26.10.2007 yildagi PQ-717-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHGUZAR-BOYSUN-QUMQOʻRGʻON YANGI TEMIR YOʻL LINIYASIDAN FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib oʻtilsinki, 2007-yilning 1-sentabriga kelib “Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon” yangi temir yoʻl liniyasi birinchi bosqichining qurilishi yakunlandi, natijada Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini mamlakatning boshqa hududlari bilan ishonchli bogʻlab turuvchi yagona va yaxlit temir yoʻl kommunikatsiyalari tizimi shakllandi. Mazkur hududning boy mineral-xom ashyo resurslari konlarini samarali va kompleks ravishda oʻzlashtirish, aholi bandligini taʼminlash, barqaror hamda jadal iqtisodiy oʻsish va insonlar farovonligini oshirish, eksport salohiyatini oʻstirib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Oʻzbekistonning jahon bozorlariga, eng avvalo Transafgʻon temir yoʻl koridori orqali, bir vaqtning oʻzida Oʻzbekistonning tranzit harakatidagi rolini oshirish bilan toʻgʻridan-toʻgʻri Hind okeani, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish imkoniyati paydo boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon” yangi temir yoʻl liniyasidan samarali, ishonchli va bexatar foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yilning 15-sentabridan boshlab “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ishchi komissiyalarining dalolatnomalariga muvofiq “Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon” yangi temir yoʻl liniyasi orqali yuk tashish poyezdlarining toʻxtovsiz harakati ochilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan yuklarni temir yoʻl orqali tashish tariflari kelishib olingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Rossiya temir yoʻllari” OAJ loyihalar va smetalarni ekspertiza qilish boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidagi “Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon” yangi temir yoʻl liniyasi qurilishining ayrim masalalari boʻyicha ekspert xulosasi olingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda “Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon” yangi temir yoʻl liniyasi obyektlaridan foydalanish xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ustuvor chora-tadbirlar belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Poyezdlar harakatini vagonlarga texnik ishlov berish va tayyorlashni, lokomotiv brigadalari ishini, yoʻllarga va yoʻl xoʻjaligiga xizmat koʻrsatishni, signalizatsiya va energiya taʼminoti tizimini tashkillashtirishning aniq tartibini nazarda tutuvchi “Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon” yangi temir yoʻl liniyasi orqali yuk tashish poyezdlarining toʻxtovsiz harakatini tashkil etishning muvaqqat tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-noyabrdagi 559-sonli qarori bilan tasdiqlagan tarmoq jadvaliga muvofiq “Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon” yangi temir yoʻl liniyasining ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasi obyektlari qurilishini kompaniyaning oʻz shaxsiy mablagʻlari va Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining kredit mablagʻlari hisobidan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murakkab togʻ sharoitlarida temir yoʻllarni loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish masalalarida tajribaga ega boʻlgan nufuzli xorijiy loyihalashtirish tashkilotini jalb etgan holda qabul qilingan texnik yechimlarning ishonchliligini va obyektlardan foydalanish xavfsizligini aniqlash boʻyicha loyihaning mustaqil ekspertizasini oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon” temir yoʻl liniyasi qurilishining borishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasi raisi (Mirziyoyev) hamda qurilayotgan temir yoʻl liniyasida loyiha yechimlari va qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiya raisi (Yoʻldoshev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon” yangi temir yoʻl liniyasi qurilishi masalalari boʻyicha qabul qilingan yechimlarni bajarishda amaliy yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon” yangi temir