Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 25.07.2006 yildagi PQ-426-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SAMARQAND ShAHRINING 2750 YILLIGINI NIShONLAShGA TAYYORGARLIK KOʻRISh VA UNI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadimiy va boy tarixi, betakror madaniyati, buyuk siymolari bilan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan, milliy davlatchiligimiz va maʼnaviyatimizning koʻhna beshiklaridan biri boʻlgan, noyob tarixiy-meʼmoriy obidalar, muqaddas qadamjolarni oʻz bagʻrida asrab-avaylab kelayotgan Samarqand shahrining 2750 yillik qutlugʻ sanasini 2007-yilda Mustaqillik umumxalq bayrami bilan bogʻliq tantanalar kunlarida keng miqyosda nishonlash hamda yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlodni milliy gʻurur va iftixor, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. YUNESKO Bosh konferensiyasining 2005-yil 20-oktabrdagi 33-sessiyasida Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlash va unda YUNESKOning ishtirok etishi haqidagi qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi, Samarqand viloyati hokimligi hamda keng jamoatchilikning Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlash haqidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi tarkibi, tadbirlar dasturi 1 va 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Samarqand viloyati hokimligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2006-2007-yillarda Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni taʼmirlash, ijtimoiy hamda kommunal sohasida xizmat koʻrsatishni rivojlantirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar dasturini 3-ilovaga* muvofiq amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Samarqand davlat universiteti, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Samarqand shahrida 2007-yil may oyida “Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etish, mazkur anjuman ishiga mamlakatimiz va chet ellardagi taniqli olim va mutaxassislarni jalb etgan holda, uni har tomonlama yuksak saviyada oʻtkazish, shu mavzu bilan bogʻliq badiiy-tarixiy koʻrgazmalar uyushtirish, konferensiya materiallarini chop etish va keng yoritish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, xalqaro ilmiy konferensiyani oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjeti hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi yilning har choragida oʻtkaziladigan majlislarida tadbirlar dasturining ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga doir tadbirlar dasturini amalga oshirishda homiy sifatida qatnashish istagini bildirgan nodavlat va jamoat tashkilotlari, xorijiy va xalqaro tuzilmalarning tashabbuslari qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Samarqand shahrining 2750 yilligiga bagʻishlangan yubiley tantanalariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, Samarqand shahrining 2750 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlari hamda 2006-2007-yillarda tarixiy obidalarni taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq barcha xarajatlar ushbu tadbirlarni bajarishga masʼul vazirliklar, hokimliklar va idoralarning 2006-yilda shu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan, shuningdek, 2007-yildagi budjet parametrlarida rejalashtirilgan mablagʻlari doirasida va homiylar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 25-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-426-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 7-son, 406-modda)