1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hududlarda “mahallabay” ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini koʻpaytirish orqali kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hududlarda “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish orqali ishsizlik darajasi yuqori boʻlgan mahallalar bilan manzilli ishlab, “oʻsish nuqtalari”ni hayotga tatbiq etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining daromadi va xarid qobiliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.04.00;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish / 09.01.09.01 12]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “Mahallalarda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik subyektlari bilan aholi oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5214-son qaroriga muvofiq “mahallabay” ishlash asosida “ogʻir” mahallalarda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Andijon tajribasi”ni respublikaning boshqa hududlarida ham tatbiq etish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan davlat ulushiga ega boʻlgan tijorat banklariga alohida tasdiqlanadigan taqsimotga asosan 100 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar ajratilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
2. “Mahallabay” ishlash tizimi orqali “ogʻir” mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularda oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish, aholining daromad manbalarini koʻpaytirish va ishsizlikni bartaraf etishning (Andijon tajribasi) ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar]
mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yoʻnalishlarini) aniqlash va yangi tadbirkorlikni, jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga koʻmaklashish va shu orqali har bir mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy oʻsishini taʼminlash;
aholining doimiy daromad manbalarini yanada koʻpaytirish, oilaviy tadbirkorlikni va oʻzini oʻzi band qilib ishlash faoliyatini yanada kengaytirish choralarini koʻrish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish / 09.01.09.01 12]
mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagi boʻlgan tashabbuskorlarni biznes asoslariga oʻqitish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
xonadonlarda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, daromadliligini yanada oshirish, mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur asbob-uskuna va xom-ashyo bilan imtiyozli kreditlar asosida taʼminlash, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishga koʻmaklashish jarayonlarini tashkil etish uchun “yetakchi” tadbirkorlik subyektlarini biriktirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv]
tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish va faoliyatini monitoring qilib borish, ishlab chiqaradigan mahsuloti (xizmati) bozorini topishiga yordam berish.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
3. Rivojlanishda orqada qolayotgan hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori boʻlgan mahallalarda aholi bandligini taʼminlash orqali oilalarning daromad manbaini yaratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish / 09.01.09.01 12]
“yetakchi” tadbirkorlar yetarli tadbirkorlik tajribasiga va ijobiy moliyaviy koʻrsatkichlarga ega, faoliyati mahalla ixtisoslashuviga mos boʻlgan, xonadonlarni kooperatsiya asosida yuqori darajada qamrab oladigan, “ogʻir” mahallalarda oʻz biznesini rivojlantirish dasturiga ega boʻlgan tadbirkorlar orasidan tanlab olinadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
tijorat banklari tomonidan kreditlar kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish uchun “ogʻir” mahallalarga biriktirilgan “yetakchi” tadbirkorlik subyektlariga 3 yil muddatgacha yillik 10 foiz stavkada bitta mahalla uchun 2 milliard soʻmgacha miqdorda ajratiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
har bir “ogʻir” mahallaga ajratilgan 2 mlrd soʻm mablagʻlarning 10 foizigacha boʻlgan qismi ularning tegishli ixtisoslashuv yoʻnalishlarida bittadan namuna va oʻrnak koʻrsatadigan tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladi;
“yetakchi” tadbirkorlarga kooperatsiya asosida ishlayotgan fuqaro tomonidan ishlab chiqarilayotgan (yetishtirilayotgan) mahsulotlarni sotib olish yoki shartnomaga asosan fuqaroga oylik ish haqi toʻlash sharti oʻrnatiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi]
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
a) bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.17.00 Kambagʻallikni qisqartirish]
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda tanlab olingan “ogʻir” mahallalardagi aholining turmush sharoiti, istak-xohishi va imkoniyatlarini oʻrganib chiqsin;
“ogʻir” mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni tasdiqlasin. Bunda, har bir mahallada aholining azaldan shakllangan mehnat koʻnikmasidan kelib chiqib, eng samarali “oʻsish nuqtalari” sifatida — hunarmandchilik, kosibchilik, tomorqa va issiqxona xoʻjaligi, gulchilik, chorvachilik, parrandachilik va kichik ishlab chiqarish kabi yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratilsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
