1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish, barcha qulayliklarga ega boʻlgan zamonaviy talabalar turar joylarini qurish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
1. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining respublika hududlarida talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida quyidagi shakllarda barpo etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
a) talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyektining oʻz mablagʻlari hisobidan erkin kelishiladigan shartlar asosida moliyalashtirish. Bunda:
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim amal qiladigan muddat davomida davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka talabalar turar joylaridan erkin foydalanilishi uchun toʻlov toʻlanadi;
davlat sherigi ushbu toʻlovni talabalardan har oy yashash uchun yigʻiladigan toʻlovlarni chegirgan holda har bir talaba uchun bazaviy hisoblash miqdorining yillik 10 baravari miqdorida oʻz mablagʻlari hisobidan kafolatlanadigan toʻlovlar hamda bazaviy hisoblash miqdorining yillik 15 baravari miqdorida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjeti) ajratiladigan subsidiya hisobidan amalga oshiradi;
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/239/0392-son)
talabalar turar joyini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq barcha xarajatlar xususiy sherik hisobidan qoplanadi;
xususiy sherikka talabalar turar joylarini qurish uchun loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha bir oʻringa toʻgʻri keladigan qiymatning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratiladi;
(1-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/239/0392-son)
talabalar turar joyida yashash uchun undiriladigan toʻlovlar davlat sherigi bilan kelishilgan narxlarda xususiy sherik tomonidan yigʻiladi;
talabalar turar joylarini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi Davlat budjetidan, biroq davlat oliy taʼlim muassasalarining tegishli quvvatdagi talabalar turar joylarini saqlash uchun sarflanadigan mablagʻlar hajmidan koʻp boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratish orqali qoplab boriladi;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
v) talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyektining toʻliq oʻz mablagʻlari hisobidan belgilangan shartlar asosida moliyalashtirish. Bunda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tadbirkorlik subyekti bilan kamida 400 oʻrinli talabalar turar joyini barpo etish sharti bilan tuziladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.12.00 Boshqa obyektlar qurilishi]
talabalar turar joyi jami quvvatining kamida yarmi talabalar uchun davlat sherigi bilan kelishilgan narxlarda yotoq oʻrinlari sifatida foydalaniladi va qolgan qismida ushbu turar joylarning bir oylik toʻlov miqdori xususiy sherik tomonidan erkin belgilanadi;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
davlat sherigi bilan kelishilgan narxlarda talabalar turar joyida yashagan har bir talaba uchun bitimda belgilangan muddat davomida bir yil uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi;
(1-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/239/0392-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
talabalar turar joyini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq barcha xarajatlar xususiy sherik hisobidan qoplanadi.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
a) ushbu qarorning 1-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan tartib davlat oliy taʼlim muassasalariga tegishli bino va inshootlarni rekonstruksiya va jihozlash ishlarini tadbirkorlik subyektining toʻliq oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish nazarda tutilgan loyihalarga ham tatbiq etilib, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim mavjud bino va inshootlarni talabalar turar joyi sifatida foydalanish sharti bilan tuziladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
b) davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muddati tugagan va taraflar oʻrtasida bitimni uzaytirish boʻyicha kelishuvga erishilmagan taqdirda, talabalar turar joyi tegishli davlat oliy taʼlim muassasasi ixtiyoriga oʻtkaziladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
v) talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etish uchun:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tizimida davlat oliy taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralarning soʻrovnomasiga asosan talabalar turar joylarini qurish uchun oliy taʼlim muassasasiga 0,5 gektargacha boʻlgan yer maydonlari unga yaqin joylardan ajratiladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
xususiy sherik “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq aniqlanadi hamda u bilan talabalar turar joyini tasarruf etish huquqisiz davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tuziladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
g) davlat oliy taʼlim muassasalari talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish boʻyicha loyihalarda davlat sherigi hisoblanadi;
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
d1) davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida talabalar turar joylari barpo etish uchun talabgor chiqmagan taqdirda, qurilish xarajatlari teng ulushlarda davlat oliy taʼlim muassasasi va Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Talabalar turar joylarini qurish ishlari oliy taʼlim muassasasining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan taqdirda, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan qismi keyinchalik subsidiya shaklida moliyalashtirib beriladi;
d2) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1-ilova bilan tasdiqlangan roʻyxatning asosiy parametrlariga oliy taʼlim muassasalarining talabalar turar joylariga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib, tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritib boriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 239-sonli qaroriga asosan “d1” va “d2” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/239/0392-son)
3. Davlat oliy taʼlim muassasasining buyurtmasi va tadbirkorlik subyektining tashabbusi asosida tadbirkorga tegishli yer maydoni yoki binoda kamida 50 oʻrinli talabalar turar joylarini tashkil etish tizimi joriy etilsin.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Bunda, talabalardan har oy yashash uchun yigʻiladigan toʻlov davlat oliy taʼlim muassasasi bilan kelishiladi hamda ushbu narxda talabalar turar joyida yashagan har bir talaba uchun tadbirkorlik subyektiga bitimda belgilangan muddat davomida bir oʻquv yili uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/239/0392-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
4. Davlat oliy taʼlim muassasalariga “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, oʻquv va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarini muassasaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qisman moliyalashtirishga ruxsat berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
6. Energetika vazirligi talabalar turar joylari uchun ajratilgan yer maydonlarida tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini qurish tegishliligi boʻyicha “Hududgaztaʼminot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hisobidan amalga oshirilishini taʼminlasin.
