16.11.2005 yildagi PF-3680-son
Davlat tomonidan axborot sohasida olib borilayotgan siyosat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan so‘z erkinligi va fuqarolarning axborot olish huquqi prinsiplarining izchil va to‘liq bajarilishini ta’minlashga qaratilgan. Mamlakatda senzuraga yo‘l qo‘ymaslik, ommaviy axborot vositalari faoliyatini faqat sud orqali to‘xtatish mumkinligini ko‘zda tutuvchi talablar qonuniy mustahkamlangan, ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olish tartibi soddalashtirilgan.
4. Ilovada* ko‘rsatilgan davlat va jamoat tashkilotlarining Fond faoliyatini moliyaviy va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi tashabbusi ma’qullansin.