21.08.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1844
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining bayoni, 21.08.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1844
Кучга кириш санаси
31.08.2008
Adliya vazirligi mazkur Nizomni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin.”.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga muvofiq, barcha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga tegishlidir.
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) muvofiq, oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan tartibda ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumotni olish huquqiga ega.