28.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1913
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) muvofiq avtoklavlarda ishlashda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 6-iyundagi 23-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1913-1, 14.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2023-y., 10/23/1913-1/0375-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
7. Avtoklavlarda ishlashda xodimlarning salomatligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2000-yil 6-iyundagi 300-sonli “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun — O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim.
28. Avtoklavdan foydalanishda “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari” (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) va “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari”da (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) belgilangan xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)