b) ikki oy muddatda “yetakchi” tadbirkorlik subyektlarini belgilangan tartibda tanlab olsin va “ogʻir” mahallalarga biriktirsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
v) “ogʻir” mahallalardagi tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagi boʻlgan aholini “yetakchi” tadbirkorlar bilan bogʻlash yoki oʻz biznesini yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tijorat banklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda xonadonlarda kichik tadbirkorlik faoliyatlarini yoʻlga qoʻyishda aholi foydalanishi uchun qulay boʻlgan biznes-rejalar aks etgan qoʻllanma ishlab chiqsin va aholiga yetkazsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
7. Belgilab qoʻyilsinki, tijorat banklari kreditlarni sektor rahbarlari tomonidan “ogʻir” mahallada tadbirkorlikni hamda iqtisodiy kooperatsiyani rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalar” va dasturlar Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazida himoya qilinib, uning ijobiy xulosasi olingandan soʻng ajratadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5154-son qaroriga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan “yetakchi” tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga 40 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar “Oʻzsanoatqurilishbank” va “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banklari orqali hamda issiqxona massivlarini barpo etish va aholi xonadonlarida issiqxonalar tashkil etishni moliyalashtirishga 40 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki orqali ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki:
“Oʻzsanoatqurilishbank” va “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banklari tomonidan ushbu bandning 1-xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlarni tijorat banklariga qayta moliyalashtirishga ruxsat beriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan kreditlar kichik va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga maydoni 10 sotixdan 50 sotixgacha boʻlgan zamonaviy issiqxonalar barpo etish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasida 7 yil muddatgacha ajratiladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va S.Oʻ. Umurzoqov:
har ikki haftada hududlarga chiqib, “mahallabay” ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganib borsin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.04.00]
shaharlar va tumanlarda doimiy ravishda “mahallabay” ishlash tizimining samarali ishlashini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va viloyat hokimliklari yangi tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritishi boʻyicha doimiy monitoring olib borsin hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-avgust,
504-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-avgustdagi 504-son qaroriga ILOVA
Rivojlanishda orqada qolayotgan hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori boʻlgan mahallalarda aholi bandligini taʼminlash orqali oilalarning daromad manbaini yaratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
1. Ushbu Nizom rivojlanishdan orqada qolayotgan hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori boʻlgan mahallalarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali oilalarning mehnatga layoqatli ishsizlari bandligini taʼminlash hamda ularning doimiy daromad manbaini yaratishning tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.04.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi faoliyati]
sektorlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlarini tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining koʻmaklashuvchi kollegial ishchi tuzilmasi (keyingi oʻrinlarda — sektorlar);
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.02.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesini shakllantirish tartibi]
boshqaruv ofisi — sektorlar huzurida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tashkil etilgan respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda tijorat banklari rahbarlari va xodimlaridan iborat boshqaruv ofisi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.04.00]
“ogʻir” mahalla — sektorlar tomonidan oʻrganish davomida aniqlangan ijtimoiy ahvoli ogʻir va ishsizlik darajasi yuqori boʻlgan hamda tadbirkorlikni rivojlantirish ixtisoslashuvi boʻlmagan mahalla;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
“yetakchi” tadbirkor — yetarli tadbirkorlik tajribasi va ijobiy moliyaviy koʻrsatkichlarga ega, faoliyatini mahallaning ixtisoslashuviga mos ravishda tashkil etadigan, xonadon aʼzolarini kooperatsiya asosida birlashtirib, mahsulot ishlab chiqarish (yetishtirish) yoki xizmat koʻrsatishga buyurtma berish, biriktirilgan aholiga koʻnikmalarni oʻrgatish va ulardan tayyor mahsulotni sotib olishni oʻz zimmasiga oladigan tashabbuskor.
