1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.12.00.00 Soliq maslahati]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Soliq maslahati milliy standarti (5-sonli SMMS) “Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 24-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2940]
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasiga muvofiq buyuraman:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.12.00.00 Soliq maslahati]
1. Soliq maslahati milliy standarti (5-sonli SMMS) “Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-sentabr,
135-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 19-sentabrdagi 135-son buyrugʻiga ILOVA
Soliq maslahati milliy standarti (5-sonli SMMS) “Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar”
Mazkur Soliq maslahati milliy standarti (5-sonli SMMS) (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida soliq maslahati boʻyicha faoliyatni normativ tartibga solishning elementi hisoblanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.12.00.00 Soliq maslahati]
1. Mazkur Standartning maqsadi soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etishga qoʻyiladigan talablarni belgilash hisoblanadi.
2. Mazkur Standart talablari barcha soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan qoʻllanilishi majburiydir.
2-bob. Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorati
3. Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorati deganda qonun hujjatlariga muvofiq soliq maslahati boʻyicha xizmatlarni sifatli koʻrsatilishini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi tushuniladi.
4. Soliq maslahatchilari tashkiloti oʻz xususiyatlarini inobatga olgan holda soliq maslahatchilari ishining sifatini nazorati ichki tartibini belgilashga, shuningdek sifat nazoratini tegishli ravishda tashkil qilish uchun zarur boʻlgan ichki nizom, yoʻriqnoma va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlashga haqli.
5. Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorati soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
6. Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorati tizimi quyidagilarni oʻz uchiga olishi shart:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.12.00.00 Soliq maslahati]
tashkilotni oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarish uchun bilimga, mahoratga va malakaga ega boʻlgan soliq maslahatchilari bilan jamlanganligi;
murakkab boʻlgan vazifalarni kasbiy malakasi ushbu vazifalar xususiyatlariga muvofiq boʻlgan soliq maslahatchilariga topshirish;
soliq maslahati boʻyicha xizmat koʻrsatish jarayonida ishlarni zarur sifat talablariga javob beradigan yoʻnaltiruvchi koʻrsatmalar asosida bajarish;
soliq maslahatchilarning aniq holatlarda bilimi yetarli boʻlmaganda, soliq maslahatchilari tashkiloti ichida ham, uning tashqarisida ham tegishli maslahatlar olish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.12.00.00 Soliq maslahati]
oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun soliq maslahatchilariga nisbatan tegishli choralar koʻrish.
3-bob. Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorat qilishni tashkil etish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.12.00.00 Soliq maslahati]
7. Soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazorati quyidagi nazorat turlarini oʻz ichiga oladi:
dastlabki;
joriy;
yakuniy.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.12.00.00 Soliq maslahati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
8. Dastlabki ichki nazorat soliq maslahati boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish uchun umumiy reja, sarflanadigan vaqt hisob-kitobini tayyorlashda amalga oshiriladi.
9. Joriy ichki nazorat rahbariy koʻrsatmalar va bajarilgan ishni tekshirish elementlarini oʻz ichiga oladi.
10. Yakuniy ichki nazorat har bir soliq maslahatchisi ishi natijasini tekshirishdan iborat.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.12.00.00 Soliq maslahati;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
11. Zarurat boʻlganda, soliq maslahatchilari tashkiloti rahbari ishchi hujjatlarda tekshirilayotgan shaxsga oʻz bahosini, eʼtirozini, sharhini yoki tavsiyasini beradi.
4-bob. Soliq maslahatchisi yordamchisining ishini nazorat qilish
12. Soliq maslahatchilari tashkiloti rahbari soliq maslahatchisining yordamchisi tomonidan bajarilayotgan ishni doimiy ravishda nazorat qilishi va yoʻnaltirib borishi kerak.
13. Ish topshirilayotgan soliq maslahatchisining yordamchisi bajarishi lozim boʻlgan ishi uchun javobgarligi toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq olishi kerak.
5-bob. Yakuniy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.12.00.00 Soliq maslahati]
14. Har bir soliq maslahatchisi soliq maslahatchilari ishining sifatini ichki nazoratini tashkil qilish bilan tanishgan boʻlishi shart.
15. Soliq maslahatchisi ishni sifatsiz bajarganligi, tijorat sirini oshkor etganligi natijasida yetkazilgan ziyon va soliq maslahatchilari tashkiloti zarar koʻrishiga olib kelgan boshqa xatti-harakatlari uchun qonun hujjatlariga muvofiq soliq maslahatchilari tashkiloti oldida javobgar boʻladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2017-y., 10/17/2940/0177-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 11.08.2023-y., 10/23/2940-1/0590-son)