yoʻl liniyasi obyektlari qurilishi hamda qurilish va foydalanish qoidalari va standartlari talablariga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hududning murakkab tabiiy sharoitlari va ishlar doimo harakatda bajarilishini eʼtiborga olib, “Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon” yangi temir yoʻl liniyasi toʻliq qurib bitkazilgunga qadar, mazkur temir yoʻl liniyasidan foydalanishda bevosita band boʻlgan barcha toifadagi xodimlar ish haqiga Qashqadaryo viloyati boʻyicha 1,4 va Surxondaryo viloyati boʻyicha 1,3 miqdorida koeffitsiyent belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Obyektning toʻliq qurilib bitkazilishi va belgilangan tartibda Davlat komissiyasiga topshirilishiga qadar, boʻshaydigan mablagʻlarni tashkiliy davrda temir yoʻl yangi uchastkalarini obod qilishga maqsadli yoʻnaltirgan holda, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini “Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon” yangi temir yoʻl liniyasi orqali yuklarni tashishdan oladigan daromadi boʻyicha foyda soligʻidan hamda Respublika yoʻl fondiga ajratmalar toʻlashdan istisno tariqasida ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qashqadaryo (Zayniyev) hamda Surxondaryo (Eshmurodov) viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yangi temir yoʻl liniyasi boʻylab ishonchli xavfsizlik hududini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 26-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-717-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 26-oktabrdagi PQ-717-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon” yangi temir yoʻl liniyasi orqali yuk tashish poyezdlarining toʻxtovsiz harakatini tashkil etishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MUVAQQAT TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻli uchastkasida 10 ta alohida — Toshguzar, Qayirma, Boʻzaxoʻr, Dehqonobod, Chashmaixafizon, Oqrabot, Darband, Boysun, Tangimush, Oqjar punktlari foydalanishga topshirildi va ular orqali yuk tashish poyezdlarining toʻxtovsiz harakati ochildi. Uchastkaning umumiy uzunligi 223 km ni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk poyezdlarini qabul qilish, joʻnatish va oʻtkazish uchun quyidagi alohida punktlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshguzar va Dehqonobodda — 4 tadan qabul qilish-joʻnatish yoʻli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqrabot, Darband, Boysun va Tangimushda — 3 tadan qabul qilish-joʻnatish yoʻli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayirma, Boʻzaxoʻr, Chashmaixafizon va Oqjarda — 2 tadan qabul qilish-joʻnatish yoʻli jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshguzar, Qayirma, Boʻzaxoʻr, Dehqonobod, Chashmaixafizon, Oqrabot, Darband, Boysun, Tangimush, Oqjar, Qumqoʻrgʻon alohida punktlarida ushlab turish va saqlashga moʻljallangan boshi berk yoʻllar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha alohida punktlardagi strelka oʻtkazgichlarda elektr uzatmalar oʻrnatilgan boʻlib, ular kurbel yordamida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklash va yongʻinga qarshi kurash poyezdlari Darband stansiyasiga joylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqonobod stansiyasida yuklash-tushirish amaliyotlari uchun yuk hovlisi mavjud. Oqjar stansiyasida podyezd yoʻllari, gʻalla tayyorlash punkti va neft bazasiga qoʻshilish nuqtasi joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chashmaixafizon — Oqrabot stansiyalari orasidagi masofaning 95-km da 95-son strelka oʻtkazgich uzib qoʻyilgan boʻlib, qurilish yuklari ortilgan vagonlarni oʻtkazish va tozalash maqsadida “Koʻprikqurilish” tresti koʻprik otryadining vaqtinchalik podyezd yoʻli qoʻyilgan. Mazkur podyezd yoʻliga vagonlarni oʻtkazish va olib chiqib ketish tartibi Qarshi — Termiz hududiy temir yoʻl boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan muvaqqat yoʻriqnomada belgilab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 4-son Tarif yoʻriqnomasining 1-, 2-, 3-paragraflariga muvofiq Toshguzar, Dehqonobod, Oqrabot, Darband, Boysun, Tangimush, Oqjar, Qumqoʻrgʻon ajratilgan punktlari tijoriy amaliyotlar, yuk vagonlarida yuklarni qabul qilish va topshirish uchun ochiq. 