2-bob. Aholi bandligini taʼminlash orqali oilalarning daromad manbaini yaratish boʻyicha amalga oshiriladigan asosiy vazifalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.04.00]
3. Tuman va shahar sektor rahbarlari tomonidan “ogʻir” mahallalarni aniqlash quyidagi bosqichlardan iborat:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.17.00 Kambagʻallikni qisqartirish]
birinchi bosqich: har bir xonadon oʻrganilib, quyidagi 3 toifaga ajratiladi:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.03.00 Xususiy uy-joy fondi / 08.01.03.01 Fuqarolarning mulkidagi uy-joy fondi (yakka tartibdagi uy-joy binolari, xususiylashtirilgan, qurilgan va sotib olingan kvartiralar, Uy-joy qurilishi kooperativi va Uy-joy kooperativiga qarashli uylardagi kvartiralar)]
a) namunali xonadon — daromadi yuqori, oʻzgalar yordamiga ehtiyoji boʻlmagan bir yoki undan koʻp oila yashaydigan xonadon;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.01.00 Umumiy qoidalar]
b) oʻrta xonadon — jonboshiga toʻgʻri keladigan daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan yuqori boʻlsada, oila aʼzolari ichida ishsiz yoki tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bor xonadon;
v) ehtiyojmand xonadon — jonboshiga toʻgʻri keladigan daromadi minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kam, oila aʼzolari ichida mehnatga layoqatli bir yoki undan koʻp ishsizlar mavjud xonadon;
ikkinchi bosqich: xonadonlarni oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, mahallalar 3 toifaga boʻlinadi:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.01.00 Umumiy qoidalar]
a) namunali mahalla — jami xonadonlar soniga nisbatan namunali xonadonlarning ulushi 60 foizdan yuqori hamda ehtiyojmand xonadonlarning ulushi 25 foizdan kam boʻlgan mahalla boʻlgan mahalla;
b) oʻrta mahalla — jami xonadonlar soniga nisbatan oʻrta xonadonlarning ulushi 60 foizdan yuqori hamda ehtiyojmand xonadonlarning ulushi 25 foizdan kam boʻlgan mahalla;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
v) “ogʻir” mahalla — jami xonadonlar soniga nisbatan ehtiyojmand xonadonlarning ulushi 25 foizdan yuqori boʻlgan mahalla.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin)]
4. Tuman (shahar) sektor rahbarlari, sektorlar boshqaruv ofislari hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼul rahbarlari tomonidan “ogʻir” mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
mahallalardagi har bir xonadonda aholining turmush sharoiti, xohish-istagi va imkoniyatlari oʻrganib chiqiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.04.00]
mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun “oʻsish nuqtalari” aniqlanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
mahallalarning “oʻsish nuqtalari”dan kelib chiqib har bir tadbirkorlik yoʻnalishiga salohiyatli “yetakchi” tadbirkorlar biriktiriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
mahallalardagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagi boʻlgan aholi “yetakchi” tadbirkorlarga biriktiriladi yoki oʻzining tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashadi (tadbirkorlikka oʻqitish, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit ajratish va boshqa masalalar).
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.04.00 Davlat uy-joy fondi / 08.01.04.01 Munitsipal uy-joy fondi]
5. Xonadonlar kuyidagi mezonlar asosida oʻrganib chiqiladi:
doimiy daromadga egaligi (oʻrta holatdagi), yordamga muhtoj yoki muhtoj emasligi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.04.00 Davlat uy-joy fondi / 08.01.04.01 Munitsipal uy-joy fondi]
soʻnggi uch yil davomida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olganligi;
mavsumiy yoki norasmiy daromadi mavjudligi;
“yetakchi” tadbirkor bilan ishlash istagi mavjudligi;
oʻzining tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagi borligi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
doimiy ishga joylashishga ehtiyoji borligi;
mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari mavjudligi;
ishlash istagi yoʻq xonadon aʼzolari mavjudligi.
6. Oʻtkazilgan xatlov natijasida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, Strategiya, konsepsiyalar va boshqalar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.04.00.00 Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va taʼmirlanish xarajatlarini toʻlash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozlar)]
oʻzining mustaqil tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida oʻrnatilgan tartibda kreditlar ajratish choralari koʻriladi;
oʻqish istagi boʻlgan fuqarolar uchun Savdo-sanoat palatasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish kurslari tashkil etiladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
doimiy ishga joylashishda ehtiyoji boʻlgan fuqarolar uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tuman va shaharlardagi budjet tashkilotlari hamda xususiy sektordagi mavjud vakant joylar aniqlanib, ularga ishsiz aholini jalb etish choralari koʻriladi;
Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan oʻzini oʻzi band qilgan aholi faoliyatini legallashtirish ishlari amalga oshiriladi;
mahalliy hokimliklar tomonidan umuman tadbirkorlik qilish salohiyati va ishlash imkoniyati boʻlmagan oilalarga doimiy daromad manbaiga ega boʻlishi uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi va homiylik mablagʻlari hisobidan 50 — 100 tadan xonaki tovuq tarqatish choralari koʻriladi.
