II-bob. Notarial harakatlarni amalga oshirishning umumiy qoidalari

III-bob. Notarial harakatlarning ayrim turlarini amalga oshirish qoidalari

1-§. Bitimni tasdiqlashning umumiy qoidalari

2-§. Ayirboshlash shartnomasini tasdiqlash

3-§. Hadya shartnomasini tasdiqlash

4-§. Mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash

5-§. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlash

6-§. Qarz shartnomasini tasdiqlash

7-§. Vasiyatnomalarni tasdiqlash

8-§. Ishonchnomalarni tasdiqlash

9-§. Meros mulkini qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish

10-§. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar berish

11-§. Er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar berish

12-§. Hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlash

13-§. Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash

14-§. Hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlash

15-§. Fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash

16-§. Fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash

17-§. Fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash

18-§. Hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash

19-§. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilish

20-§. Ijro xatlarini yozish

21-§. Saqlash uchun hujjatlarni qabul qilib olish

22-§. Dengiz protestlarini amalga oshirish

IV-bob. Chet el huquqi normalarining qo‘llanilishi. Xalqaro shartnomalar

V-bob. Yakuniy qoidalar

O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) va O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustaviga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 9-son, 124-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi qaror qiladi:
Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) va O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 124-modda) hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari (keyingi o‘rinlarda konsullar deb yuritiladi) tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining (keyingi o‘rinlarda Qonun deb yuritiladi) 28-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi 60-moddasiga muvofiq konsullar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
36. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni Fuqarolik kodeksi 29-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganlardan tashqari, ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar, Fuqarolik kodeksi 27-moddasining ikkinchi qismida sanab o‘tilganlardan tashqari, bitimlarni o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday bitimlarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi.
Ayirboshlash shartnomasi tasdiqlanayotganda, taraflarga Fuqarolik kodeksining 497—501-moddalari mazmuni tushuntirilib, bu haqda shartnoma matnida ko‘rsatib o‘tiladi.
Konsul taraflarga Fuqarolik kodeksining 502—510-moddalari mazmunini tushuntirib, bu haqda hadya shartnomasining matniga yozib qo‘yadi.
Konsul taraflarga Fuqarolik kodeksining 511-moddasi mazmunini tushuntirib, bu haqda xayr-ehson shartnomasining matniga yozib qo‘yadi.
Ishonchli boshqarish shartnomasini tasdiqlashda konsul Fuqarolik kodeksining 849—861-moddalari talablarining mazmuni, shuningdek mol-mulkni ishonchli boshqarish obyektiga qarab shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarurligini, ro‘yxatdan o‘tkazmaslik natijasida kelib chiqadigan oqibatlarni tushuntiradi va bu haqda shartnomaning matnida ko‘rsatiladi.
60. Fuqarolik kodeksining 732-moddasiga muvofiq qarz shartnomasi bo‘yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib, o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.
Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli vasiyatnomani o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan konsul hozir bo‘lganida vasiyat qiluvchi o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligining sabablari ko‘rsatilgan holda, vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qo‘yishi mumkin. Bunday holatda, konsul Fuqarolik kodeksining 1128-moddasiga asosan vasiyat qiluvchining o‘rniga vasiyatnomani imzolagan fuqaroga meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuni, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishiga daxldor ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emasligini tushuntiradi va bu haqda vasiyatnoma matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
68. Konsul vasiyatnomani tasdiqlashda vasiyat qiluvchiga Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari mazmunini tushuntirishi va bu haqda vasiyatnoma matnida ko‘rsatib o‘tishi lozim.
70. Fuqarolik kodeksining 134-moddasiga asosan bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.
71. Fuqarolik kodeksining 129-moddasiga asosan o‘z xususiyatiga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa bitimlarni vakil orqali tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
75. Fuqarolik kodeksining 505-moddasiga muvofiq hadya oluvchining nomi va hadya narsasi ko‘rsatilmagan hadyani vakil tomonidan amalga oshirish ishonchnomasi o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
80. Fuqarolik kodeksining 140-moddasiga muvofiq ishonchnoma berilgan shaxs o‘z vakolatidagi harakatlarni shaxsan amalga oshirishi shart. Basharti, unga ishonchnoma bilan vakolat berilgan bo‘lsa yoki uni ishonchnoma bergan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga sharoit majbur qilsa, u harakatlarni amalga oshirishni boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin.
Konsul Fuqarolik kodeksiga ko‘ra mol-mulkni ishonchli boshqarish muassisi sifatida ishtirok etib, ishonchli boshqaruvchi bilan mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini tuzadi.
110. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berishni so‘rab konsullik muassasasiga ariza bilan murojaat etgan marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotiniga (eriga) O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-songa ilova) 23-moddasi va Qonunning 63-moddasi (agar mulk meros qoldiruvchi bilan birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan bo‘lsa) mazmuni tushuntiriladi, bu haqda meros qabul qilish haqidagi arizaga belgi qo‘yiladi. Ariza pochta orqali kelganda, marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotinga (erga) yuqorida qayd etilgan moddalar mazmuni tushuntirilgan xabarnoma yuboriladi.
113. Fuqarolik kodeksining 1157-moddasiga muvofiq agar qonun bo‘yicha ham, vasiyatnoma bo‘yicha ham merosxo‘rlar bo‘lmasa yoki merosxo‘rlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega bo‘lmasa yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan bo‘lsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanadi.
Fuqarolik kodeksining 1134-moddasiga muvofiq qonun bo‘yicha vorislikda farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari, bir tarafdan, farzandlikka oluvchi shaxs va uning qarindoshlari, ikkinchi tarafdan, tug‘ishgan qarindoshlarga tenglashtiriladilar.
141. Meros tarkibi bir nechta mol-mulklardan iborat bo‘lgan hollarda, merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish vaqtida Fuqarolik kodeksining 1150-moddasiga asosan merosxo‘rlarning talabiga va ularning kelishuviga ko‘ra o‘zlariga tegishli ulushlariga muvofiq konsul ular o‘rtasida meros mulkini taqsimlash shartnomasini rasmiylashtirishi mumkin. Kelishuvga erishilmagan taqdirda esa meros mulkini bo‘lish sud tartibida amalga oshiriladi.
179. Konsul Qonunning 74-moddasiga muvofiq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kreditorga topshirish uchun qarzdordan depozitga pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni qabul qiladi.
181. Fuqarolik kodeksining 249-moddasiga muvofiq qarzdor o‘zi to‘lashi lozim bo‘lgan pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni konsulning depozitiga qo‘yishga haqli, basharti majburiyat qarzdor tomonidan quyidagilar tufayli bajarilishi mumkin bo‘lmasa:
183. Pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilish majburiyat bajariladigan joydagi konsul tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolik kodeksining 246-moddasiga asosan majburiyatni bajarish joyi aniqlanadi. Agar majburiyatni bajarish joyi qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa va majburiyatning mohiyatidan yoxud ish muomalasi odatlaridan yoinki odatda qo‘yiladigan boshqa talablardan anglashilmasa, ijro quyidagi joylarda amalga oshirilishi kerak:
187. Konsul mazkur Yo‘riqnomaning 185 va 186-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa hujjatlarni ham talab qilishi mumkin.
Dalillar bilan ta’minlash harakatlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son) normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
218. Qonunning 93-moddasiga muvofiq, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida notarial harakatlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirish chog‘ida xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanadi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”