4-son Tarif yoʻriqnomasining 8-paragrafiga muvofiq Dehqonobod stansiyasi tijoriy amaliyotlar (brutto massasi har stansiyaga 20 va 24 tonna boʻlgan universal konteynerlardagi yuklarni qabul qilish va topshirish) uchun ochiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yangi temir yoʻl liniyasining qayta qurilishi, texnik jihatdan jihozlanishi yoki texnologik ishlashidagi oʻzgarishlar, yangi mexanizatsiya vositalari va boshqa foydalanish shartlarining joriy qilinishi sababli mazkur Muvaqqat tartibga muvofiq ushbu liniyada poyezdlar harakatini tashkil etish va uchastkalarga xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻrnatilgan mexanizmlar oʻzgargan taqdirda ushbu Muvaqqat tartibga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK tomonidan kompaniya Kengashi bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Poyezdlar harakatini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon uchastkasida poyezdlar harakati Yagona dispetcherlik markazi (YADM)ning poyezd dispetcheri tomonidan boshqarilib, u mazkur uchastkadagi harakatni tashkil qilishda 5 ta juft yuk poyezdlarini oʻtkazishni nazarda tutuvchi tasdiqlangan grafikka asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllaridan foydalanish boʻyicha texnik qoidalarning 176-bandi talablariga muvofiq, Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon yoʻnalishidagi poyezdlarga juft raqamlar, Qumqoʻrgʻon — Boysun — Toshguzar yoʻnalishidagi poyezdlarga esa toq raqamlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon uchastkasidagi poyezdlar harakati stansiya boʻyicha navbatchilar tomonidan elektr jezlli tizim va telefonni qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshguzar, Qayirma, Boʻzaxoʻr, Dehqonobod, Chashmaixafizon, Oqjar, Tangimush ajratilgan yoʻllariga yuk poyezdlarini qabul qilish kirish signallarining ruxsat beruvchi koʻrsatkichlari boʻyicha, Oqrabot, Darband, Boysun ajratilgan yoʻllariga yuk poyezdlarini qabul qilish IDPning 265-bandi talablariga muvofiq roʻyxatga olinadigan XDFU buyrugʻi boʻyicha amalga oshiriladi, barcha ajratilgan yoʻllardan poyezdlarni joʻnatish IDPning 102-bandi talablariga muvofiq, stansiya boʻyicha navbatchilar tomonidan poyezdlar mashinistlariga mazkur temir yoʻl qismi jezlini berish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Stansiya TRAning 4.3 bandiga muvofiq, ushlab turish va saqlashga moʻljallangan boshi berk yoʻllarga olib boruvchi strelkali koʻrsatkichlar Toshguzar, Qayirma, Boʻzaxoʻr, Dehqonobod, Chashmaixafizon, Oqrabot, Darband, Boysun, Tangimush, Oqjar, Qumqoʻrgʻon ajratilgan yoʻllarida yuk poyezdlarini qabul qilish-joʻnatish va manyovr ishlari bajarilgach, ushlab turish va saqlashga moʻljallangan boshi berk yoʻllarga qaratib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qarshi stansiyasidan Termiz mintaqasiga yoʻnalgan vagonlar oqimini oʻtkazish uchun shakllantirish rejasi quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi stansiyasi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi — Darband yoʻnalishidagi poyezdlar uchun — uzatma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi — Sariosiyo yoʻnalishidagi poyezdlar uchun — yigʻma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi — Termiz yoʻnalishidagi poyezdlar uchun — yigʻma-uchastka.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortga qaytadigan vagonlar oqimini oʻtkazish uchun shakllantirish rejasi quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz stansiyasi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz — Darband yoʻnalishidagi poyezdlar uchun — uzatma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz — Qarshi yoʻnalishidagi poyezdlar uchun — yigʻma-uchastka.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sariosiyo stansiyasi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sariosiyo — Qarshi yoʻnalishidagi poyezdlar uchun — yigʻma-uchastka.