7. Quyidagilarga ruxsat berilsin:
davlat oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan saqlanadigan toʻrttagacha shtat birligidan iborat talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlim tashkil etish;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparati tuzilmasida davlat-xususiy sheriklik asosida va tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda moliyalashtiriladigan loyihalarni muvofiqlashtiruvchi Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha uchta shtat birligidan iborat boʻlim tashkil etish;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
mazkur qarorning 1-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan shakldan boshqa shakllarda qurilgan talabalar turar joylarida qonunchilikda taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ajratilgan, biroq bino umumiy maydonining 20 foizidan oshmagan qismiga boʻlgan mulk huquqini (yer maydoni, umumiy foydalanishga moʻljallangan kommunikatsiya qismiga egalik huquqi bundan mustasno) xususiy sherikka (mahalliy investorlar uchun) talabalar turar joylari foydalanishga topshirilgan payt oʻtkazishga;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, Strategiya, konsepsiyalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida talabalar turar joylarini qurish uchun avralroq davlat sherigi, vakolatli davlat organi va boshqa maxsus veb-saytlarda eʼlon qilingan konsepsiyalarni eʼlon qilish muddatini qoʻshimcha 10 kunga uzaytirgan holda mazkur qarorda belgilangan shartlarga muvofiq oʻzgartirishga;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.05.00.00 Bitimlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
davlat-xususiy sheriklik bitim muddatini talabalar turar joylarini qurish uchun sarflangan mablagʻlarning qoplanish muddatiga 2,3 koeffitsiyentni qoʻllash orqali belgilashga.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 239-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 09/22/239/0392-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
8. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab talabalar bilan ishlash boʻyicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilinsin hamda davlat oliy taʼlim muassasalari 1 — 3-kurs talabalarining maʼnaviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boruvchi, mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam koʻrsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin. Bunda:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
har 120 — 150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida “Tyutor” lavozimi kiritilsin hamda uning oylik maoshi “Oʻqituvchi-stajyor” bazaviy lavozim maoshiga tenglashtirilsin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi tuzilmasida amaldagi shtatlar doirasida uchta shtat birligidan iborat Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boʻlimi tashkil etilsin.
