17.06.1999 yildagi -son
 LexUZ sharhi
1. Milliy qonun hujjatlari yoki vakolatli hokimiyat organi tomonidan, mehnatkashlar va ish beruvchilarning tegishli tashkilotlari bilan maslahatlashilgandan so‘ng, 3-moddaning “d” kichik bandida ko‘rsatilgan ish turlari belgilanadi, bunda tegishli xalqaro standartlari, xususan, Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to‘g‘risidagi 1999-yilgi Tavsiyaning 3- va 4-bandlari qoidalari e’tiborga olinadi.
3. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq belgilangan ish turlari ro‘yxati muntazam tahlil qilib boriladi va zaruratga qarab mehnatkashlar va ish beruvchilarning tegishli tashkilotlari bilan maslahatlashib, qayta ko‘rib chiqiladi.
Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, yuqoridagi moddalar qoidalariga binoan o‘zi ro‘yxatga olgan ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasiga oid to‘la ma’lumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga ro‘yxatga olish uchun yuboradi.
a) Tashkilotning biror a’zosi tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning o‘z kuchi bilan, 11-modda qoidalaridan qat’iy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan bo‘lishi kerak;