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATKning barcha stansiyalardan yuklangan vagonlari quyidagicha yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi MTU Termiz mintaqasining barcha stansiyalariga boruvchi vagonlar Turkmaniston temir yoʻllari hududini kesib oʻtmasdan, Nishon-eksport, Razyezd 161-eksport oʻtish punktlarida toʻxtamasdan yangi temir yoʻl orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi MTU Termiz mintaqasidan Oʻzbekistonning temir yoʻllaridagi barcha stansiyalarga Boldir-eksport, Talimarjon-eksport oʻtish punktlarida toʻxtamasdan yangi temir yoʻl orqali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Nomenklaturaga oid yuklarni kuzatib borish yongʻinga qarshi va qurollangan jamoalarni Darband stansiyasiga joylashtirgan holda, Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon uchastkasida harbiylashgan qoʻriqlash koʻrsatkichlari yordamida tashkillashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vagonlar, sostavlarga texnik ishlov berish va ularni joʻnatishga tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yuk poyezdlarini texnik koʻrikdan oʻtkazish, ishlov berish uchun ajratilgan punktlarda quyidagilar tashkil etilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Darband stansiyasida — texnik koʻrik punkti (TKP).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrik punkti yuruvchi qismlar, avtotormoz uskunalari, zarb-yuk tortish uskunalari, kuzovlardagi poyezdlar harakati xavfsizligiga tahdid soladigan nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish, poyezdlarning uchastkaga kafolatli tarzda yetib kelishini taʼminlash hamda vagonlarni tashishga tayyorlashga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur TKPda ikki turdagi texnik xizmatlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TX — yuk vagonlariga texnik xizmat koʻrsatish. Bunda manyovr ishlari jarayonida yuzaga kelgan shikastlarni aniqlash maqsadida vagonlarning texnik holati tekshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JT-1 — yuk vagonlarini tashishga tayyorlashda sostavdan ajratib olgan holda joriy taʼmirlash. Bunda koʻrikni oʻtkazuvchi ajratib olgan holda taʼmirlash talab etiladigan vagonlar boʻyicha belgilangan shaklda bildirgi toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sostavga texnik xizmat koʻrsatish yakunlangach, katta nazoratchi vagonlar operatoriga toʻsiqni olib tashlashga koʻrsatma beradi, stansiya boʻyicha navbatchini poyezd tayyor ekanligi haqida xabardor qiladi va buni yuk vagonlarini texnik koʻrikka tayyorlash boʻyicha VU-14 shakldagi kitobda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qumqoʻrgʻon stansiyasida — vagonlarga nazorat-texnik xizmat koʻrsatish punkti (NTXKP).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vagonlarga nazorat-texnik xizmat koʻrsatish punktlarida (NTXKP) sostav toʻxtab turgan vaqtda poyezdlardagi vagonlar texnik koʻrikdan oʻtkaziladi. Bunda quyidagi amallar bajariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vagonlarning avtotormoz tizimini tekislik rejimiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vagonlarning texnik holatini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotormozlarni sinab koʻrish va tormozlar boʻyicha VU-45 shakldagi maʼlumotnoma berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Toshguzar, Oqrabot stansiyalarida — avtotormozlarni sinab koʻrish postlari (ASP).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik nosozlik tufayli ajratib olish talab etiladigan vagonlar uchun tekshiruvchilar tomonidan VU-23 shaklda bildirgi beriladi va ushbu hujjat asosida vagonlar eng yaqin masofada joylashgan taʼmirlash punktiga yuboriladi. ASP joylashgan ajratilgan punktlarda avtotormozlar bevosita lokomotivdan turib tekshiriladi hamda tormozlar haqida VU-45 shaklda maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Boʻzaxoʻr, Dehqonobod, Boysun, Tangimush ajratilgan punktlarida vagonlar juft va toq yoʻnalishlarda harakatlanayotgan paytdagi ularning texnik holatini tekshiruvdan oʻtkazish uchun postlar tashkil qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Poyezd ajratilgan punktlarda toʻxtatilgach, nazorat posti tekshiruvchilari tomonidan poyezdning xavfsiz harakatlanishiga