18.02.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1546
Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi "O‘zdavenergonazorat" boshlig‘ining buyrug‘i, 18.02.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1546
Kuchga kirish sanasi
28.02.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.08.2021
Hujjat 30.09.2013 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1. Ilova qilinayotgan Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash qoidalari tasdiqlansin.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 118-modda) va “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 40-son, 431-modda) qonunlariga muvofiq elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotish jarayonining yagona tartibini o‘rnatadi, shuningdek ushbu jarayonda ishtirok etayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro munosabatlarini belgilaydi.
4. Elektr qurilmalarni ekspluatitsiya qilish, ta’mirlash, sozlash va boshqa ishlar O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalari (ro‘yxat raqami 1405, 2004-yil 10-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 36 (120)-son, 405-modda), Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari, Elektr stansiyalarining uskunalari, bino va inshootlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish qoidalari va Energetik korxonalar uchun yong‘in xavfsizligi qoidalarining (ro‘yxat raqami 1341, 2004-yil 22-aprel — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi to‘plami, 2004-y., 16-son, 194-modda) talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
10. Elektr energiyasini (quvvatini) ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashda energetika korxonalari O‘zbekiston Respublikasining “Tabiat muhofazasi to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish haqida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish haqida”gi qonunlarining va boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ekologik xavfsizlikni ta’minlovchi texnik va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirishlari kerak.
68. Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish, elektr texnik xodimlar tomonidan “Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari”ga (ro‘yxat raqami 1178, 2002-yil 4-oktabr, Normativ hujjatlar byulleteni, 2002-y., 19-son ) muvofiq amalga oshirilishi kerak.
elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, o‘zgartirish va taqsimlash qurilmalarida O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga (ro‘yxat raqami 1405, 2004-yil 10-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 36-son, 405-modda) va “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ga (ro‘yxat raqami 1614, 2006-yil 18-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 33-son, 337-modda) muvofiq;
elektr energiyasini iste’mol qiladigan elektr qurilmalarida “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari”ga (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) va “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari”ga (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) muvofiq.