3-bob. Aholini “yetakchi” tadbirkorlarga biriktirish orqali ularning bandligini taʼminlash va daromad manbaini yaratish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
7. Tuman va shahar hokimliklari “ogʻir” mahallalarda “yetakchi” tadbirkor bilan ishlash istagi boʻlgan tashabbuskorlarni oʻqitish, mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur asbob-uskuna va xom ashyo bilan taʼminlash, shuningdek ishlab chiqargan (yetishtirilgan) mahsulotlarni sotishga koʻmaklashish jarayonlarini tashkil etish uchun ularga “yetakchi” tadbirkorlarni biriktiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish / 09.01.09.01 12]
8. “Ogʻir” mahallaga biriktirilgan “yetakchi” tadbirkor kooperatsiya asosida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalla ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda koʻproq yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha oʻz tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish dasturini (keyingi oʻrinlarda — “yetakchi” tadbirkor dasturi) sektor boshqaruv ofisi bilan birgalikda ishlab chiqadi va tegishli sektor rahbariga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
9. Sektor rahbarlari “yetakchi” tadbirkor dasturini koʻrib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari boshchiligida tuzilgan Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazida (keyingi oʻrinlarda — Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazi) ijobiy xulosa berilishi uchun himoya qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
10. Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan “yetakchi” tadbirkor dasturini amalga oshirish va unga imtiyozli kredit ajratish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ijobiy xulosa beriladi. Ushbu ijobiy xulosa tijorat banklariga imtiyozli kredit ajratish uchun beriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
“Yetakchi” tadbirkor dasturi belgilangan talabga javob bermasa, shuningdek, mahalla ixtisoslashuviga mos kelmaydigan, yangi ish oʻrinlari kam yaratiladigan dasturlar tadbirkorga qayta ishlash uchun yuboriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
4-bob. Tomonlarning majburiyatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]
12. “Yetakchi” tadbirkorga tuman va shahar hokimliklari tomonidan quyidagi vazifalar yuklatiladi:
oʻz dasturi doirasida kooperatsiya asosida ishsiz aholi bilan mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur asbob-uskuna va xom ashyo bilan taʼminlash, shuningdek ishlab chiqarilgan (yetishtirilgan) mahsulotlarni sotishga koʻmaklashish jarayonlarini tashkil etish boʻyicha biriktirilgan xonadon bilan shartnoma tuzish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
xonadonlarning ishlarni tashkil qilishida ularga maslahat, texnik-iqtisodiy jihatdan koʻmak beruvchi maslahatchilar biriktirish hamda ushbu maslahatchining har haftada kamida bir marotaba mahsulot ishlab chiqarayotgan (yetishtirayotgan) oilalarga kirib, ular bilan ishlashini tashkil etish;
xonadonlarda mahsulot ishlab chiqarish (yetishtirish) jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish maqsadida agrotexnik, zooveterinariya va boshqa turdagi xizmatlar koʻrsatib borilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish / 09.01.09.01 12]
faoliyatini yanada kengaytirish va rivojlantirish maqsadida xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalari va innovatsiyalarini oʻz biznes sohasiga muntazam joriy etib borish;
shartnoma boʻyicha kooperatsiya asosida ishlayotgan oilalarni oʻz vaqtida zarur xom ashyo mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlab borish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.03.00 Savdoda narxni tartibga solish (shakllantirish) (shuningdek, 09.14.02.02ga qarang)]
ishlab chiqariladigan (yetishtiriladigan) mahsulotlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash.
har bir “ogʻir” mahallada ularning tegishli ixtisoslashuv yoʻnalishlarida bittadan namuna va oʻrnak koʻrsatadigan tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish va bu orqali aholiga tadbirkorlik koʻnikmalarini oʻrgatish, ish yuritishga qiziqishini uygʻotish, ogʻir sharoitdagi oilalarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
13. “Yetakchi” tadbirkor kooperatsiya asosida ishlayotgan fuqaro tomonidan ishlab chiqarilayotgan (yetishtirilayotgan) mahsulotlarni sotib olishga yoki shartnomaga asosan fuqaroga oylik ish haqi toʻlashga majbur.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.04.00]
14. “Ogʻir” mahalla raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
mahallaga biriktirilgan “yetakchi” tadbirkor bilan birgalikda mahallada istiqomat qilayotgan fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va ayollarga tadbirkorlik boʻyicha maslahatlar beradi, ularning oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishida koʻmaklashadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
mahalladagi tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagi boʻlgan aholi oʻrtasida “yetakchi” tadbirkorlar bilan shartnoma asosida ishlash boʻyicha tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