9. Moliya vazirligi bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda jismoniy shaxslarning uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati boʻyicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan Soliq kodeksiga oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda talabalar turar joylari qurilishi uchun Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
10. Davlat soliq qoʻmitasi:
ikki oy muddatda ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish elektron tizimida shartnomalarni hisobga qoʻyish va soliq toʻlovlarini amalga oshirishning soddalashtirilgan raqamli imzosiz shaklini ishga tushirish choralarini koʻrsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
uch oy muddatda ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish elektron tizimini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va tizimida oliy taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralarning talabalar elektron bazasi bilan integratsiya qilsin hamda oʻz uy-joylarini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarni daromad soligʻidan ozod etishning avtomatlashgan tizimini yaratsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
11. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
a) uch oy muddatda Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda talabalarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish, ularning turmush sharoiti va sogʻligʻidan xabar olish boʻyicha tegishlicha taʼlim muassasasi rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʻini raisi, uning huquq-tartibot masalalari boʻyicha oʻrinbosari va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi rahbarlarining shaxsiy javobgarligini, shuningdek, elektron maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi alohida tartib ishlab chiqib, tasdiqlasin;
b) 2022-yil 1-yanvarga qadar:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.04.00 Raqamli platformalar]
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiyalashgan oliy taʼlim muassasalari talabalarining hudud va oliy taʼlim muassasasi kesimidagi elektron bazasini yaratsin;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan talabalar uchun turar joy qidirishga ixtisoslashgan elektron platformani ishlab chiqsin, talabalar turar joyi va xususiy xonadonlardan ijaraga turar joy qidirishning ishonchli tizimini yoʻlga qoʻysin hamda doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
12. Talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish maqsadida:
a) qurilish vaziri B. Zokirov talabalar turar joylarida bir nafar talabaga toʻgʻri keladigan yashash maydonini maqbullashtirish boʻyicha shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
b) oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. Toshkulov hamda tizimida davlat oliy taʼlim muassasasi mavjud vazirlik va idoralar rahbarlari talabalar turar joylarida qoʻshimcha maishiy xizmat turlarini joriy etish, sogʻlom ovqatlanish uchun sharoit yaratish va boshqa xizmat turlarini yoʻlga qoʻyish hisobiga talabalar turar joylarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.01.00.00 Moliyaviy tizimning umumiy qoidalari]
v) moliya vaziri T. Ishmetov davlat-xususiy sheriklik va davlat oliy taʼlim muassasasining buyurtmasi asosida talabalar turar joyini barpo etish boʻyicha loyihalarga Davlat budjetidan subsidiya ajratish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2022-yil va kelgusi yillar uchun budjet parametrlarini shakllantirishda nazarda tutib borish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]
g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.02 Yer uchastkasiga egalik qilish va doimiy foydalanish huquqining oʻtishi]
talabalar turar joylarini qurish uchun mazkur qarorga 1-ilovaga asosan yer maydonlarini oliy taʼlim muassasalariga ular joylashgan hududga yaqin joylardan 2022-yil 1-yanvarga qadar doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
davlat oliy taʼlim muassasalariga talabalar turar joyi binolari va tegishli ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish uchun davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarga xususiy sheriklarni jalb qilishga koʻmaklashib borish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.09.00 Maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish]
oʻz hududida talabalarni turar joy bilan taʼminlash, talabalar turar joyiga tutash hududlarda talabalar uchun zarur transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining yaratilishi va faoliyat yuritishi uchun masʼul va javobgar etib belgilansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
14. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
1
840
0,3
1
840
0,3
1
Izoh.
* qurilish xarajatlari teng ulushlarda davlat oliy taʼlim muassasasi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan talabalar turar joylari;
** toʻliq oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan barpo etiladigan talabalar turar joylari;
*** ushbu yilda quriladigan 1-talabalar turar joyi toʻliq oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan hamda 2-talabalar turar joyi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etiladigan talabalar turar joylari;
**** ushbu yilda quriladigan 1-talabalar turar joyi toʻliq oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan hamda 2-talabalar turar joyi 50 foizi oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari, 50 foizi Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya hisobidan barpo etiladigan talabalar turar joylari.
Talabalar turar joylarini barpo etish uchun zarur yer maydonlari ustuvor ravishda oliy taʼlim muassasasiga yaqin (1,5 km radiusda) hududda, boʻsh yer maydoni mavjud boʻlmaganda esa — oliy taʼlim muassasasi rahbariyati bilan kelishilgan holda boshqa hududdan ajratiladi.
Bitta talabalar turar joyini qurish uchun oʻrtacha 0,3 ga yer maydoni hisoblanadi.
2023 — 2025-yillarda belgilangan talabalar turar joylarini barpo etish boʻyicha tadbirkorlik subyektlari tomonidan talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini tadbirkorlik subyekti va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan aralash moliyalashtirish shaklidan boshqa shakllarda tashabbus bildirilganda, talabalar turar joylarini barpo etish loyihalarini mazkur ilovada koʻrsatilgan yildan avvalroq amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan talabalar turar joylari binolarining qavatlar sonidan kelib chiqib, quvvati oʻzgarishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 395-sonli qarori tahririda)
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 24-iyuldagi 571-son qarori 6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2021-yil va kelgusi yillarda mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan ishlarni Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bajarish boʻyicha buyurtmachi etib — Universitet belgilansin”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 9-band quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vazirlik tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarining ijtimoiy himoyasini taʼminlash maqsadida ularning oylik maoshlariga ustamalar belgilash, moddiy ragʻbatlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga”;
b) 27-banddagi “Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi” soʻzlari “Iqtisodiyot boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 29-banddagi “Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi” soʻzlari “Budjet hisobi metodologiyasi va buxgalteriya hisoboti tahlili boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.