xavf solayotgan nosozlik aniqlanadi va bartaraf etiladi. Nosozlik aniqlangan vagon poyezddan uzib qoʻyilgan taqdirda, tekshiruvchilar sostavdagi avtotormozlarni sinab koʻradi va lokomotiv mashinistida turadigan VU-45 shakldagi tormozlar boʻyicha maʼlumotnomaga tegishli qaydlarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon uchastkasidagi juft yoʻnalishdagi poyezdlarni oʻtkazish uchun vagonlar holati ustidan texnik koʻrik va nazoratning quyidagi tartibi belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshguzar, Dehqonobod, Boysun stansiyalari boʻyicha — poyezdlarga texnik ishlov berilmaydi, Toshguzar stansiyasi boʻyicha, zarurat boʻlganda, poyezdni itarib boruvchi lokomotiv avtotormozlari toʻliq koʻrikdan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqrabot stansiyasi boʻyicha barcha poyezdlarda avtotormozlar tekislik rejimidan togʻli rejimga oʻtkazilib, lokomotivni oʻrnatilgan normativga binoan 40 daqiqaga uzmay turgan holda, uzoq nishablik oldidan 10 daqiqalik tanaffus bilan toʻliq sinovdan oʻtkaziladi. Tuzilgan poyezd sostavlarining avtotormozlari toʻliq sinovdan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Darband stansiyasi boʻyicha — lokomotivni oʻrnatilgan normativga binoan 120 daqiqaga uzib qoʻygan holda, poyezdlarga texnik ishlov beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qumqoʻrgʻon stansiyasi boʻyicha — yangi temir yoʻlda qatnayotgan barcha poyezdlarda avtotormozlar tekislik rejimidan togʻli rejimga oʻtkazilib, oʻrnatilgan normativga binoan 30 daqiqaga mobaynida sinovdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon uchastkasidagi toq yoʻnalishdagi poyezdlarni oʻtkazish uchun vagonlar holati ustidan texnik koʻrik va nazoratning quyidagi tartibi belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qumqoʻrgʻon stansiyasi boʻyicha — lokomotivni oʻrnatilgan normativga binoan 120 daqiqaga uzib qoʻygan holda, tuzilgan poyezd sostavlariga texnik ishlov beriladi, tranzit poyezdlarga texnik ishlov berilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boysun stansiyasi boʻyicha — poyezdlarga texnik ishlov berilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Darband stansiyasi boʻyicha — lokomotivni oʻrnatilgan normativga binoan 60 daqiqaga uzib qoʻygan holda, tuzilgan poyezd sostavlariga texnik ishlov beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqrabot stansiyasi boʻyicha lokomotivni oʻrnatilgan normativga binoan 30 daqiqaga uzmay turgan holda, uzoq nishablik oldidan 10 daqiqalik tanaffus bilan poyezdlarda avtotormozlar tekislik rejimidan togʻli rejimga oʻtkaziladi. Tuzilgan poyezd sostavlarining avtotormozlari toʻliq sinovdan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqonobod stansiyasi boʻyicha — lokomotivni oʻrnatilgan normativga binoan 40 daqiqaga uzmay turgan holda, sostav nazorat koʻrigidan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshguzar stansiyasi boʻyicha — lokomotivni oʻrnatilgan normativga binoan 40 daqiqaga uzmay turgan holda, poyezdlar toʻliq texnik koʻrikdan oʻtkazilib, avtotormozlar tekislik rejimidan togʻli rejimga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yuk poyezdlari qatnovining quyidagi kafolatlangan uchastkalari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi — Darband — Qarshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Darband — Quduqli — Darband;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Darband — Termiz — Darband.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Lokomotivlar va lokomotiv brigadalarining ishlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yangi Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻl liniyasi boʻylab va ortga vagonlar qatorini oʻtkazish uchun poyezdlarning ogʻirlik normasi itarib boruvchi lokomotivdan foydalangan holda 2500 tonna etib belgilangan. Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon uchastkasida yuk poyezdlar harakati 3TE10M va 2TE10M (itarib boruvchi) seriyasidagi lokomotivlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qumqoʻrgʻon — Darband uchastkasida quyidagi ogʻirlik normasi belgilangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toq yoʻnalishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3TE10M seriyasidagi teplovozlar uchun (itarib boruvchi 2TE10M lokomotivi bilan) — 2500 tonna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3TE10M teplovozlari uchun — 1500 tonna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) juft yoʻnalishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3TE10M teplovozlari uchun — 2500 tonna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2TE10M teplovozlari uchun — 2000 tonna.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshguzar — Oqrabot uchastkasida quyidagi ogʻirlik normasi belgilangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) juft yoʻnalishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3TE10M teplovozlari uchun (itarib boruvchi 2TE10M lokomotivi bilan) — 2500 tonna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3TE10M teplovozlari uchun — 1500 tonna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toq yoʻnalishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3TEYUM teplovozlari uchun — 2500 tonna;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2TE10M teplovozlari uchun — 2000 tonna.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qarshi, Termiz depolarining lokomotiv brigadalari Darband stansiyasida almashtiriladi. Qarshi, Termizda roʻyxatdan oʻtgan poyezd teplovozlarini almashtirish Darband stansiyasida amalga oshiriladi. Asbob-anjomlar va dizel yoqilgʻisi, qum bilan taʼminlash Qarshi, Termiz deposida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Darband stansiyasida koʻzdan kechirish xandaqi ishga tushirilguniga qadar yangi Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻl liniyasiga biriktirilgan barcha teplovozlarni barcha kerakli anjomlar bilan taʼminlagan holda, TO-2 normativi boʻyicha texnik koʻrikdan oʻtkazish vaqtincha ular roʻyxatdan oʻtgan depoda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Toshguzar, Dehqonobod, Boysun stansiyalarida manyovr ishlarini amalga oshirish uchun TEM-2 seriyasidagi manyovr teplovozlari jalb qilingan boʻlib, ular kechayu kunduz ishlaydi. Manyovr teplovozlarini yoqilgʻi bilan taʼminlash joyida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Stansiyalar oraligʻida poyezd toʻxtashga majbur boʻlgan hollarda TEQning 275, 276, 278-bandlari talablariga muvofiq mashinist quyidagilarni bajarishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nishablikda — kontrolyorni oʻchirish va avtomatik tormozlarni harakatga keltirish. Poyezd toʻxtagach, lokomotivning qoʻshimcha tormozi va sostavdagi qoʻlda boshqariluvchi tormozlarni harakatga keltirish. Mashinist yordamchisi vagonlar gʻildiraklari ostiga lokomotivda turadigan tormoz boshmoqlarini qoʻyib chiqishi, ular boʻlmaganda esa vagonlarning qoʻlda boshqariluvchi tormozlarini qoʻshimcha ravishda ishga tushirishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuqoriga koʻtarilishda — kontrolyor dastagini eng past yurish tezligiga oʻtkazishi, tezlik pasaygach, kontrolyorni oʻchirishi va lokomotivning qoʻshimcha tormozini, sostav toʻxtaganidan soʻng esa avtomatik tormozlarni ham harakatga keltirishi lozim. Mashinist yordamchisi vagonlar gʻildiraklari ostiga lokomotivda turadigan tormoz boshmoqlarini qoʻyib chiqishi, ular boʻlmaganda esa vagonlarning qoʻlda boshqariluvchi tormozlarini qoʻshimcha ravishda ishga tushirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon uchastkasida barcha yuk poyezdlarini kuzatib borish Qarshi, Termiz lokomotiv depolarining jamoaviy yoʻriqchilar tarkibi (mashinist-yoʻriqchilar) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Signalizatsiya va aloqa inshootlari, uskunalari va ularga xizmat koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Toshguzar stansiyasidan Oqrabot stansiyasining “PN” PK 1072+88 takrorlanuvchi toq svetoforigacha (svetofor ham kiradi) boʻlgan uchastka chegarasida SMB va aloqa uskunalariga xizmat qilish Qarshi signalizatsiya va aloqa distansiyasi tomonidan, “PN” PK 1072+88 takrorlanuvchi toq svetoforidan (svetofor kirmaydi) Qumqoʻrgʻon stansiyasigacha boʻlgan