OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi “Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-172-son qarorining 3-bandi
“b” kichik bandidagi “direktor” soʻzi “adliya vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.