mahallaning qadimiy anʼanalaridan kelib chiqqan holda xonadonlarni oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlari bilan shugʻullanishga jalb qiladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
ishsiz aholi roʻyxatini shakllantiradi hamda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda ularni ishga joylashtirish choralarini koʻradi;
mahallada ishlash xohishi boʻlmagan xonadon aʼzolarini tadbirkorlikka jalb qilish va daromad topishga qiziqtirish (motivatsiya berish) boʻyicha targʻibot ishlarini muntazam ravishda olib boradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish / 09.01.09.01 12]
15. “Yetakchi” tadbirkor bilan kooperatsiya asosida ishlayotgan fuqarolar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha tashkil etiladigan oʻquv kurslarida ishtirok etib, oʻzining bilim va koʻnikmalarini oshiradi;
“yetakchi” tadbirkor bilan shartnoma asosida ishlayotgan fuqaro tadbirkorlik qilishi uchun berilgan mol-mulkdan toʻgʻri foydalanilishiga shaxsan javobgar boʻladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari]
berilgan mol-mulkdan doimiy va samarali foydalangan holda mahsulot ishlab chiqaradi (yetishtiradi) hamda shartnomaga asosan ishlab chiqarilgan (yetishtirilgan) mahsulotlarni “yetakchi” tadbirkorga yetkazib berilishini taʼminlaydi;
mahsulot ishlab chiqarish (yetishtirish) jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar toʻgʻrisida oʻz vaqtida “yetakchi” tadbirkorni xabardor qiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang)]
mahsulot ishlab chiqarish (yetishtirish) jarayonini nazorat qilish va koʻmaklashish boʻyicha “yetakchi” tadbirkor tomonidan biriktirilgan maslahatchining har hafta ish jarayoni bilan tanishib borishiga imkoniyat yaratib beradi.
5-bob. “Yetakchi” tadbirkorga imtiyozli kredit ajratish tartibi
16. Tijorat banklari tomonidan kreditlar kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish uchun “ogʻir” mahallalarga biriktirilgan “yetakchi” tadbirkorlik subyektlariga 3 yil muddatgacha yillik 10 foiz stavkasida bitta mahallaga 2 milliard soʻmgacha miqdorda ajratiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
17. “Yetakchi” tadbirkor tijorat bankiga imtiyozli kredit olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) ariza;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
b) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazining ijobiy xulosasi;
v) mahsulot oldi-sotdi shartnomasi (mavjud boʻlganda);
g) biznes reja;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
d) tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl), (yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar bundan mustasno);
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini taʼminlash]
e) kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida bankka quyidagi taʼminot turlaridan birini:
mol-mulk (shu jumladan, kredit hisobiga olinayotgan mol-mulklar) garovi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.04 Kafillik]
(17-band “e” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang)]
qonunchilik hujjatlari doirasidagi boshqa taʼminot turlari.
Moliyalashtiriladigan “yetakchi” tadbirkor dasturi xususiyatidan kelib chiqib, bank tomonidan ichki kredit siyosatiga muvofiq boshqa hujjatlar soʻralishi mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
18. Tijorat banki ichki kredit siyosati asosida kredit ajratish masalasini koʻrib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi.
6-bob. Ajratilgan kredit maqsadli ishlatilishi ustidan monitoring oʻrnatish tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
19. “Yetakchi” tadbirkorga ajratilgan kredit maqsadli ishlatilishi ustidan tijorat banki va boshqaruv ofisi tomonidan doimiy monitoring oʻrnatiladi. Bunda:
“yetakchi” tadbirkor tomonidan shartnomaga asosan tegishli fuqaroga mahsulot yetkazib berilishi yoki xizmat koʻrsatilishi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
“yetakchi” tadbirkor va fuqaro oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitob jarayonlari kuzatib boriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
20. Mahallada “yetakchi” tadbirkor tomonidan kredit mablagʻlarini “yetakchi” tadbirkor dasturida belgilanmagan maqsadlarga ishlatilgan taqdirda, ushbu tadbirkorga mazkur maqsadda ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz stavkalari Markaziy bank asosiy stavkasining 2 barobari miqdoridagi foiz stavkasiga oʻzgartirilib, kredit foiz xarajatlari miqdori kreditdan umumiy foydalanish davriga qaytadan hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini taʼminlash]
21. “Yetakchi” tadbirkor olingan kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar va asosiy qarzlarni tuzilgan shartnomaga muvofiq tasdiqlangan kredit qaytarish reja-grafigiga asosan oʻz muddatlarida oʻrnatilgan tartibda soʻndirib boradi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.04.00]
22. Respublika hududlarida “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.19.00 Banklar va bank faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2021-y., 09/21/504/0770-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)