1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy taʼlimning harbiy taʼlim muassasalari;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Harbiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4870-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining yuridik shaxs tashkil etmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmalarini (keyingi oʻrinlarda — jamgʻarmalar) tuzish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.01 Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 06.03.03.00ga qarang)]
a) jamgʻarmalar mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
koʻrsatiladigan pulli xizmatlar hisobidan tushadigan mablagʻlar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) jamgʻarmalar mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
75 foizdan kam boʻlmagan miqdorda — ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tadbirlari;
25 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda — alohida oʻrnak koʻrsatgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish.
3. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-yanvar,
36-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-yanvardagi 36-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, shuningdek, hisob va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) budjetdan tashqari mablagʻlarini saqlash uchun depozit hisobvaragʻida jamlanadi hamda ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
3. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Akademiya boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasida belgilangan tartibda roʻyxatga olinadigan yillik daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
4. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va nazorat qilish Akademiya boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.
5. Yil oxirida Jamgʻarma mablagʻlarining qoldiqlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadiga kiritilmaydi va kelgusi moliya yili uchun Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
6. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Akademiya tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmatlar hisobidan tushadigan mablagʻlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Akademiyaning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tadbirlariga, shu jumladan:
mamlakatda harbiy tibbiyotni rivojlantirish, qoʻshinlar tibbiy taʼminotini takomillashtirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatiga (ishlariga);
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Akademiyaning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalarida ilgʻor ilmiy-tadqiqotlar va qidiruv ishlarini oʻtkazish uchun prinsipial yangi, zamonaviy yuqori texnologik jihozlar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalarni tashkil qilish boʻyicha tadbirlarga;
Akademiyaning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan qoʻshimcha jihozlash hamda zarur boʻlgan sarflanuvchi materiallar va butlovchi buyumlar bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha tadbirlarga;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
yetakchi elektron ilmiy maʼlumotlar bazalaridan erkin foydalanishni taʼminlash hamda ilmiy natijalarni nashrlarda, shu jumladan, xalqaro nashriyotlarda bosishga tayyorlash boʻyicha xarajatlarni toʻlashga;
texnika, harbiy-texnik mulk, ilmiy va maxsus adabiyot, modernizatsiya qilish va taʼmirlash hamda ilmiy, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat rejalari doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni, xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik tadbirlarini moliyalashtirishga;
Akademiyaning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalariga yuklangan funksiyalarni amalga oshirish va vazifalarni bajarishga yoʻnaltirilgan tadbirlarga;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.09.00 Harbiy xizmatchilarning pul taʼminoti]
b) 25 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda alohida oʻrnak koʻrsatgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi Akademiyaning harbiy xizmatchilari va Qurolli Kuchlar xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirishga, shu jumladan ilmiy yutuqlari uchun pul mukofotlarni toʻlash va ularni taqdirlash, qimmatbaho sovgʻalar, shu jumladan esdalik sovgʻalari xarid qilish uchun foydalaniladi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash hamda sarflash
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
8. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi Akademiya boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasida belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi.
9. Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratish va ularni sarflash daromadlar va xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasida roʻyxatga olinganidan soʻng amalga oshiriladi.
10. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasida roʻyxatga olinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
11. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilgan homiylik xayriyalari toʻliq summasi, agar homiy bilan aniq maqsadlar uchun yoʻnaltirilishi kelishilmagan boʻlsa, Akademiyaning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi.
12. Jamgʻarmaning kassa xarajatlari tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasining parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha hisob va hisobot
13. Jamgʻarma mablagʻlarini hisobga olish belgilangan tartibda va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari roʻyxati asosida yuritiladi.
14. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisobot belgilangan tartibda Akademiya boshligʻi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
15. Akademiya boshligʻi hamda Akademiya moliya boʻlimi boshligʻi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadilar:
Jamgʻarma mablagʻlarini qonuniy va maqsadli yoʻnaltirilishi;
Jamgʻarma mablagʻlarining tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga qatʼiy muvofiq ravishda sarflanishi;
Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha xarajatlarning toʻgʻri hisobga olinishi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona foydalanilishi;
yuridik va jismoniy shaxslar (yetkazib beruvchilar) bilan tuziladigan shartnomalarning asosli va qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilishi va tuzilishi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning yetkazib berilishini tasdiqlaydigan birlamchi va boshqa hujjatlarning ishonchliligi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Jamgʻarma mablagʻlarining toʻgʻri shakllantirilishi va ulardan foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasi va Nazorat-taftish boshqarmasi, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-yanvardagi 36-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, shuningdek, hisob va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) budjetdan tashqari mablagʻlarini saqlash uchun depozit hisobvaragʻida jamlanadi hamda ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
3. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Institut boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasida belgilangan tartibda roʻyxatga olinadigan yillik daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
4. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va nazorat qilish Institut boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
5. Yil oxirida Jamgʻarma mablagʻlarining qoldiqlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadiga kiritilmaydi va kelgusi moliya yili uchun Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
6. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
Institut tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmatlar hisobidan tushadigan mablagʻlar;
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Institutning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tadbirlariga, shu jumladan:
milliy armiyani rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar shayligi va mudofaa salohiyatini rivojlantirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatiga (ishlariga);
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Institutning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalarida ilgʻor ilmiy-tadqiqotlar va qidiruv ishlarini oʻtkazish uchun prinsipial yangi, zamonaviy yuqori texnologik jihozlar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalarni tashkil qilish boʻyicha tadbirlarga;
Institutning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan qoʻshimcha jihozlash hamda zarur boʻlgan sarflanuvchi materiallar va butlovchi buyumlar bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha tadbirlarga;
yetakchi elektron ilmiy maʼlumotlar bazalaridan erkin foydalanishni taʼminlash hamda ilmiy natijalarni nashrlarda, shu jumladan, xalqaro nashriyotlarda bosishga tayyorlash boʻyicha xarajatlarni toʻlashga;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
texnika, harbiy-texnik mulk, ilmiy va maxsus adabiyot, modernizatsiya qilish va taʼmirlash hamda ilmiy, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat rejalari doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni, xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik tadbirlarini moliyalashtirishga;
Institut harbiy xizmatchilari, kursantlari va Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari tomonidan olib borilayotgan, institut ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan innovatsion, amaliy, funksional ilmiy loyihalarni moliyalashtirishga;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
Institutning ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalariga yuklangan funksiyalarni amalga oshirish va vazifalarni bajarishga yoʻnaltirilgan tadbirlarga;
b) 25 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda alohida oʻrnak koʻrsatgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi Institutning harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirishga, ilmiy yutuqlari uchun pul mukofotlarni toʻlash va ularni taqdirlash uchun qimmatbaho sovgʻalar, shu jumladan esdalik sovgʻalari xarid qilish uchun foydalaniladi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash hamda sarflash
8. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi Institut boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasida belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi.
9. Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratish va ularni sarflash daromadlar va xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasida roʻyxatga olinganidan soʻng amalga oshiriladi.
10. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasida roʻyxatga olinadi.
[OKOZ:
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.03.00 Vasiylik va homiylik]
11. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilgan homiylik xayriyalari toʻliq summasi, agar homiy bilan aniq maqsadlar uchun yoʻnaltirilishi kelishilmagan boʻlsa, Institut ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi.
12. Jamgʻarmaning kassa xarajatlari tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasining parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha hisob va hisobot
13. Jamgʻarma mablagʻlarini hisobga olish belgilangan tartibda va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari roʻyxati asosida yuritiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.01 Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 06.03.03.00ga qarang)]
14. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisobot belgilangan tartibda Institut boshligʻi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.
15. Institut boshligʻi hamda Institut moliya boʻlimi boshligʻi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadilar:
Jamgʻarma mablagʻlarini qonuniy va maqsadli yoʻnaltirilishi;
Jamgʻarma mablagʻlarini tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga qatʼiy muvofiq ravishda sarflanishi;
Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha xarajatlarning toʻgʻri hisobga olinishi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona foydalanilishi;
yuridik va jismoniy shaxslar (yetkazib beruvchilar) bilan tuziladigan shartnomalarning asosli va qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilishi va tuzilishi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning yetkazib berilishini tasdiqlaydigan birlamchi va boshqa hujjatlarning ishonchliligi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Jamgʻarma mablagʻlarining toʻgʻri shakllantirilishi va ulardan foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Moliya-iqtisod bosh boshqarmasi va Nazorat-taftish boshqarmasi, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-yanvardagi 36-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada:
a) “Mudofaa vazirligi” boʻlimiga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi”;
b) “Davlat xavfsizlik xizmati” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat xavfsizlik xizmati:
Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisining sogʻlom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2015-yil 25-apreldagi 102-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 17-son, 206-modda) 2-ilova (Toshkent tibbiyot akademiyasining tuzilmasi)dan “Harbiy-tibbiyot fakulteti” bloki chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-yanvardagi 36-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida Harbiy-tibbiyot fakultetini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 10-iyuldagi 203-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 28-son, 318-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 8-noyabrdagi 898-son qaroriga ilovaning 5 va 11-bandlari.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 11-martdagi 210-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 23-martdagi 179-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 09/21/36/0063-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)