uchastkada Termiz signalizatsiya va aloqa distansiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon uchastkasining barcha stansiya oraliqlarida poyezdlar harakatini tashkil qilish uchun elektr jezl tizimi ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Toshguzar, Qayirma, Boʻzaxoʻr, Dehqonobod, Chashmaixafizon, Tangimush, Oqjar alohida punktlarida strelkali oʻtkazmalar yoʻnalish-nazorat uskunalari bilan jihozlangan boʻlib, ular strelka va signallarni kalitli bogʻlama uskunalari yordamida qulflashni koʻzda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Toshguzar, Qayirma, Boʻzaxoʻr, Dehqonobod, Chashmaixafizon, Oqrabot, Darband, Boysun, Tangimush, Oqjar, Qumqoʻrgʻon alohida punktlarida quyidagi aloqa turlari oʻrnatilgan: stansiyalararo, telefon, har bir stansiya boʻyicha, dispetcherlik, radio. Quyidagi punktlarda: Toshguzar, Dehqonobod, Oqrabot, Darband, Boysun punktlarida radiomanyovr aloqasi oʻrnatilgan. Quyidagi punktlarda: Toshguzar, Qayirma, Boʻzaxoʻr, Dehqonobod, Chashmaixafizon, Oqrabot, Darband, Boysun, Tangimush punktlarida ATS orqali telefon aloqasi ham oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yoʻl va yoʻl xoʻjaligi, unga xizmat koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon temir yoʻl liniyasiga xizmat koʻrsatish maqsadida SPCH-14 ixtisoslashtirilgan yoʻl distansiyasi tashkil etilgan boʻlib, u Darband stansiyasiga joylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SPCH-14 ixtisoslashtirilgan yoʻl distansiyasining xizmat koʻrsatish chegarasi Toshguzar — Qayirma stansiyalari oraligʻining 3-kilometri (u ham kiradi)dan Oqjar — Qumqoʻrgʻon stansiyalari oraligʻining 222-kilometri (u ham kiradi)gacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka 12 ta temir yoʻl qismiga boʻlingan boʻlib, ular quyidagi stansiyalarda joylashgan: Boʻzaxoʻr, Jarquduq, Dehqonobod, Qoradaxna, Chashmaixafizon, Oqrabot, Oqnazar, Darband, Boysun, Pulhokim, Tangimush, Qumqoʻrgʻon. Sunʼiy inshootlarga xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻl brigadalari Dehqonobod, Oqrabot, Darband, Qumqoʻrgʻon stansiyalarida joylashgan. SPCH-14 yoʻl distansiyasi yoʻl mexanizmlari, transport, yuk koʻtarish va nazorat-oʻlchov vositalari, sunʼiy inshootlar sexlari uchun jihozlar va mexanik ustaxonalar uchun stanoklar bilan jihozlangan. Qoʻl asbob-uskunalari, signal berish anjomlari va inventari bilan taʼminlangan. Qorga qarshi kurash tadbirlari SPCH-14 ixtisoslashtirilgan yoʻl distansiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan reja asosida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Elektr taʼminoti va unga xizmat koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon uchastkasidagi elektr tarmoqlarining uzunligi 223 km ni tashkil etadi. Mazkur liniyaning Toshguzar stansiyasidan (u ham kiradi) Oqrabot stansiyasining 106-kilometrigacha (u ham kiradi) boʻlgan qismidagi elektr tarmoqlari taqsimoti va unga xizmat koʻrsatish tuman elektr tarmoqlari (RES-4) tomonidan, Oqrabot stansiyasining 106-kilometridan (106-kilometr kirmaydi) Qumqoʻrgʻon stansiyasigacha (u ham kiradi) boʻlgan qismi Termiz uchastkasi Qarshi elektr taʼminot distansiyasining 20-sexi tomonidan amalga oshiriladi. Toshguzar — Boysun — Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻlini elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash maqsadida: Toshguzar, Dehqonobod, Oqrabot, Boysun, Darband, Qumqoʻrgʻon stansiyalarida TP-EP-20 turiga mansub transformator podstansiyalari, boshqa alohida punktlarda esa KTP turiga mansub yigʻma transformator podstansiyalari ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr taʼminotiga yetkazilgan shikastlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida mobil taʼmirlash brigadalari koʻzda tutilgan boʻlib, ular Dehqonobod, Darband stansiyalarida joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yangi temir yoʻl liniyasida toʻgʻridan-toʻgʻri qatnovchi yuk poyezdlari harakatini tashkil qilish tartibi PTE, IDP, ISI TRA va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq belgilanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 44-son, 443-modda)