LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qo‘ng‘irot soda zavodining qurilishi tugallanganligi va ishga tushirilishi munosabati bilan hamda uning barqaror va samarali ishlashini ta’minlash maqsadida:
1. Qo‘ng‘irot soda zavodida yiliga 100 ming tonna kalsiylangan soda ishlab chiqaruvchi quvvatlar qurilishi tugatilganligi, uskunalar ishga tushirilganligi va davlat standartlariga muvofiq keladigan tayyor mahsulotning sanoat ko‘lamida ishlab chiqarilishi boshlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Qo‘ng‘irot soda zavodi ishga tushirilishini qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Qo‘ng‘irot soda zavodini qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash bo‘yicha materiallarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ikki hafta muddatda kelgusida ishlatilmaydigan qurilishi tugallanmagan obyektlarni puxta inventarizatsiya qilsin va ularni Qo‘ng‘irot soda zavodining balansidan chiqarish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Qo‘ng‘irot soda zavodi uskunalarining barqaror ishlashini tashkil etish va boshlang‘ich davrda uning ish tartibini maqbullashtirish, shuningdek zavodning mahalliy muhandis-texnik va boshqaruv xodimlarini o‘qitish bo‘yicha “SITIK Interneshnl” (Xitoy) kompaniyasi bilan uning mutaxassislari tomonidan xizmatlar ko‘rsatilishi yuzasidan bir yil muddatga shartnoma tuzishga;
mazkur shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Xitoy kompaniyasi mutaxassislari tasdiqlangan lavozimlar yo‘riqnomalariga ko‘ra ishlab chiqarishni boshqarish funksiyalarini bajargan holda lavozimlarni 2-ilovaga* muvofiq egallashlarini, shuningdek mazkur lavozimlarni keyinchalik egallashi uchun mahalliy xodimlar ichidan ular kamida uch nomzodni o‘qitishlarini;
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
xorijiy mutaxassislarga ishlash va yashash uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratishni, jumladan ularga malakali tarjimonlar biriktirilishini nazarda tutsin.
bir oy muddatda Qo‘ng‘irot soda zavodini muhandis-texnik va xizmat ko‘rsatish xodimlari bilan to‘liq ta’minlashni, jumladan, tarmoqning boshqa korxonalaridan malakali muhandis-texnik kadrlarni jalb etgan holda nihoyasiga yetkazsin;
zavod xodimlarini Qo‘ng‘irot soda zavodi qoshidagi Toshkent kimyo-texnologiya institutining ishlab turgan maxsus sirtqi bo‘limi negizida muntazam o‘qitish va qayta tayyorlashni tashkil etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, “O‘zkimyosanoat” DAK hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining:
O‘zsanoatqurilish banki tomonidan Qo‘ng‘irot soda zavodini qurishga ajratilgan 3,0 mlrd. so‘m miqdoridagi kreditni 2007–2011-yillarda 3-ilovaga* muvofiq jadval bo‘yicha to‘lash sharti bilan restrukturizatsiya qilish to‘g‘risidagi;
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Qo‘ng‘irot soda zavodining ijtimoiy soha obyektlari hamda noishlab chiqarish ahamiyatidagi aktivlarini joriy holatiga ko‘ra, 4-ilovaga* muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va idoralarning balansiga topshirish to‘g‘risidagi;
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Qo‘ng‘irot soda zavodidagi keyinchalik foydalanilmaydigan obyektlarni belgilangan tartibda, 5-ilovaga* muvofiq birja va auksion savdolariga qo‘yish, bunda ularni sotishdan tushgan mablag‘larni O‘zsanoatqurilish bankining zavodni qurishga ajratgan kreditini to‘lashga yo‘naltirish to‘g‘risidagi;
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
xomashyo bazasi obyektlarini 6-ilovaga* muvofiq 2007-yilning 1-oktabrigacha tegishli tashkilotlar balansida saqlash va keyinchalik ularni Qo‘ng‘irot soda zavodi balansiga o‘tkazish to‘g‘risidagi;
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2007-yilning oxirigacha Qo‘ng‘irot soda zavodi mahsulotlarini xorijiy bozorlardagi raqobat narxlarda birja savdolari orqali eksportga sotish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
6. Navoiy KMK va Olmaliq KMK 2007-yilning 1-oktabrigacha bo‘lgan davr mobaynida 6-ilovaga muvofiq Qo‘ng‘irot soda zavodining xomashyo bazasi obyektlari o‘zlarining shaxsiy mablag‘lari hisobidan barqaror ishlatilishini hamda “Borsakelmas” tuz rudasi konidan zavodga xomashyoni va Jamansoy karyeridan ohaktoshli kelishilgan jadval bo‘yicha uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlasin.
5-ilovada ko‘rsatilgan obyektlar uchun 2006-yilning 1-sentabridan boshlab ularning birja va auksion savdolarida sotilishiga qadar bo‘lgan davrda mulk solig‘i to‘lashdan;
ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlash hamda yordamchi infratuzilma obyektlarini qo‘shimcha butlash uchun zarur bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilinadigan tovarlar uchun 2010-yilning 1-yanvarigacha bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zkimyosanoat” DAKning talabnomalariga ko‘ra “SITIK Interneshnl” kompaniyasining mazkur qarorga muvofiq xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislariga ko‘p martalik vizalarni, ularni rasmiylashtirish uchun konsullik yig‘imlari undirilmagan holda belgilangan tartibda berilishini ta’minlasin.
“O‘zkimyosanoat” DAKning talabnomalariga ko‘ra, “SITIK Interneshnl” kompaniyasining mazkur qarorga muvofiq xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy mutaxassislariga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.